Reja: Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi
Download 455 Kb.
|
Cho`lpon nasri poetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. “Kecha” romanining poetikasi……………..……….31-33
- Xulosa……………………………………………………..……57-59 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………...……….60 Kirish
Reja: Kirish…………………………………………….………………..3-5 I.BOB. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi I.1. Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlari………………………………………………………6-20 I.2. Ijodkor yaratgan ocherk janrining o`ziga xos kompozitsiyasi…………………………………………..………21-30 II.BOB. “Kecha” romanining poetikasi……………..……….31-33 II.1. Miryoqub va Zebi obrazlarining ruhiy – psixologik tahlili………………………………………………………...…..34-51 II.2. Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati………………………...52-56 Xulosa……………………………………………………..……57-59 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………...……….60 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ma`lumki, jamiyat, xalq, millatning ma`naviy-madaniy taraqqiyoti, barkamol avlodning shakllanishida badiiy adabiyotning ahamiyati nihoyatda ulkan. Bu haqda Yutrboshimiz “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” risolasida katta e`tiborga loyiq fikr-mulohazalarni bildirganlar. Ushbu dastur qarash-g`oyalar har bir ijodkor, shuningdek adabiyot ilmi mutaxassislariga tasvir va tadqiq yo`llari, vositarini to`g`ri tanlash va ish yuritishga ko`mak beradi. Abdulhamid Cho`lpon о`zbek realistik prozasining shakllanish davrida samarali ijod qilib, uning taraqqiyotiga sezilarli ulush qо`shgan san`atkordir. Adibning qutlug` nomi oqlanib, ijodiy merosi chin egalariga qaytarila boshlangan dastlabki о`n yillar mobaynida kо`proq uning g`oyaviy jihatlariga urg`u berib kelindi. Albatta, jamiyatimiz hayotida tub о`zgarishlar yuz berayotgan, milliy о`z-о`zini anglash jarayonlari endigina keng omma ichiga kirib borayotgan paytlarda bu xil yondashuv asosli va zarur edi. Biroq, ma`lumki, adabiy asarni badiiyatga doxil etuvchi narsa unda ifodalangan g`oya(mazmun)gina emas, bu о`rinda о`sha g`oyaning muvofiq va gо`zal shaklda ifodalanishi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois Cho`lpon asarlarining badiiy qiymatini, adibning milliy badiiy tafakkurimiz tadrijida tutgan о`rnini belgilash uchun ularning poetikasini tadqiq etish muhimdir. Zero, asrimiz boshida shakllangan jadid adabiyotini mazmunan aktual etgan sharoit о`tkinchidir, ertangi о`quvchi uni g`oyaviy jihatdan emas, kо`proq badiiyat nuqtai nazaridan baholaydi, qadrlaydi. Shubhasizki, jadid ijodkorlar yaratgan asarlar, badiiy saviyasidan qat`iy nazar, о`z davri ijtimoiy hayotiga jiddiy ta`sir о`tkazgan, boz ustiga, ularning aktual qatlami istiqlol arafalaridan boshlab xalqimizga yana bir karra xizmat qildi. Biroq jadid adabiyoti atalmish fenomen milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga qо`shgan ulush, avvalo, uning badiiyat bobidagi izlanishlari, milliy badiiy tafakkurimizga tadbiq etgan yangiliklari bilan belgilanadi. Shu ma`noda jadid adabiyotining estetik prinsiplari, unga xos poetik usul va vositalarni о`rganish orqaligina yangi о`zbek adabiyotini yuzaga keltirgan omillarni, milliy adabiyotimizning XX asrdagi taraqqiyot yо`lini yorqinroq tasavvur etish, adabiy jarayondagi murakkabliklarni tushunish, nihoyat, uni obyektiv ilmiy о`rganish va baholash imkoniga ega bо`lamiz. Shunga kо`ra, asrimiz boshidagi adabiy jarayon xususiyatlarini atroflicha chuqur о`rganish adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb muammolardandir. Download 455 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling