O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Savol va topshiriqlar: 
1. 
Mumtoz she’riyat namunalari tahlili xususidagi 
uslubiy tavsiyalar haqida ma’lumot bering. 
2. 
Mumtoz she’riyat namunalarini va o‘quvchi 
ma’naviyatining shakllanishidagi ahamiyati nimalardan iborat? 
3. 
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning 
muqobil usullari qaysilar? 
4. 
Adabiyot darslarida murakkab matnlar tahlili va 
ularni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
5.1-mavzu: Yozuvchi tarjimai holining berilishiga xos 
xususiyatlar 
Reja: 
1. Ijodkor tarjimai holi va uni o‘rganish tarixi haqida 
ma’lumot.
2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida yaratilgan darsliklarda 
yozuvchi tarjimai holini o‘rganish usullari xususida. 
3. Sho‘rolar davrida o‘zbek adabiyoti va rus adabiyoti 
vakillarining tarjimai holini o‘rganishga bo‘lgan munosabat. 
4. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishda uslubiy nazar va 
ta’limiy-tarbiyaviy maqsadning ifodalanishi. 
5. Yozuvchining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotga bo‘lgan 
munosabati. 
6. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganishda hasbu hol va tarixiy 
ma’lumotlarning o‘rni. 
 
Ijodkor tarjimai holi, uning shaxsiyati bevosita xalqimiz tarixi, 
madaniyati va ma‟naviyati bilan uzviy bog„liqdir. U o„zi yashagan 
davri misolida ko„rgan, bilgan voqealar ta‟rifini qalamga oladi. 


83 
Shuningdek, ijodkorning o„zi yashagan davrda tutgan o„rni va 
mavqeini ham belgilab beradi.
Ijodkor tarjimai holi haqida atroflicha ma‟lumot berish XX 
asrning birinchi choragidan boshlab maktab, oliy o„quv yurtlari 
o„quv dasturlariga kiritilishi urf bo„la boshladi.
Aslida esa ijodkor tomonidan yaratilgan asarlarni o„rganish 
asrlar davomida kitobxonlarning diqqat markazida bo„lgan. Ijodkor 
yaratgan asar yoki she‟riyat o„z o„quvchisini lol qoldirgan, haqiqiy 
muxlisiga aylantirgan hollarda muallif shaxsiyatiga oid ma‟lumotlar 
qiziqtirganligi ehtimoldan holi emas. 
Ijodkor tarjimai holini o„rganish ta‟lim tizimi tarixida, maktab 
va madrasalarda alohida mavzu sifatida kiritilganligi haqidagi 
ma‟lumotlar uchramaydi. Ammo, ayrim o„rinlarda ijodkor 
shaxsiyati bilan bog„liq bo„lgan ma‟lumotlar, badiiy adabiyot bilan 
shug„ullanuvchi, shoirtabiat mudarrislar tomonidan tilga olib 
o„tilgan holatlar uchraydi. Yoki ayrim iste‟dodli shoirlar merosi 
haqida so„z yuritilganda, ularning ijodiga mansub ilmiy-nazariy, 
badiiy mulohazalar bildirilgan hollarda ijodkor shaxsiyati, fe‟l-
atvori, o„ziga xos betakror iste‟dodi haqidagi ma‟lumotlar berib 
o„tilgan. Yoki iste‟dodli shoir merosidan olingan namunalarda shoir 
shaxsiyati bilan bog„liq, ijodkor o„z tilidan aytgan hasbu holini
sharhlash jarayonida ham muallif haqida, uning his-tuyg„ulari,
kechinmalari haqida ham to„xtalib o„tilgan.
Ijodkor haqida ma‟lumot beruvchi manbalarga madrasa 
mudarrisi, yoki adabiyotshunos olimlar darsliklarga qo„shimcha 
tarzda tuzilgan tazkiralardan foydalanganlar.
Tazkiranavislikka IX asrda asos solingan bo„lib, dastlab turli 
she‟rlarni maxsus daftarga ko„chirib kichik-kichik to„plam tarziga 
keltirilgan. Bu to„plamlarda she‟rlar muallifi xususida so„z 
keltirilmagan. Biroq vaqt o„tishi bilan to„plamlarga yozuvchilar 
haqidagi ma‟lumotlar kiritila boshlagan. Qisqa bo„lsa-da, bu 


84 
ma‟lumotlar ijodkorning hayoti va faoliyati haqidagi ishonchli 
manba hisoblangan. 
Eng qadimiy tazkira XIII asrda Muhammad Avfiy tomonidan 
fors-tojik tilida tuzilgan bo„lib “Lubob ul-albob” (“O„zaklarning 
o„zagi”) nomi bilan yuritilgan. Ammo, unda yozuvchilarning 
tarjimai holiga oid ma‟lumotlar uchramaydi.
XV asrga kelib, tazkiranavislik alohida bosqichga ko„tarilgan. 
Bu tazkiralar iste‟dodli shoir va adabiyotshunos Abdurahmon Jomiy 
(“Bahoriston”), Davlatshoh Samarqandiy (“Tazkirat-ush-shuaro”), 
Alisher Navoiy (“Majolis un-nafois”) qalamiga mansubdir. 
Abdurahmon 
Jomiy “Bahoriston” asarining 7-bobini
she‟riyatga, shoirlarga baho berishga bag„ishlagan bo„lsa, Alisher 
Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida 459 nafar shoir haqida va 
ularning she‟rlaridan namunalar keltiradi.
Davlatshoh Samarqandiy tazkirasini Alisher Navoiy ta‟biri 
bilan aytganda, “Sulton Sohibqiron (Husayn Bayqaro) otig„a 
“Tazkirat ush-shuaro” otlig„ kitob bitibdur va bu toifani (shoirlarni) 
yaxshi jam‟ qilgan” ligini aytib o„tadi. 
XVI asrga kelib ijodkorlarning tarjimai holi haqidagi
ma‟lumotlar bir muncha takomillashib tazkiralardan tashqari
tarixiy manbalarda ham uchraydi. Jumladan, Zayniddin Vosifiyning 
“Bodoe‟ ul-voqoe‟” nomli asari shular jumlasidandir. 
Adabiyotshunos olim Mutribiyning “Tazkirat ush-shuaro” 
Hoja Hasan Nisoriyning “Muzakkkir ul-ahbob”, Muhammad 
Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Boburning “Boburnoma” kabi 
tarixiy asarlarida ham o„zlariga zamondosh bo„lgan ijodkorlarning
tarjimai hollariga oid qimmatli ma‟lumotlar uchraydi. 
XIXasr oxiri XX asr boshlarida yaratilgan tazkira va tarixiy 
manbalarda esa ijodkorlar tarjimai holiga oid ma‟lumotlar bilan bir 
qatorda ularning shaxsiyatiga baho berish holatlari ko„zga 
tashlanadi. 


85 
Ahmad Tabibiy Vozeh, Hashmat Sadri Ziyolar tomonidan 
yaratilgan “Majmuai-shoiron” tazkiralarining ayrimlari she‟riy 
tarzda yozilgan bo„lib, o„zining badiiy jihatdan mukammalligi bilan 
ajralib turadi. 
Qo„qon adabiy muhiti va shu hududda ijod qilgan shoir va 
yozuvchilarning tarjimai holi, ularning hasbu holiga oid ma‟lumot 
beruvchi qimmatli manbalar keng yoyila boshladi. Mirzo Qalandar, 
Mushrif Isfahoniy, Abdunabi Xo„jandiy va Fazliy Namangoniylar 
tomonidan 
tuzilgan 
“Majmuai-shoiron” 
tazkiralari 
shular 
jumlasidandirlar. Bu asarda 20dan ortiq viloyatlardan Qo„qonga 
kelib, ijod qilgan 80dan ortiq shoirlarning asarlaridan namunalar, 
ular haqida turli hamjdagi tarjimai hollari haqida ma‟lumotlar 
keltiriladi. 
Bu tazkiralarga turli ijtimoiy guruhlarga oid (amir, amirzoda, 
vazir, qozi, shahar hokimi, mudarris, munshiy, sipohiy, shoiralar 
(Mahzuna, Uvaysiy) oddiy, xalq orasida mashhur shoirlar haqidagi 
ma‟lumotlarning berilishi bilan ahamiyatlidir. 
Shoir 
va 
yozuvchilarning 
tarjimai 
hollari 
haqidagi
ma‟lumotlar turli tarixiy manbalarda uchrashi bilan bir qatorda turli 
bayozlarda, antologiyalarda ham uchraydi. 
Yuqorida sanab o„tilgan tazkira, tarixiy manbalar, bayozlar 
haqida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari ijodkorlar tarjimai holi 
haqidagi ma‟lumotlarga oydinlik kiritish, ayrim hollarda chuqur 
tahlil qilish natijasida ijodkorning u yoki bu jihatlarini yoritib 
berish, iste‟dodlariga xolisona baho berishga qaratilgan. 
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida jadid pedagoglari
ibtidoiy maktablarni “usuli savtiya”(tovush usuli)ni qayta tiklash, 
“Usuli jadid” maktablarining vujudga kelishi, ular uchun darslik
tuzish o„quvchilar uchun “Adabiyot” darsligiga kiritiladigan
shoirlar ijodidan namunalar tanlash ishlari boshlab yuboriladi.
Bu o„rinda Abdulla Avloniy, Mahmudxo„ja Behbudiy, 
Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqalar jonbozlik ko„rsata


86 
boshlaydilar. Bu mualliflar “Adabiyot” darsligini boshlang„ich 
sinflar uchun mo„ljallab yozganlari, asosan ifodali o„qishga
mo„ljallangan matnlarni tanlab kiritishga harakat qilganlar. She‟riy, 
nasriy matnlarning mualliflari ham shaxsan o„zlari bo„lganliklari 
uchun ijodkorning tarjimai holi haqida ayrim o„rinlarda izoh tarzida 
so„z yuritib o„tganlar. Bir so„z bilan aytganda, 1940-yilga qadar 
tuzilgan adabiyot fani dasturi 7-sinfga qadar tuzilgan. Yuqori sinflar 
uchun mo„ljallangan dasturlar esa rus maktablari uchun
mo„ljallangan dastur nusxasidan ko„chirmadan iborat bo„lgan.
Masalan, rus maktablarining VIII sinf darsligiga kiritilgan XIX 
asr rus klassik adabiyoti namoyandalari (Pushkin, Gogol, 
Osbovskiy, Gancharov)larning tarjimai holi o„rganilgan. Aynan shu 
dasturdan olingan nusxaga o„zbek ijodkorlaridan Ergash 
Jumanbulbul, Po„lkan shoir, Abdulla shoir ijodi kiritilgan bo„lib, 
qolganlari rus adabiyoti vakillaridir. 
IX sinf dasturlarida ham Cherneshevskiy, Tolstoy, Chexov 
hayoti va ijodi kiritilgan bo„lib, o„zbek adabiyoti tarixi vakillaridan 
Alisher Navoiy, Muhammad Solih, Turdi hayoti va ijodi haqida 
ma‟lumot berilgan. 
X sinfda ham shu holat takrorlangan bo„lib, Gorkiy, Bedniy, 
Mayakovskiy, Gladkov, Fadeev, Sholoxov, Ostrovskiylarning 
tarjimai holi va asarlari chuqur o„rganilgan. O„zbek adabiyoti 
vakillaridan tarjimai hollari to„la shakllanmagan yosh shoirlardan 
G„ayratiy, G„afur G„ulom, Komil Yashin kabi shoirlar ijodi 
kiritilgan. Qolgan barcha mavzular rus yozuvchilari hayoti ijodiga 
tegishlidir.
Xullas, ijodkor tarjimai holini o„rganish rus maktablari uchun 
tuzilgan dasturdan nusxa ko„chirish, o„qitish metodlaridan 
foydalanish yurtimizda mustaqillik e‟lon qilingan kunlargacha 
davom etdi, desak xato qilmagan bo„lamiz. 
Mustaqillik yillarida tuzilgan adabiyot dasturlarida ham 
ijodkorlarning 
tarjimai 
holi, 
hamon 
xronologik 
tarzda 


87 
o„rganilmoqda. Ya‟ni ijodkorlarning tug„ilgan kuni, tahsil olgan 
yillari, qayerlarda qanday vazifalarda ishlaganligi, asarlarining 
yaratilgan sanalari va olgan mukofotlari sanaladi, ta‟rif-tavsif 
beriladi. Oldingi dasturlardan farqli tomoni shundaki, unda rus 
adabiyoti ijodkorlari sezilarli darajada qisqartirilib, o„zbek 
adabiyotida sermahsul ijod qilgan, iste‟dodli shoir va yozuvchilar 
hayoti va ijodi kiritildi. Tarjimai holga oid qo„shimcha adabiyotlar 
uslubiy qo„llanmalar, turli ko„rgazmali qurollar, avtobiografik-
xotira asarlar qo„shimcha manbalar sifatida tavsiya qilindi. Yillar 
davomida darsliklar qayta ishlanib, to„ldirilib borilmoqda. Darsliklar 
bir necha mualliflar tomonidan yozilib, tender asosida eng yuqori
talablarga javob beradiganlari tanlab olinib, o„quvchi va 
o„qituvchilarga tavsiya qilinmoqda. Darsliklarga qo„shimcha tarzda 
maxsus adabiyot fani chuqur o„rganiladigan akademik litsey, ijod 
maktablari uchun maxsus uslubiy qo„llanma turli tavsiyalar aks 
etgan dars ishlanmalari chop ettirilmoqda. Adabiyot uchun 
ajratilgan xonalar turli zamonaviy texnik vositalar, turli ko„rgazmali 
qurollar bilan jihozlanmoqda. 
Xullas, yozuvchi tarjimai holi haqida o„quvchilarga ma‟lumot 
berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda, desak bo„ladi. 
Yozuvchi tarjimai holini yuqori sinflarda o„rganish ikki asosiy 
maqsadni nazarda tutadi. Birinchidan, metodik nuqtai nazardan 
muhim ahamiyatga ega bo„lsa, ikkinchi tomondan ta‟limiy-
tarbiyaviy maqsadni amalga oshiradi. 
Chunki, har bir ijodkor, o„z hayotiy tajribasi bilan, jasoratiyu, 
shaxsiy fazilatlari bilan atrofdagilardan alohida ajralib turadi. 
Ayniqsa, yuqori sinflar o„quvchilari uchun ijodkor haqidagi 
ma‟lumotlar tom ma‟noda hayot maktabidir. Ular ijodkorlarga 
buyuk tafakkur egalari sifatida, alloma donishmand insonlar sifatida 
qabul qiladilar va baholaydilar. Shu bois, ularning tarjimai holi 
haqidagi ma‟lumotlarga, ijodkor o„zi shaxsiyati haqidagi 
ma‟lumotlarni qiziqish bilan qabul qiladilar. Bir so„z bilan


88 
aytganda, o„quvchilar yozuvchilar haqidagi ma‟lumotlar orqali 
hayotiy tasavvurga ega bo„lish bir qatorda, yozuvchi bilan u yurgan 
manzillarda xayolan sayohat qiladilar, turli taqdirdagi kishilar 
uchrashadilar, katta-kichik achinarli va quvonchli voqealarning 
guvohi bo„ladilar.
Ayrim ijodkorlarning tarjimai hollari o„quvchilarni hayajonga 
solsa, (Turdi Farog„iy, Boborahim Mashrab, Muhammad Aminxo„ja 
Muqimiy) ayrim ijodkorlarning hayoti, turmush tarzi hayrat va 
yanada qiziqish uyg„otadi (Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, 
Zokirjon Furqat va boshqalar).
Ijodkorlarning hayoti va ijodi tabiiyki, u yashagan davrning 
tarixiy-adabiy muhiti bilan bog„lagan holda o„rganiladi. Ayrim 
o„rinlarda ijodkorlarning zamondoshlari bilan o„zaro qiyoslansa, 
ba‟zi o„rinlarda ularning muxlislarining munosabatlari, aksincha, 
qarama-qarshi raqiblari xususida ham ma‟lumotlar berib o„tish 
maqsadga muvofiq bo„ladi. 
O„qituvchi ijodkorning tarjimai holi haqida o„quvchilarga 
ma‟lumot berish uchun mashg„ulotning mazmundor, qiziqarli tarzda 
o„tishi uchun eng zaruriy ma‟lumotlarni o„rganib chiqish, kerakli 
uslubiy qo„llanma va adabiyotlardan foydalanish lozim. Ayniqsa, 
ijodkorlarning zamondoshlarining u haqidagi yozib qoldirgan 
xotiralaridan, me‟muar asarlardan, yoki ijodkorning o„zi haqida 
yozib qoldirgan xotiralaridan, maktublaridan foydalanishi ham 
mashg„ulotlarning mazmundor chiqishini ta‟minlaydi. Yoki, 
ijodkorning yaratgan asarlari ham qaysidir ma‟noda uning 
shaxsiyatiga oid ma‟lumotlarni to„ldiradi. 
El nazari tushgan buyuk ijodkorlar o„z zamonasining qomusiy 
ilmlarini ham chuqur o„rgangan shaxslar sifatida manbalarda tilga 
olinadi. Bunday ijodkorlar faqat asarlar yozish bilan chegaralanmay, 
balki bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganlar, xattotlik, aniq 
fanlarni o„rganishga bo„lgan qiziqish, ma‟lum bir soha yuzasidan 


89 
ma‟lumotga ega ekanligi ham, o„quvchilarning diqqat-e‟tiborini
tortadi.
Ijodkor haqida ma‟lumot berishda, xususan, yuqori sinflarda 
o„qituvchining so„zi, ma‟ruza muhim ahamiyatga egadir. O„qituvchi 
ma‟ruzada o„tilishi lozim bo„lgan mavzuni ma‟lum bir tartibda 
soladi, rejada ko„zda tutilgan ma‟lumotlarni saralab eng muhim 
ma‟lumotlarni jonli, qiziqarli tarzda bayon qilish imkoniyatiga ega 
bo„ladi, mashg„ulotning mazmunli chiqishini ta‟minlaydi. Ayniqsa, 
ijodkorning o„zi yaratgan asarlarida ham ijodkor shaxsiyatiga oid 
ma‟lumotlar muallif tomonidan izoh yoki voqea tarzida kiritgan 
o„rinlari mavjud. O„qituvchi bunday ma‟lumotlarni mashg„ulotlarni 
kirish qismida inobatga olishi va o„rni bilan keltirishni maqsad 
qilishi lozim. 
Masalan, Alisher Navoiy hayoti haqida o„qituvchi kirish 
so„zida, shoirning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, shaxsiy fazilatlari, ko„p 
qirrali ijodkor bo„lganligi, xalqimizning ulug„ farzandi ekanligi 
haqida aytgan ma‟lumoti, kirish mashg„ulotida aytilgan umumiy 
xususiyatga ega bo„lib, ularni aniq, doimiy ma‟lumotlar bilan 
to„ldirish zarur. Yuqorida tilga olingan «Xalqimizning ulug„ 
farzandi» ekanligini tasdiqlovchi Alisher Navoiyning kichik 
zamondoshi Xondamir o„zining «Makorim ul-axloq» asaridan 
olingan parcha yanada aniq va ravon tarzda to„ldiradi: «Navoiy 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling