O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


 Asarda tilga olingan qahramonlarning qiyosiy tahlili


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

2. Asarda tilga olingan qahramonlarning qiyosiy tahlili. 
3. Asarda tilga olingan qahramon tili va uslubi haqida 
ma’lumot. 
4. Asar qahramonlarini baholashda o‘quvchilarda mustaqil 
fikrlash qobilyatini shakllantirish. 
Adabiyot darslarida badiiy asarni tahlil qilish orqali asar 
qahramonlarini baholashga o„rgatish murakkab jarayondir. Asarni 
tahlil qilish asar yozilgan janr bilan uzviy bog„liqdir. 
O„qituvchi mashg„ulotning kirish qismi o„quvchilarni g„azal 
matniga yaqinlashtirish, bajarilishi lozim bo„lgan topshiriqqa ruhan 
tayyorlashdan iborat bo„lishi lozim.
Ma‟lumki, Mashrab she‟riyati o„zining badiiy yuksakligi, his-
tuyg„ularni jo„shqin ifodalashi bilan alohida ajralib turadi. 
Shuningdek, uning g„azallarini go„zal fazilati asosan ikki nuqtada 
ko„zga tashlanadi: bir tomondan, ma‟no va mazmun barkamolligi 
farovonligi, ikkinchi tomondan ifoda musiqiyligi tog„ jilg„alari kabi 
sharqiroq oqimida o„zligini ko„rsatib turadi. 
Shoir har misrada nozik nuqtapardozligi, xalq ijodiga xos 
bo„lgan ma‟no va manzaralarga boyligi, jozibali samimiyati bilan 
ming qirrali olmosday tovlanib o„z muxlisini sehrlaydi. Uning 
g„azallarida isyonkorlik ruhi ko„zga tashlanib turadi. Uning 
she‟rlaridagi tafakkur durdonalari, odam va olam haqidagi 
mushohadalari, hayotiy xulosalari o„ziga xosdir.
O„quvchilar tomonidan tanlangan «O„rtar» radifli g„azal ham 
shoir qalbini, iztiroblarini, yorqin mahoratini to„la namoyon 
etadigan g„azallardan biridir. Shu bois ushbu g„azal asrlar davomida 


154 
o„z muxlislarini rom etib kelmoqda. Hozirgi kunda ham shoirning 
bu g„azali umumta‟lim maktablari, akademik litsey, kollej va oliy 
o„quv yurtlarining o„quv dasturlariga kiritilgan. Mazkur g„azal 
matni asosida bastakorlar tomonidan kuy bastalanib, xonandalar 
qo„shiq ijro etib kelishmoqda. 
Mashg„ulotning qisqa kirish qismidan so„ng, har ikki talabaga 
bir baytdan g„azal matni tarqatildi. Ma‟lumki, adabiy o„qitish bilan 
bog„liq mashg„ulotlarda talabalarning og„zaki nutq madaniyati 
muhim ahamiyatga egadir. Bu sohaga bo„lgan e‟tibor madrasalar 
ta‟limida ham alohida inobatga olingan va bu ilmi fasohat yoki 
balohat fani sifatida alohida o„rganilgan. 
Shu bois tajriba-sinov mashg„uloti jarayonida talabalarning 
og„zaki nutq madaniyatini, fikrni izchil, ravon, g„azal matnidagi 
so„zlar vositasida ifodalash jihatlariga alohida e‟tibor berildi. 
Maxsus ajratilgan tajriba-sinov guruhidan 2 ta iqtidorli talaba tanlab 
olindi. Ulardan biriga talabalar qo„llagan so„zlar sonining umumiy 
miqdorini aniqlash topshirildi. Ikkinchisiga esa talabalarning 
mavzuga 
dahlsiz 
tuzilgan 
mazmunini 
buzadigan, 
parazit 
(zarakunanda) so„zlarning miqdorini aniqlash vazifasi topshirildi.
Mashg„ulotning keyingi bosqichida talabalar matn, har bir bayt 
ustida ishlab quyidagi topshiriqni bajarishga kirishdilar. 
1. 
G„azalning tuzilish tartibi haqida ma‟lumot bering. 
2. 
G„azal radifini aniqlang va izohlang. 
3. 
G„azaldagi ichki va tashqi qofiyadosh so„zlarni aniqlang. 
4. 
G„azal aruzning qaysi bahr vaznida yozilgan. Chizmada 
izohlab bering. 
5. 
Tushunilishi qiyin so„zlar lug„atini tuzing va sharhlab 
bering. 
6. 
G„azalda qo„llanilgan badiiy san‟at turlarini aniqlang va 
izohlab bering. 
7. 
G„azalning shoh baytini aniqlang va izohlab bering. 


155 
8. 
G„azaldagi boshqa tillardan olingan so„zlarni o„zbek tiliga 
tarjima qiling. 
9. 
G„azaldagi shoir shaxsiyatiga ishora berilgan so„z, ibora, 
baytni aniqlang. 
10. 
Sizningcha, g„azalda bir o„zakdan yasalgan so„zlar 
(ishtiqoq) bormi? 
11. 
G„azalda iboraga, maqolga, hikmatli so„zlarga duch 
keldingizmi? 
12. 
G„azaldagi lirik qahramonni aniqlang (oshiq, ma‟shuqa, 
Olloh, aniq bir shaxs, shoir va h. k.) va izohlab bering.
13. 
Ma‟shuqa timsoli qaysi baytlarda tasvirlangan? 
14. 
G„azal matnini tahlil qiling. Nasriy bayonini bering. 
15. 
Shoirning adabiy taxallusi haqidagi fikringizni izohlang. 
16. 
G„azal haqida yakuniy xulosangizni bering.
Tajriba-sinovning birinchi bosqichida talabalar savollarga 
dastlab yozma tarzda javob qaytardilar. Ikkinchi bosqichida esa, 
guruh bilan birgalikda og„zaki tarzda tahlil qilindi va munozara 
o„tkazilib borildi. 
1. 
G„azal «O„rtar» radifli bo„lib, unda jami 139 ta so„z 
qo„llanilgan bo„lib, 9 baytdan iboratdir. 
2. 
G„azaldagi 
qofiyadosh so„zlar aniqlandi: jahon, 
xonumon, giryon, chunon, fig„on, zabon, nihon, osmon, bayon, 
ustixon, jovidon… 
3. 
G„azaldagi ichki qofiya: xonumon, chunon, fig„on, zabon, 
nihon, osmon, bayon, ustixon, jovidon, tashqi qofiya esa «o„rtar» 
so„zlaridan iboratdir.
4. 
G„azal aruzning hazaj bahrining (hazaji musammani 
solim) bahrida yozilgan. Chizmada quyidagicha izohlandi:
A-/gar/o-/shiq/-li/-/g„im/ayt/sam, ku/yub jo/nu ja/hon o„r/tar.
Bu/ishq sir/rin ba/yon et/sam, ta/qi ul xo/nu/mon o„r/tar. 
5. 
Tushunilishi qiyin bo„lgan va boshqa tillardan olingan 
so„zlar izohi: 


156 
1) 
taqi – tag„in, yana. 
2) 
xonumon – uy-joy, bexonumon – uy-joysiz (fors-
tojikcha). 
3) 
giryon – yig„lovchi, yig„lab turuvchi, yig„ichi. 
4) 
so„ngak – suyak. 
5) 
zabon – til (fors-tojikcha). 
6) 
jovidin – abadiy, doimiy, mangu. 
7) 
nihon – yashirin (fors-tojikcha). 
8) 
bihisht – jannat. 
9) 
ustixon – suyak (fors-tojikcha). 
10) 
mashhar – qiyomatda qayta tiriladigan joy. 
6. 
G„azalda qo„llanilgan badiiy san‟at namunalari: 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling