O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
«Yoshurub daftarni ma‟dum ettilar,
Shug„lidin ko„nglimni mahrum ettilar. Lekin chun yodimda erdi ul kalom, Yoshurub takror etar erdim mudom». Yoki Alisher Navoiyning yigitlik chog„larida Mavlono Lutfiy bilan uchrashgani bilan bog„liq ma‟lumotlar Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarida tafsiloti bilan hikoya qilingan. Bir yig„inda yosh Alisherdan g„azal aytishni so„raydilar. «Lutfiy…bir g„azalni o„qish bilan bizni bahramand qilsangiz, deb iltimos qiladi, ul hazrat bir g„azal o„qidi, uning matla‟i mana shu: Orazin yopqoch ko„zumdin sochilur har lahza yosh, Bo„ylakim, paydo bo„lur yulduz nihon bo„lg„och qo„yosh». Mavlaviy Lutfiy…hayrat dengiziga cho„milib, shunday dedi: «Volloh, agar muyassar bo„lsa edi, o„zimning o„n-o„n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g„azalga almashtirardim va bu ishning yuzaga chiqishini zo„r muvaffaqiyat hisoblardim», – degan xotirasidan ko„rinadiki, shoirning yoshlik yillaridayoq, she‟r mashqining sir-asrorlaridan erta xabardor ekanligidan dalolat beradi. 93 Ijokor tarjimai holi haqida o„quvchilarga ma‟lumot berar ekan, ular hayotiy tajribalari asosida asarlar yaratadigan qalam sohiblari ekanligini ta‟kidlashni unutmasligi lozim. Buning uchun u, tarjimai holning maktabda o„tilishi lozim bo„lgan asariga bog„liq o„rinlariga bog„lagan holda ma‟lumot bermog„i kerak. Shu o„rinda, maktab o„quv dasturiga kiritilgan Turdi Farog„iy hayoti va ijodini misol qilib olishimiz mumkin. Uning tarjimai holidagi ma‟lumotlar bevosita uning ijodiy merosi bilan uzviy bog„liqdir. Shoir o„z muxammaslarida, hajviyalarida o„ziga yaqin tanish bo„lgan tarixiy shaxslarni davrning ijtimoiy- siyosiy hayotda unga ma‟lum bo„lgan voqea-hodisalarni qalamga oladi. U yashagan davrning voqea va hodisalarida ishtirokchi sifatida qatnashadi. Tarixiy shaxslar hukmdorlardan Abdulazizxon, Subxonqulixonlarga o„z munosabatini ochiq-oshkor ifoda etadi. O„zbek adabiyoti tarixida biror ijodkor yo„qki, u o„z ijodida qalb tuyg„ularini, iztirob hayajonlarini, o„z hasbu holini bayon etmagan bo„lsa. Hasbu hol – hasb so„zidan olingan bo„lib, o„z ahvolini bayon qilib, fikr so„rash, o„z ahvolini bildirish, tanishtirish kabi ma‟nolarni ifodalaydi. Ayniqsa, hasbu holini bayon qilish, o„z ijodida tarjimai hollik xususiyatlarini bayon qilish Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida ko„zga yaqqol tashlanadi. U ona shahri Vatani sog„inchlarini she‟rlarida ifodalar ekan, Hindiston shohanshohi beixtiyor o„zining andijonlik g„aribligini quyidagi satrlarida shunday ifodalaydi: Ne yerda bo„lsang, ey gul andadur chun jon Boburning, G„aribingga tarahhum aylagilkim, andijoniydur. Yoki, Tole‟ yo„qi jonimg„a balolig„ bo„ldi, Har ishniki ayladim xatolig„ bo„ldi. O„z yerni qo„yib, Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig„ bo„ldi?! 94 Ruboiyda shoir o„zining tolesizligini, joniga balo ortirganligini, xato qilganligini, bu esa yuzi qarolik ekanligini tan olib, o„z iztiroblarini bayon etadi. Bularning hammasi o„z yurtidan bosh olib ketishda, g„ariblikni bo„yniga olishdan iboratdir. Bir so„z bilan aytganda, hech bir shoir Vatandan yiroqlik fojiasini Boburchalik ko„p tomonlama hasbu hol ko„rinishda ifodalay olmagan. O„qituvchi Bobur hayoti va ijodi haqida o„quvchilarga ma‟lumot berish jarayonida, shoir tarjimai holiga oid raqamlarda, sanalardagi berilgan ma‟lumotni yuqorida tilga olingan hasbu holiga oid namunalar ma‟ruzaning mazmundor, qiziqarli chiqishida katta yordam beradi. Eng muhimi, shoir ijodidan olingan yuqoridagi namunalar, birinchidan, shoirning iztiroblarini his qilsa, ikkinchidan, Vataniga bo„lgan muhabbat tuyg„usini tarbiyalaydi, uchinchidan, shoir ijodiy merosiga qiziqish shaxsiga esa hurmat ehtirom tuyg„usini uyg„otadi. Mashg„ulotning keyingi bosqichida o„quvchilar yozuvchining «Boburnoma» asarini o„rganish jarayonida ijodkor shaxsi, mahorati haqidagi lavhalarga e‟tibor bera boshlaydi. Aslida bu asar Bobur sarguzashtlarining voqeiy tarixiy lavhalaridan iboratdir. Yozuvchi yoki shoir qaysi janrda ijod qilmasin, unda muallifning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga o„z munosabatini bildiruvchi yagona, asosiy maqsadi ifodalanadi. Yaratgan asarlari majmuasi ijodkor shaxsining bir butunligini tashkil qiladi. Eng muhimi, uning hayotiy tajribasi, madaniy, ma‟naviy, ilmiy saviyasi va salohiyati asarlarida o„z aksini topadi. Ruboiylari esa, ana shu qomusiy asarga o„ziga xos ilova vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, «Boburnoma» voqealar bayoni bo„lsa, ruboiylar o„sha voqealar ishtirokchisi Boburning his-tuyg„ulari g„alayoni ifodasidir. 95 Alisher Navoiy, Bobur hayoti va faoliyatidan keskin farq qiladigan ijodkorlardan Boborahim Mashrabdir. U bolaligidan boshlab hayotning qator ziddiyatli suronlarini boshidan kechiradi. Dastlab Mulla Bozor Oxund qo„lida tahsil oladi, keyinchalik Qashqarda Sufiy Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon dargohida «piri komil»ning og„ir yumushlarini, xizmatini o„taydi. O„zining zo„r iste‟dodi, fikriy uyg„oqligi tufayli Ofoq Xo„jasi tomonidan turli sabablar vajidan jazolanishi natijasida o„z yurtiga Namanganga qaytib keladi. U qaytib kelgandan so„ng kasalmand onasi vafot etadi. Ana shu qayg„uli kunlarini quyidagicha tasvirlaydi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling