O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

 
 


169 
Savol va topshiriqlar: 
1. 
Badiiy 
matn 
tahlilida 
ijodkor 
nazarda 
tutgan 
qahramonlar haqida ma’lumot bering. 
2. Asarda tilga olingan qahramonlarning qiyosiy tahlil qilish 
yo‘llari qaysilar? 
3. Asarda tilga olingan qahramon tili va uslubi haqida 
ma’lumot bering. 
4. Asar qahramonlarini baholashda o‘quvchilarda mustaqil 
fikrlash qobilyatini shakllantirish yo‘llari nimalardan iborat? 
 
 
8- mavzu: Nasriy va lirik asarlar ustida ishlash yo„llari 
Reja: 
1. Sharqda she’riy va nasriy asarlarni o‘rganilish tarixi haqida 
ma’lumot. 
2. Nasriy va she’riy asarlar va ularning janriy xususiyatlari. 
3. Darsliklarga kiritilgan nasriy asarlar va ularning mavzu 
doirasi xususida ma’lumot. 
4. Nasriy va she’riy asarlar va ularning tili va badiiy 
xususiyatlari tahliliga doir uslubiy tavsiyalar. 
5. Asarlarni yaratishda muallifning maqsadi va oldiga qo‘ygan 
vazifasi. 
Nasriy asarlarni o„qish va o„rganishga bo„lgan qiziqish bugun 
paydo bo„lmagan. Asrlar davomida adabiyot ixlosmandlarini jalb 
etib kelgan. Qur‟on va hadislardan tashqari, tariqat pirlari, tariqat 
pirlari haqidagi maqomatlarni, unda ifodalangan naqlu rivoyatlar, 
hikoyatlarni jamoa bo„lib tinglaganlar va ulardan ilhomlanganlar. 
Chunki maqomatlar muhim ta‟limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo„lib, xususan, asrlar davomida yoshlarga o„rgatilgan. 
Maqomatshunoslik Sharqda keng tarqalgan bo„lib, ilk 
namunalaridan biri Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga 


170 
mansub “Atvoq az-zahab” (Oltin shabadalar) deb nomlangan. Asar 
yuz maqoladan iborat bo„lib, unda pand-nasihatlar ibrotomuz 
hikmatlar, go„zal axloqiy o„gitlar jamlangan. Keyinchalik 
maqomatlarga bo„lgan qiziqish tufayli “Maqomati Hoja Ka‟b ul-
Akbar”, “Maqomati SHayx Abdulqodir Giloniy”, “Maqomati 
SHayx YUsuf Hamadoniy”, “Maqomati Mir Kulol”, “Maqomati 
shohi Naqshbandiya” kabi asarlar yaratildi. 
Nasriy asarlarning mazmun mohiyatining o„zgarishi bois, xalq 
orasida “Kalila va Dimna”, “Nasihatnoma”, “Ming bir kecha” kabi 
asarlar majmuasi ham maydonga keldi. Mazkur asarlar axloqiy-
didaktik va ma‟naviy ruhdagi bu asarlar, mazmunan rang-barang, 
turli davrlar sinovidan o„tgan ibratli xazinalardir. 
Ma‟lumki, nasriy asarlarda voqealar tasviri, yozuvchining 
shaxsiyati bilan bog„liq hodisalar o„z aksini topadi. Nasriy asarlarda 
tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni yozuvchi batafsil yoritib 
berishi bilan bir qatorda asarda ishtirok etgan qahramonlar 
ruhiyatini ham yoritisha muhim ahamiyatga egadir. SHu sababli 
nasriy asarlar o„zining to„laqonli va haqqoniy tasvir usuli bilan 
boshqa janrlardan keskin farq qiladi. 
Nasriy asar bir butunlikni tashkil qilishi bilan, turli-tuman va 
jiddiy masalalarni o„z ichiga qamrab oladi. O„quvchilarga asar 
haqida umumlashtirib ma‟lumot berish jarayonida, ularni asar 
ruhiyatiga, ular uchun notanish bo„lgan tarixiy voqealar haqidagi 
ma‟lumotlarga o„z munosabatlarini ifodalash darajasiga olib chiqish 
talab qilinadi. 
SHu o„rinda ilk nasriy asarlar namunasi hisoblangan “O„rxun-
Enasoy obidalari” O„rta Osiyoda yashagan qadimgi qabila va 
elatlarning ijtimoiy-madaniy hayoti haqida ma‟lumot beruvchi 
qadimiy manbalardan biridir. Bu manba xorazmiylar, so„g„diylar, 
massagetlar, saklar, turkiy qabilalar haqida ma‟lumot berish bilan 
bir qatorda ularning xo„jalik hayoti, madaniyati va san‟ati haqidagi 
masalalarni ham qamrab olgan. 


171 
SHu o„rinda o„qituvchi 10-sinf darsligiga kiritilgan bu 
murakkab manbani o„quvchilarga yetkazishda, eng avvalo adabiyot 
o„qitish metodikasining tarix fani bilan uzviy bog„liq ekanligini 
inobatga olmog„i lozim. Bu qadimiy yodgorlikning topilishi va 
nomlanishi bilan bog„liq tarixiy ma‟lumotlar, manbaning saqlanish 
tarzi bilan bog„liq ma‟lumotlar o„quvchilarni xabardor qilish uchun 
o„qituvchidan atroflicha bilim talab qilinadi. 129-betdan takror????? 
Ma‟lumki, qadimiy turkiy obida “toshbitiklar” deb ham 
yuritilgan. Buning sababi ko„pgina yodgorliklarning qabrtoshlariga 
o„yib yozilgan. Ularning eng yirigi “To„nyuquq” hamda “Kul 
Tegin” yodgorigidir. Bu asar matni murakkab bo„lib, unda 
o„quvchilar uchun tushinilishi qiyin bo„lgan so„z, so„z birikmalari 
anchagina. Yoki asar tuzilishi bir necha qismdan iborat bo„lib, 
ularning har biri ma‟lum fikr va ma‟nolarga ega. Ularni izohlash, 
har binr qismni sharhlash muhim ahamiyatga egadir. Mazkur 
qadimiy yodgorlikda ilk adabiy atamalar, adabiy janrlar haqida 
ma‟lumot beruvchi manba sifatida ham katta ahamiyatga egadir. 
Eng 
muhimi, 
bu 
mavzuga 
bag„ishlangan 
mashg„ulotda 
o„quvchilarga yodgorlikning tarixiy, ma‟rifiy hamda adabiy 
ahamiyati haqida ma‟lumot berish darsning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. 
Murakkab nasriy asarlarni o„rganish bilan bog„liq mavzular 
11- sinf darsligida ham ko„zda tutilgan. Bu mavzu bevosita 
Mahmud Qashg„ariy va uning “Devonu lug„otit turk” asari bilan 
bog„liqdir. Bu asar uzining mazmun-mohiyati, tuzilishi bilan boshqa 
nasriy asarlardan alohida ajralib turadi. Bu asar XI asrda yozilgan 
bo„lib, unda jamlangan badiiy-adabiy namunalar turkiy xalqlarning 
qadimiy ijod mahsulidir. Bu asarda tarixiy-adabiy janrlarga tegishli 
ma‟lumotlar, adabiyotshunoslik, tilshunoslikka doir atamalar 
uchraydi. 
“Devonu lug„otit turk” sodda va ravon to„rtliklar, qahramonlik 
haqidagi qo„shiqlar, munozara janriga oid to„rtliklar (Qish va 


172 
Bahor), xalq og„zaki ijodi namunalarini tashkil etgan she‟riy 
parchalar va maqollar uchraydi. 
Tabiiyki, “Devonu lug„otit turk” keltirilgan she‟riy parchalar 
turli mavzularni qamrab oldgan, Tabiat manzaralari, ilm-fan, odob-
axloq kabi mavzular shular jumlasidandir. Asarda shuningdek, 
turklarning qadimiy qahramoni Alp Er To„nga haqidagi marsiya 
ham o„rin olgan. Bu qahramon tarixiy shaxs bo„lib, muallif u haqida 
bir necha to„rtliklarni kiritgan. Alp Er To„nga haqidagi marsiya shu 
janrning bizgacha etib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.
YOki, devonga kiritilgan qadimiy xalq maqollari ham turli 
mavzularga bag„ishlangan bo„lib, hozir ham milliy-ma‟rifiy va 
badiiy ahamiyatga egadir.
O„qituvchi mazkur mavzularni o„quvchilarga etkazar ekan
darslikda namuna sifatida kiritilgan qo„shiqlarning mazmunini, 
ularda tasvirlangan voqealar, tabiat manzarasi, tasviriy vositalar, 
vazn va qofiya xususiyatlari haqida ma‟lumot berishi muhim 
ahai\miyatga egadir.11-sinf darsligiga kiritilgan yana nasriy 
asarlardan biri Rabg„uziyning “Qissasi Rabg„uziy” asaridir. Bu asar 
payg„ambarlar haqidagi qissalardan iborat bo„lib, ular o„z ildizlari 
bilan “Qur‟on” va “Hadis”larga borib taqaladi. SHu bois, bu asar 
xalq orasida keng tarqalgan. O„qituvchi bu asar haqida 
o„quvchilarga ma‟lumot berishi uchun, islom dini tarixi, Qur‟on va 
hadislardan xabardor bo„lishi talab qilinadi. 
Aslida, iste‟dodli yozuvchilar o„z asarlarida o„quvchini kitobga 
qiziqtiruvchi lavhalarni, voqealarni tasvirlashga xarakat qiladi. 
Ayrim tarixiy asarlarni o„ranish jarayonida, o„qituvchidan maxsus 
kirish mashg„uloti talab qiladi. Tarixiy –nasriy asarlar tahliliga 
kirishilganida, voqealar tasvirida, qahramonlarningishtirokida asar 
tabiatidan kelib chiqib, o„ziga xos usullar tanlanishi lozim. Tahlil va 
talqinning muvaffaqiyatli chiqishida, o„quvchilarning asar matnidan
qay darajada muhim ta‟limiy ahamiyatga egadir.


173 
Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” 
asariga bag„ishlangan mashg„ulotda o„quvchilar asarni talab 
darajasida o„zlashtirishlari uchun bir muncha vaqt talab qilinadi. 
Asar voqealaridagi uzviylik, davomiylikning uzilmasligi o„quvchilar 
diqqat e‟tiborini muntazam ushlab turish uchun o„qituvchidan 
mustahkam bilim va katta tajriba talab qilinadi. Umumta‟lim 
maktablarining yuqori sinflari uchun adabiyot darsliklarida bir 
muncha murakkab bo„lgan Qadimgi turkiy adabiyot namunalaridan 
O„rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Qoshg„ariyning “Devoni lug„otit 
turk”, Nosiriddin Rabg„uziyning “Qissasi Rabg„uziy”, Zahiriddin 
Muhammad Boburning “Boburnoma”, Anbar Otinning “Risolayi 
falsafiyi siyoxon”kabi asarlardan namunalar kiritilgan.
SHu o„rinda ilk nasriy asarlar
YUqorida nomlari tilga olingan asarlarni o„quvchilarga 
etkazish uchun har bir mavzu ma‟lum uslubiy yo„llarni, turli-tuman 
mashg„ulot turlarini talab qiladi. O„qituvchi mavzuni o„quvchilarga 
etkazishda xar bir mavzuning talabidan kelib chiqib asr bobi yoki 
qismi uchun alohida reja asosida mashg„ulotni tashkil qilishi lozim 
bo„ladi. CHunki, tuzilgan reja yozuvchining fikri, maqsadi, tili va 
uslubi, badiiy yo„nalishi va boshqa masalalar haqida tushuncha 
beradi. 
Masalan, “Boburnoma” asarida muallif voqealarni yillar 
oralig„ida tasvirlaydi, har bir yil voqealarida muhim ma‟lumotlar, 
tarixiy shaxslar, tabiat hodisalari ketma ketlikda yozib borilgan. Eng 
muhimi voqealar sanaviy tartibda bayon etilgan. “Boburnoma”da 
muallifning Farg„ona viloyati hokimi bo„lib, Qobulda o„zini 
podshoh deb e‟lon qilgani va nihoyat Hindistonda o„z saltanatiga 
asos solgani bilan bog„liq voqealar tizmasi o„z aksini topgan. 
Asarda XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi tarixiy, madaniy, 
jarayonlar, urf-odat va an‟analar, san‟at va adabiyot, o„simlik va 
hayvonot dunyosi, shahar va qishloqlar, meva va gullarning boy 
manzarasini chizuvchi nodir asar hisoblanadi. 


174 
Darslikda asarning to„liq matni berilmagan bo„lsada, unda 
tasvirlangan ko„pgina shaharlar me‟moriy yodgorliklar, bog„lar, 
hayvonot va o„simliklar olamining nomlari hozirgi kunda o„zgargan 
yoki aynan saqlanib qolganligiga amin bo„lamiz. Tabiiyki, hozirgi 
o„quvchi ularning izohi bilan qiziqadi. SHu bois, o„qituvchi o„z 
o„quvchilarini asar boqealari olamiga olib kirishi bir muncha 
qiyinlashadi. 
O„qituvchi muallif tasvirlagan voqealar tafsiloti haqida gapirib, 
o„quvchini e‟tiborini jalb qila olmaydi, yozuvchi sayohat qilgan 
joylarda o„z o„quvchisini sayohat qildira olmaydi. Eng muhimi- 
Zahiriddin Muhammad Boburning his-tuyg„ularini, sarguzashtlari, 
uning shaxsiyatini, iztirobu-hayajonlarini o„quvchilarga yetkazish 
uchun, asar matni ma‟lum reja asosida chuqur ishlash muhim 
ahamiyatga egadir. 
Har bir mashg„ulot uchun reja tuzish, o„quvchilarni
faollashtirish. matnni ovoz chiqarib o„qish, o„qituvchi bilan suhbat 
qurish, rejaga mos sarlavha tuzish mumkin. Keyinchalik o„quvchilar 
ishtrokida tuzilgan rejadan mashg„ulotlarda foydalanish mumkin. 
Nasriy asarlarni o„rganish mashg„ulotlarida matnni ovoz 
chiqarib o„quvchilarga o„qitish. Birinchidan, ifodali o„qish 
ko„nikmasini hosil qiladi, ikkinchidan, asar matnining uslubiga, 
yozuvchining o„ziga xos nutqiga moslashadi, uchinchidan, asar 
qahramonining holatini ifodalovchi ohangga e‟tibor beradi, 
to„rtinchidan, o„qilgan matn asosida qayta hikoya qilib berishda 
og„zaki nutqi shakllana boradi. 
O„zbek adabiyoti tarixi namunalaridan darslik uchun tanlangan
nasriy asarlarni o„rganishda quyidagicha uslubiy tavsiyalvrga e‟tibor 
berish maqsadga muvofiqdir: 
2. 
Avvalombor, o„rganilayotgan nasriy asarlarning nomlanishi 
haqida ma‟lumot berish lozim. (“O„rxun-Enasoy” obidalari, 
“Devonu lug„otit-turk”, “Qissasi Rabg„uziy”, “Boburnoma”, 
“Risolayi falsafayi siyohon” va boshqa asarlar) 


175 
2.Nasriy matndagi tushunilishi qiyin bo„lgan iboralar, maqollar, 
imo-ishora bilan bog„liq so„zlarni sharhlab, izohlab berish. 
3.Nasriy matnda tushunilishi qiyin bo„lgan so„zlarda muallif 
nazarda tutgan urg„u, talaffuziga e‟tibor berish va izohlash. 
4.Ayrim nasriy asorlarda uchraydigan badiiy tasvir vositalari 
asosida berilgan lavhalardagi muallif mahoratiga ta‟rif berish. 
5.Nasriy matnlarda tilga olingan Qur‟oni Karim suralaaridagi 
afsonalar, hikoyatlar, rivoyatlar, Payg„ambar hadislari, diniy-
tasavvufiy ma‟lumotlar berish. 
6.Nasriy asarlarda voqealar tasvirlangan tarixiy sanalar, tarixiy 
shaxslar nomlariga izoh berish. Bu ma‟lumotlar voqea-hodisalar 
qaysi davrda ro„y berganligiga oydinlik kiritish. 
7.Nasriy asarlarda asar yaratilgan davrning etnografiyasiga sharh 
berish. (Nasriy asarlarda uchrovchi urf-odat, narsa buyum, kiyim-
kechak nomlari, tarixiy shaxslar, ular mansub bo„lgan tabaqaga 
mansubligi izohlanadi.) 
8.Nasriy asarlarda uchraydigan joy nomlari yoki toponimikasi asar 
yaratilgan davr tilida nomlangan bo„lib, ulurning nomlarini 
izohlashda, xozirgi davrdagi nomlari bilan qiyoslash orqali 
ma‟lumot berish, o„quvchilarda o„sha davr tarixiy joy nomlari 
haqida tushuncha hosil qilish. 
9.Nasriy 
asarlar 
yaratgan 
mualliflar, 
tabiiyki, 
faqat 
adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix kabi fanlardan xabardor 
bo„libgina qolmay balki, o„z davrining dunyoviy ilmlaridanxabardor 
bo„lganlar. Asarlarida boshqa fanlar bilan bog„liq ishtibohlardan 
foydalanishga intilganlar. Bunday ma‟lumotlar deyarli barcha asriy 
asarlarda uchraydi. Dunyoviy ilmlarga oid ma‟lumotlar 
izohlanganda muallifning boshqa fanlar haqidagi ilmlariga aniqlik 
kritish lozim bo„ladi.135,betlardan takror??????????? 


176 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling