O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin? 
Jonima har birining javru jafosinmu deyin? – 
Bundan ko„rinadiki, ilmi tahlil keng ma‟nodagi bir ilm bo„lib, unda 
har bir tahlilchi o„z imkoniyati, ilmiy doirasi darajasida matnga 
yondashadi. Muhimi, matnga har tomonlama yondashish, bir 
tahlilchi ilg„amagan nuqta ikkinchi tahlilchining nazariga tushishi 
mumkin. Shunday qilib, bir necha tahlilchi tomonidan o„rganilgan 
tahlil natijasida g„azalning yaxlit mazmuni yoritiladi. 
Alisher Navoiy ziyoli, ma‟rifatparvar kishi sifatida bugungi kun 
o„quvchisiga o„zi yashagan davr, o„sha paytdagi ijtimoiy-siyosiy 
hayot haqida ma‟lumot beruvchi elchi hamdir. U har qanday 
g„ayriinsoniy hodisalarga befarq qaray olmagan. Imkon qadar 
adolatsizlikka qarshi kurashgan. Nochor hollarda esa, zamonidan 
shikoyat qilgan. Jumladan: 
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko„rmadim, 
Ko„rguzub yuz ming mehr, dardu balosin ko„rmadim. 
Yoki: 
Bilmadim, olam elida yo„qturur mutlaq vafo, 
Vahki, umri ulcha yo„qtur sog„inib bor istadim. 
* * * 
Mexr ko„p ko„rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim. 
Shoir shaxsi yaqqol ko„zga tashlanib turgan bu baytlarda, uning 
iztiroblari, unga yetkazilgan nohaqliklar ochiq bayon qilingan. Bu 


40 
bilan shoir faqat shaxsiy kechinmalarini bayon qilmay, balki o„z 
zamonasidan, adolatsiz hukmdorlardan norozi bo„ladi. Bu baytlar 
Navoiy zamonasining qadim, lekin o„lmas ruhini berib turadi. 
Xullas, mumtoz she‟riyat har gal o„qilganda yoki tahlil qilinganda, 
muxlislar turlicha ma‟no topadilar va undan ilhom oladilar. G„azal 
tahlilining turlicha ko„rinishda chiqishining sabablaridan yana biri, 
bu janrlarning aruz vaznida yozilganligidir. 1940-50-yillarga kelib 
arab alifbosida yozilgan matnlar kirill alifbosiga o„girila boshladi. 
Aslida, arab alifbosidagi matnni kirill alifbosiga xatosiz 
ko„chirishning iloji yo„q. Chunki, arab alifbosi imlosidagi ba‟zi 
harflar va tovushlar, qisqa unlilar kirill imlosida aks etmaydi. Yoki, 
so„z zamirida kelgan bir harf yonma-yon kelsa, bitta shaklda 
yozilaveradi. Agar tepasida tashdidi bo„lsa, harfning ikkitaligi 
ma‟lum bo„ladi. Lekin xattotlar yozuv belgilarini hamma vaqt ham 
qo„yavermaganlar. Ana shu ikkilantirilgan tovushlar ba‟zan vazn 
taqozosi bilan bitta tovush sifatida o„qiladi. Shu bois, matn qanday 
o„qilsa, shu tarzda kirill imlosida yoki lotin imlosida yozilishi kerak 
bo„ladi.
Qachonlardir mavjud bo„lgan finikiyaliklarning yaratgan ivrit, 
moniy, sug„diy kabi yozuvlari keyinchalik davr talablariga javob 
bera olmay iste‟moldan birin-ketin chiqa boshladi. Shu davrlarda 
bizning hududimizga kirib kelgan arab yozuvini ilmga tashna 
ajdodlarimiz san‟at darajasiga ko„tardi. Maktab va madrasalar ham 
vatanimiz hududida arab imlosi asosida faoliyat olib bora 
boshladilar. Uzoq tarixiy yo„lni bosib o„tgan o„rta va oliy 
madrasalar asrlar davomida avlod-ajdodlarimizga ta‟lim berdilar. 
Shuning barobarida, arab madaniyati, tili, adabiyotiga doir ilmlar 
bilan tanishib bordilar. Bu yozuvning ommalashishi bois, minglab 
nodir asarlar yaratildi. Ularning mualliflari bo„lgan buyuk allomalar 
sharq va g„arb ilm-faniga, madaniyatiga hissa qo„shdi. 
Bu yozuvda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan ulkan ilmiy va 
adabiy merosni o„rganish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan 


41 
biri bo„lib kelayotgan ekan, bu vazifa yechimini topish maktab 
ta‟limidan boshlanishi kerak. Buning uchun maktab darsliklari, 
uslubiy qo„llanmalarini yaratayotgan mualliflar zimmasiga 
yuklatilgan mas‟uliyat o„z kuchida qolib kelmoqda. Ammo, darslik 
va majmualarda tanlab olingan murakkab matnni o„quvchilarning 
yosh xususiyatlariga mos tarzda o„rgatish masalasi muammoligicha 
qolmoqda va turli bahslarga sabab bo„lmoqda. Bu hol, ayniqsa, 
she‟riy matnning tahlilida ko„zga yaqqol tashlanadi. Bu yo„lda 
dasrliklar uchun tanlab olinayotgan mumtoz meros namunalarini 
sharhlash va yosh avlodga o„rgatishda zamonaviy o„qitish usullari 
qatorida sharqona muqobil usullardan foydalanish samarali natija 
beradi, deb hisoblaymiz.
Yuqoridagi 
mulohazalardan kelib chiqib, umumta‟lim 
maktablarining o„quv dasturiga kiritilgan mumtoz matnlar tahlili 
jarayonida quyidagi uslubiy xulosalarni tavsiya etishni lozim 
ko„rdik. 
1. Mumtoz nazmga doir namunalarni tahlilu talqinida aruz 
ilmidan dastlabki tushunchalarni berish muhim ahamiyatga ega. 
Hozirda o„zbek mumtoz adabiyoti tarixi, ayniqsa, Alisher Navoiy 
hayoti va ijodiga katta o„rin ajratilgan. Ammo mumtoz she‟riyat 
talqini bilan bog„liq ilmiy-nazariy ma‟lumotlar xususida hech 
qanday material berilmagan. Shu jumladan, Navoiyning “Mezon ul-
avzon” nomli asari esa umuman tilga olinmaydi. Aslida mumtoz 
she‟riyatni aruz vaznisiz tasavvur qilish qiyin. Aruz vazni haqida 
o„rta maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari 
o„quvchilariga 
ma‟lumot 
berish 
yo„llariga 
bag„ishlangan 
adabiyotshunos-olimlarning uslubiy qo„llanmalari mavjud. Ular 
qatorida A.Hojiahmedovning “Maktabda aruz vaznini o„rganish”, 
yana shu mallifning “O„zbek aruzi lug„ati” kabi qo„llanmalarini 
ko„rsatib o„tish mumkin. Biroq o„tgan asrning 70-80-yillarida 
cheklangan nusxada chop etilgan bu qo„llanmalarni hozirda topish 
mushkul. Boshqa tomondan esa, aruz vaznini o„rgatish o„quv 


42 
dasturlariga 
kiritilmagani, 
buning 
uchun 
maxsus 
soatlar 
ajratilmagani tufayli tilga olib o„tilgan manbalar yordamchi uslubiy 
qo„llanma darajasida qolib ketdi. Xullas, bu mavzuga jiddiyroq 
yondashib, uni umumiy o„rta ta‟lim tizimida o„qitishning yangi 
yo„llarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
2. Respublikamiz oliy o„quv yurtlarining o„zbek filologiyasi 
fakultetlarida 
tahsil olayotgan bo„lajak til va adabiyot 
o„qituvchilariga mumtoz she‟riyat namunalarini tahlil qilish 
yo„llarini tarixiy manbalarga asoslangan holda o„rgatish zarur. Bu 
o„rinda Alisher Navoiy nomidagi O„zbek tili va adabiyoti 
universiteti professor-o„qituvchilari, xususan, metodist olimlari bu 
masalalarga ham o„z yechimini topadi deb ishonamiz. 
Shuningdek, til va adabiyot o„qituvchilari malakasini oshirish 
institutlari va kurslari o„quv dasturiga badiiy matn tahliliga oid 
maxsus kurs kiritish maqsadga muvofiqdir. 
3. 
Hozirgi kunda mumtoz adabiyot asarlari uchun tuzilgan 
lug„atlar orasida faqat Alisher Navoiy asarlari uchun yaratilgan 4 
jildlik akademik lug„atni ko„rsatib o„tishimiz mumkin. Bundan 
tashqari yana shu shoir asarlari tiliga bag„ishlangan lug„atlar 
mavjud. Shuningdek, mumtoz shoirlar asarlarining nashrlari oxirida 
qisqa lug„at berib ketish an‟anasi ham mavjud. Ammo maktab, 
litsey va kollejlar o„quv dasturidagi mumtoz adabiyot namunalari 
uchun darslikka ilova tarzida maxsus tuzilgan lug„atlar suv va 
havodek zarur. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling