O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

№ 
Usullarning 
nomi 
Izohlari 
Usullarga bog„liq 
bo„linmalari 

Ilmi sharh 
Ochish, bayon qilish, 
oshkor qilish, cheksiz
ma‟noga egadir 
Tafsir, ta‟vil, 
ya‟ni mavhum so„z 
va iboralarni 
sharhlash 

Ilmi tahlil 
Matn mazmunini tahlil 
etish 

Usuli hijoiya 
So„zlarni bo„g„inga 
bo„lib o„qish va vaznini 
aniqlash 
Usuli savtiya 

Ilmi munozara. 
Ilmi xilofiyot deb 
ham yuritilgan 
Bahs, muhokama, 
munozara o„tkazish 
usuli 
Savol-javob 
shaklida suhbat 
usuli 

Ilmi qiroat 
Ohang va so„z talaffuzi 
asosida matnni o„qish 
1
Иброҳим Ҳаққул. Тасаввуф ва шеърият. – Т.: Адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1991, 131-бет. 


20 

Ilmi fasohat yoki 
fasoha disor 
Chiroyli, o„rinli qoidaga 
muvofiq og„zaki nutq 
Notiq, suxandon, 
zevari, oyini 

Ilmi bayon 
So„zdagi nozik 
ma‟nolarni bayon qilish 
Ritorika 

Ilmi g„ariba 
g„ayb, g„arib 
Kam so„z bilan katta, 
keng ma‟nolarni aks 
ettirish 
Al-ibora, sharh, 
zurafo, urafo, dabir 

Ilmi maoniy 
Narsa yoki hodisaning 
tub mohiyatini ochib 
berish 
10 
Ilmi insho 
Yozma ish uslubi, 
maktub, yozuv 
savodxonligi 
11 
Ilmi muammo 
Badiiy san‟at turi bo„lib, 
she‟riyatdagi masalalar 
va ramzlarni yechish 
usuli 
12 
Ilmi mantiq 
So„z zamiridagi 
mazmun. Logika
13. 
Ilmi muhozirot 
Lutfgo„ylik, 
hozirjavoblik, zukkolik 
14 
Ilmi kalom 
Naqliy masalalarni aqliy 
dalillash, isbot qilish 
16. 
Ilmi imlo 
Matnni yozdirish usuli 
17.
Ilmi samo‟ 
Eshitish, tinglash 
madaniyati o„rgatiladi 
Musiqa, she‟riy 
matnni tinglash 
ko„nikmasini hosil 
qilish 
 
Ma‟lumki, Sharq mumtoz adabiyotida ramziylik tasvirning 
yetakchi usuli sanaladi. Shuning uchun hayot voqeliklari epik 
ko„lamda hissiy munosabat tarzida tasvirlangan asarlarni o„qitishda 


21 
sujet voqealarining zohiriy mazmunini bayon etish bilangina 
cheklanib qolmay, ular vositasida talqin etilgan, ramz tili bilan 
bayon qilingan mohiyat sharhlanishi lozim. Mumtoz adabiyot 
(umuman adabiyot) o„qitishdan ko„zlangan bosh maqsadni 
tarbiyalanuvchilar shaxsiyatida komillik sifatlarini muayyan 
darajada shakllantirishdan iborat deb ifodalash mumkin. Keltirilgan 
adabiyotning ushbu bosh maqsadidan kelib chiqib, mumtoz 
adabiyotni o„qitishga qo„yiladigan xos vazifani quyidagicha 
belgilash mumkin: mumtoz badiiy tafakkur tarzini anglaydigan, 
obrazlar tabiati va ular o„rtasidagi munosabatni idrok etadigan, 
ramziy va majoziy tasvirni talqin va tahlil qila oladigan, mumtoz 
so„z jozibasini his etadigan, mutolaani o„zining hayotiy ehtiyojiga 
aylantirgan, adabiyotni olam va odamni tushunish vositasi deb 
biladigan yuksak ma‟naviyatga intiluvchi kitobxon o„quvchini 
shakllantirishdan iboratdir. 
Sharq mutafakkirlari insonni ilohiy va dunyoviy ilmlardan 
xabardor etishda, uning aqlu zehnini oshirishda tinimsiz izlanganlar 
va samarali ijod qilganlar. 
Ular yaratgan bebaho asarlardan olam va odam, borliq, 
hayotning mazmun-mohiyati singari falsafiy, tasavvufiy mavzular 
yuzasidan bilim berish uchun madrasalarning asosiy o„quv 
qo„llanmasi sifatida foydalanilgan. Shu bois yuksak salohiyat 
sohiblari asrlar osha avlodlar ardog„ida yashab kelgan, insoniyatni 
hayajonga solib kelgan muammolarning nazariy va amaliy 
jihatlarini hal etishga yordam bergan. 
Bu muammolarning jamini esa turli ilmlar tashkil etgan bo„lib, 
bular bir necha turlarga bo„linadi. Professor Najmiddin Komilov 
asosiy ilm turlarini quyidagicha tasnif etadi: «Shariat ahli nazarida 
ilm faqat islomiy bilimlar, chunonchi Qur‟on tafsiri, kalom, 
hadisshunoslik, fikhdan iborat. Faylasuflar (hakimlar) nazarida ilm 
borliq, inson va jamiyat haqidagi bilimlar majmuasi bo„lsa, 
so„fiylar nazarida ilm vajdiy (intuitiv) yo„l bilan qabul qilingan 


22 
kashfiyot, karomat, tavhid sari eltuvchi riyoziyot qoidalaridir. 
Bundan tashqari riyoziyot (hisob, aljabr, handasa kabi), tabobat 
ilmlari ham tasnifga kiritilgan»
1

Aslida, madrasalarda o„qitiladigan fanlar asosan ikki 
yo„nalishga bo„lingan:
1) ulumi naqliya – naql qilinadigan ilmlar (bunga qiroat, tafsir, 
hadis, tarix, lug„at, nahv va sarf, ilmi maoniy, fiqh va h.k. 
kiritilgan);
2) ulumi aqliya – aql bilan idrok etiladigan ilmlar (falsafa, 
riyoziyot, tibbiyot, xandasa, al-jabr, ilmi nujum kabi fanlar). 
Bizning nazarimizda yuqorida sanab o„tilgan ilmlarning 
barchasini o„z ichiga qamrab olgan adabiyot o„zining badiiy 
nafisligi bilan, so„z san‟atining sir-asrorlari orqali ma‟naviy 
qoniqish hadya etuvchi fan sifatida alohida o„rin tutgan. Bu fan 
o„zining mo„jizakor ta‟sir kuchi bilan insoniyatning ongiga, fikriga, 
qalbiga, tuyg„ulariga ta‟sir etib kelgan. Ammo bu fanni o„rganish, 
uni o„qitish usullarini kashf etish masalasi asrlar mobaynida turli 
davrlarda turli shakllarda amalga oshirib kelingan. Aslida, adabiyot 
fanini o„qitish usullari qachon paydo bo„lganligi haqida aniq bir fikr 
aytish qiyin. 
Qadim zamonlardan buyon adabiyot ilmini o„rganish 
masalasida hamisha bir muammo ko„ndalang bo„lib turgan. YA‟ni 
nimani o„qitish, o„rgatish lozim, qanday yo„l, usulni qo„llash kerak? 
Bu muammoga javob topish esa talabalarni adabiyotga oid 
ma‟lumotlardan xabardor qiluvchi mudarris zimmasiga yuklatilgan. 
O„z navbatida, mudarris murakkab matndagi manbalarni o„rgatish 
usullariga murojaat qilgan va ularni amalda qo„llagan. Murakkab 
matnlardan biri VII asrning birinchi yarmida nozil bo„lgan Qur‟oni 
karimdir. Bu asar musulmonlarning muqaddas kitobi bo„lib, u o„z 
tarixiy, madaniy, ma‟naviy-axloqiy ahamiyati bilan butun Sharq 
1
Н.Комилов. Ирфон нури Абулмаоний // Бедил ва ўзбек маънавияти. Тўплам. – Теҳрон-
Тошкент, 2005, 6-7-бетлар. 


23 
xalqlarining ma‟naviy va ijtimoiy taraqqiyotiga katta ta‟sir 
ko„rsatgan. Shuningdek, axloqiy poklanishda najot omilidir. 
Shuning barobarida islom ta‟limoti har bir musulmon uchun o„z 
mamlakatining taraqqiyotini ta‟minlashda diniy asos hisoblangan. 
Muqaddas asarga tayangan holda xalqni ma‟rifatga chorlashda, 
ularga siyosiy huquqlarini, milliy, diniy qadriyatlarini anglatishda
muhim vosita hisoblangan. 
Qur‟on o„sha davr klassik arab tiliga xos murakkab uslub va 
tilda, nasriy saj‟ shaklida yozilganligi, mazmun ifodasining chuqur 
va keng qamrovligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun uni 
o„rganish yo„llarini ishlab chiqishga Qur‟on nozil bo„lgan dastlabki 
davrlardanoq kirishilgan va bunga madrasalarning o„quv 
dasturlarida katta ahamiyat berilgan. Tabiiyki, bu noyob tarixiy 
yodgorlikni to„liq tushunib anglash nihoyatda mushkil bo„lgan. 
Hatto, arab tilini yaxshi bilgan kishi ham uni to„g„ri va to„liq 
tushunishga qiynalgan. Shuning uchun arab tilining fonetikasi va 
grammatikasi (sarf va nahv)ni o„rgatishga alohida vaqt ajratilgan. 
Ma‟lumki, arab tili lug„at boyligi, so„z yasash usullari, qonun-
qoidalarining turli-tumanligi, balki dunyoda shevalarining ko„pligi 
bilan avvalgi o„rinlardan birini egallaydi. Bu tilni o„rgatish, ayniqsa 
uning grammatikasini o„zlashtirish ancha mashaqqatli ish bo„lib, 
mudarris va tolibi ilmlar nihoyatda qiynalganlar. Shu sababli 
talabalar orasida yengilroq yo„l bilan o„zlashtirish taklifini 
bildirganlar ham bo„lgan. Samarqanddagi Qutbiddin Sadr 
madrasasida ta‟lim olgan buyuk alloma Xoja Axror Vali: “...Yoshlar 
tahsil bilan shug„ullanganda, ularning vaqti nahvu sarf (morfologiya 
va sintaksis) qoidalarini o„rganishga sarf bo„ladi. Qanday tadbir 
ko„rmoq lozimki, ularning zehni o„zgarmay, g„alizlik pardasiga 
o„ralmay qolsa? Buning o„rniga tasavvuf ahlining ibratli so„z va 
shavqli hikoyalaridan so„zlasa. Shunday qilinganda, yoshlarning 
zehni koyimaydi va o„tkirligi saqlanadi”, - degan fikrni bildiradi. 
Ehtimol, bu shaxsning o„zi ham madrasa ta‟limida aynan arab 


24 
grammatikasini 
o„zlashtirishga 
qiynalganligi 
tufayli, 
bu 
muammoning yechimi sifatida yuqoridagi fikrni bildirgan. 
Shu bois Qur‟onni chuqur o„zlashtirish uchun nafaqat arab tili 
grammatikasi o„rganilgan, balki unga tafsirlar, sharhlar yozilgan
musulmon mamlakatlari adabiyoti va she‟riyatining badiiy-poetik 
sirlarini o„rgatishga bag„ishlangan ilmi balog„atga oid risolalar 
yaratilgan. Tafsir va sharhlar miqdor jihatidan juda ko„p bo„lishiga 
qaramay, deyarli barchasi arab tilida yaratilgan. Qur‟onni tafsir va 
sharh bilan o„qish ham o„ta murakkab bo„lib, mudarrisdan ham, 
talabadan ham juda katta uslubiy mahorat talab qilingan. 
Adabiyot o„qitish metodikasi bilan bog„liq, dastlabki tadqiqotlar 
yigirmanchi asrning yigirmanchi yillarida fan sifatida shakllandi va 
rivojlanib bordi. Xususan, Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdulla 
Avloniy, Hamza kabi ijodkorlar va dastlabki ma‟rifatparvarlar badiiy 
ijod namunalarini yaratish bilan birga dastlabki tashkil etilgan 
maktablar uchun darslik va o„quv qo„llanmalar yaratgan 
usluvshunoslar hamdir. Ular yaratgan darsliklar biri “Birinchi 
muallim” bo„lib, Abdulla Avloniy tili bilan aytganda “Birinchi 
maktablarimizning shogirdlarina alifbodan so„ng o„qutmak uchun 
ochiq til va oson tarkib ila yozulub, axloqiy axloqiy hikoyalar, adabiy 
she‟rlar ila ziynatlanmish”
5
, deya e‟tirof etar ekan, darslikka “Turkiy 
guliston yoxud axloq” asaridan namuna kiritadi. 
Mahmudxo„ja Behbudiy, Siddiqiy Ajziy, Said Rizo Alizoda, 
Hamza kabi ijodkorlar ham sezilarli iz qoldirgan yirik siymolardir. 
Ayniqsa, Hamzaning “Yengil adabiyot”, “O„qish kitobi”, 
“Qiroat kitobi” (1914-1915) Abdurahmon Sa‟diyning “Saboq tuzugi” 
(1920) darslik va dasturlarida adabiyot o„qitish metodikasiga oid 
ayrim ma‟lumotlar uchraydi. Aslida, “Adabiy o„qish” atamasi 1921-
yil o„quv dasturlarida tilga olingan bo„lib, maktab ta‟limida inobatga 
olina boshladi. 
5
Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2 жилд. –Т.: Маънавият, 1998, 9 бет.


25 
1924-yildan 1929-yilgacha o„tgan davr ichida Elbekning 
“Namuna” (1-5 qism, 1925), Fitratning “Adabiyot qoidalari”, 
“O„zbek adabiyoti dasturlari” (1925) kitoblari yaratildi. 
1938-yilda esa “To„liqsiz o„rta va o„rta maktablar uchun 
programma”da qisman bo„lsada adabiy asarni o„qishga urg„u berildi. 
Sal keyinroq tuzilgan “O„rta maktab progammalari” (1940)da 
og„zaki va yozma nutqni o„stirishga, o„quvchilarning mustaqil 
fikrlash imkoniyatlarini rivojlantirishga e‟tibor berildi, asarni ifodali 
o„qish, savol va topshiriqlar hamda mashqlar asosida asarning 
g„oyaviy mazmunini o„zlashtirish tavsiya etildi. Tanlangan 
asarlarning o„quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo„lishiga 
e‟tibor qaratildi. 
1934-yilda “O„rta maktablarda adabiyot o„qitish metodikasining 
asosiy masalalari” nomlm uslubiy qo„llanma yaratildi. Unda 
adabiyotni maxsus fan sifatida o„qitish bolaga adabiy ta‟lim berishda 
tegishla izchillik va mantiqiy qoidalar bo„lishi ko„rsatab o„tildi.
Aslida, mazkur uzluksiz ta‟lim tizimini o„rganish masalasi 
o„tgan asrning 60-70-yillarida boshlangan bo„lib, asosan 
umumta‟lim maktablari va oliy o„quv yurtlari uchun darsliklar va 
o„quv qo„llanmalar yaratgan taniqli metodist-olimlarni qiziqtirib 
kelgan. Ular asosan madrasalarda tahsil olgan ziyolilarning 
farzandlari bo„lib, ta‟lim tarixining zukko bilimdonlari edi. 
Xususan, taniqli metodist-olim Subutoy Dolimov 1940-yildan 
boshlab o„rta maktablar uchun adabiyot dasturlarni, beshinchi 
sinfdan tortib o„ninchi sinfga qadar hamda pedagogika bilim yurtlari 
va texnikumlari uchun adabiyotdan darslik va majmualar tuzishda 
faol ishtirok etibgina qolmay, bu jarayonga rahbarlik ham qilib 
keldi. 1952-yilda u “Adabiy o„qish metodikasi”, 1955-yilda “Vatan 
adabiyoti” xrestomatiyasi uchun metodik qo„llanma” (5-sinf uchun) 
asarlarini yaratdi. Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, bu ikki asar 
adabiyot o„qitish metodikasi bo„yicha yaratilgan birinchi uslubiy 
qo„llanmalardan 
bo„lib, 
O„zbekistonda 
adabiyot 
o„qitish 


26 
metodikasining fan sifatida shakllanishida dastlabki qadam bo„ldi. 
“Avtor adabiy o„qish metodikasi” qo„llanmasida..., - deb yozadi 
prof.Asqar Zunnunov, - badiiy asarni o„zlashtirish va estetik 
tarbiyaning muhim sharti bo„lgan ifodali o„qishga e‟tibor beradi. 
...Qo„llanmada adabiyotshunoslikda yuz bergan yangiliklar asosida 
ilg„or pedagogik tajribalar umumlashtirilgan”
6
. Olim nazarda tutgan 
“ilg„or pedagogik tajriba” V.V.Golubkov, M.A.Ribnikova, 
N.I.Kudryashov, Ya.A.Rodkovich kabi rus metodist olimlarining 
asarlarining asarlarida bayon qilingan edi. S.Dolimov bu asarlarni 
har tomonlama tanqidiy o„rgandi, muhim hisoblaganlarini o„zbek 
tiliga tarjima qilib, o„zbek adabiyotini o„qitish amaliyotiga 
qo„llashga harakat qildi. O„sha dolg„ali davrda dasrliklar, uslubiy 
qo„llanmalar yaratish anchayin jasoratni ham talab qilar edi. Ustoz 
bilan bir suhbatda “Men yozgan darsliklarimdan, usulbiy 
qo„llanmalarimdan aslo ko„nglim to„lmagan. Darhaqiqat, darsliklar, 
“O„zbek adabiyoti” deb nomlansa-da, tanlangan mavzularning 50-
60 foizini rus, qardosh, chet el adabiyoti tashkil etar edi. O„zbek 
adabiyoti zabardast vakillari nomlarining qoralanishi, ular qatag„on-
qirg„in qurbonlariga aylanishi sababli, darsliklarni to„ldirish uchun 
shunday yo„l tutilgan edi. Sharqona o„qitish usullari xususida esa 
gap ham bo„lishi mumkin emas edi”, – degan edilar. 
Haqiqatdan ham, bugun dasturga kiritilgan shoir yoki 
yozuvchini ertasiga xalq dushmani sifatida chiqarib tashlash 
qanchalik og„ir ekanini his qilish qiyin emas. Axir, olim ularni 
tanigan, suhbatida bo„lgan (Abdulla Qodiriy, Cho„lpon, Usmon 
Nosir, Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy va boshqalar 
nazarjda tutilmoqda – muallif.), iste‟dodlarini tan olgan va darslik-
qo„llanmalarga kiritishga harakat qilgan. Ammo Subutoy 
Dolimovning muhim xizmatlaridan biri shundaki, u nihoyatda 
mohirlik bilan eng muhim uslubiy tavsiyani, ya‟ni asarlarni mustaqil 
o„qishni keng targ„ib qiladi. Bundan maqsad o„quvchilar bilan 
6
А.Зуннунов. Ўзбек адабиѐти методикаси тарихидан очерклар. – Т.: Ўқитувчи, 1973, 113-бет. 


27 
ijodiy suhbatni amalga oshirish orqali ayrim adabiyotning va 
adabiyot nazariyasining taqiqlangan jihatlarini yetkazishga harakat 
qiladi. Bu yo„l bilan olim, bir tomondan, o„quvchilarda mustaqil 
fikrlash qobiliyatini o„stirish maqsadini ko„zlasa, ikkinchi 
tomondan, o„quv dasturiga kirita olmagan uslubiy takliflarini asarlar 
qatidan qidirishga, ularning ma‟naviyatini yuksaltirishga intilgan. 
Shuning barobarida o„quvchilarni kitobxon sifatida tayyorlash 
maqsadi ham ko„zlangan. Ustozning o„sha davr sharoitidan kelib 
chiqib, qo„llagan yo„llaridan biri shu edi. Olim rahbarligida birinchi 
bor oliy o„quv yurtlari uchun yaratilgan “Adabiyot o„qitish 
metodikasi” darsligi (1967), qator metodik qo„llanmalar va maktab 
darsliklari rus metodist-olimlarining tajribalari asosida yaratildi va 
o„zbek 
adabiyotini 
o„qitish 
metodikasiga 
moslashtirilib 
o„quvchilarga taqdim etildi. 
Bevosita adabiyot o„qitish usullari tarixiga bag„ishlangan 
professor Asqar Zunnunovning “O„zbek abadiyoti metodikasi 
tarixidan ocherklar” (1973) o„quv qo„llanmasida shunday satrlarga 
duch kelamiz: “Turkiston maktab va madrasalarida, - deb yozadi 
olim, - ijtimoiy muhit va jamiyat hayotini, kishilarning o„zaro 
munosabatini, xususiyatini o„rganish o„quvchilar uchun zararli 
mashg„ulot sifatida ta‟limdan chiqarib tashlanadi... Turkistonning 
eski maktab va madrasalarida quruq dogmatik, ta‟lim hukmronlik 
qildi. Ta‟limdagi bu dogmatizm bolalarning savodsiz bo„lib 
qolishiga sabab bo„ldi”
7

Bu fikrlar XX asr boshlarida hukm sura boshlagan rasmiy 
ijtimoiy-siyosiy qarashlarning ta‟lim tizimiga ta‟siri ostida 
aytilgandir. Ammo olim madrasalar ta‟lim tizimini yaxshi 
bilganligini bir o„rinda quyidagicha ifodalaydi: “...O„tmishdagi 
maktab va madrasalarda adabiyot o„qitish, adabiy asarni o„qish va 
tahlil qilish usullarini o„rganish alohida tadqiqot ishlarini olib 
7
А.Зуннунов. Ўзбек адабиѐти методикаси тарихидан очерклар. – Т.: Ўқитувчи, 1973, 4-бет. 


28 
borishni talab etadi”, - deydi
8
. Ko„rinadiki, olim bu mavzuning 
“alohida tadqiqot ishi”ni olib borishga loyiq ekanligini alohida 
e‟tirof etsa-da, ammo bu tadqiqotni olib borishning imkoni yo„q edi. 
Shuning uchun olim o„z tadqiqotida 1917-yildan keyingi davr 
adabiyot o„qitish metodlari tarixini yoritish bilan chegaralangan. 
Adabiyotshunos metodist olimlardan Natan Mallaev, Vohid 
Abdullaev, G„ulom Karimovlar tomonidan oliy o„quv yurtlarining 
filologiya fakultetlari uchun turli yillarda yozgan “O„zbek adabiyoti 
tarixi” darsliklarida ham mualliflar ta‟lim tarixi xususida ham qisqa 
ma‟lumot berib o„tadilar. Atroflicha ma‟lumot berishning imkoni 
hamon yo„q edi. 
Yuqorida tilga olingan darslik, uslubiy qo„llanmalarda aytilgan 
fikrlardan o„sha davr hukmron mafkurasining barcha sohalar 
singari, ilm-ma‟rifatni ham bir qolipga solib qo„yganligining guvohi 
bo„lmaiz. Shu sababli olimlarning zamona zayli bilan murosasozlik 
qilishga, g„ayri ilmiy xulosalar chiqarishga majbur bo„lgani ham 
ko„zga yaqqol tashlanadi. 
Ammo, imkon qadar adabiyot o„qitish metodikasi fanining 
rivoji uchun xizmat qilgan bir guruh metodist olimlardan 
H.Ubaydullaev, Q.Axmedov, S.Ismatov, R.Usmonovlar o„zlarining 
qator uslubiy qo„llanmalari maqolalari bilan hissa qo„shdilar. Bu 
sohadagi eng yirik tadqiqot, shubhasiz, “Adabiyot o„qitish 
metodikasi”dir. 
Bu darslik oldingi yaratilgan metodik tadqiqotlardan bir oz farq 
qilgan holda, adabiyot o„qitish metodikasi fanining o„qitilishi bilan 
bog„liq muammolariga oydinlik kiritilganligi muhim ahamiyatga 
egadir.
Respublikamiz mustaqillikka erishganiga o„ttiz yil to„ldi. Bu 
tarix qarshisida nihoyatda qisqa muddat bo„lib ko„rinsa-da, ammo 
mohiyat jihatidan asrlarga teng mazmunga ega ulug„ tarixiy 
hodisadir. Mustaqillik Vatan tarixini manbalar asosida chuqur 
8
Ўша асар, 10-бет. 


29 
o„rganish imkonini berdi. Yurtimiz tarixining chuqur ildizini tashkil 
etgan ta‟lim tizimi tarixini o„rganish ham dolzarb masalalar 
qatoridan o„rin oldi. 
Mustaqillik yillarida adabiyot o„qitish metodikasi bo„yicha bir 
qator jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Shuningdek, o„z davrida 
yetarli darajada ilmiy-uslubiy tadqiq etilmagan, milliy qadriyatimiz 
hisoblangan sharqona o„qitish metodikasi masalalarini tiklash 
imkoniyatlari yaratildi. Xususan, bu borada olimlardan akademik B. 
Valixo„jaev
9
, U. Dolimov
10
, M. Tursunovalar
11
tomonidan ilmiy 
tadqiqotlar olib borildi. Ta‟lim tariximizda chuqur o„rganilgan 
adabiyot nazariyasiga oid badiiy san‟atlar, ilmi aruzga oid 
tadqiqotlar, bugungi kun o„quvchilariga mos tarzda uslubiy 
qo„llanmalar (A.Hojiahmedov)
12
yaratildi.
Shuningdek, o„zbek adabiyoti tarixi namunalarining nasriy 
bayoni va sharhlari borasida adabiyotshunos olimlardan N. 
Komilov
13
, E.Ochilov
14
, I, Haqqul
15
, N. Jumaxo„jalar
16
tomonidan 
tadqiqotlar yaratildi. Ayniqsa, keyingi yillarda adabiyot tarixi 
namunalarini o„qitish borasida metodist olimlardan Q.Yo„ldoshev
17

B.To„xliev
18
, S.Matchonov
19
, M.Mirqosimova
20
, Q.Husanboeva, 
R.Niyozmetova
21
, V.Qodirov
22
va boshqalarning ilmiy tadqiqot 
ishlari diqqatga sazovordir. 
9
Валихўжаев Б. Самарқандда олий таълим – мадрасаи олия – университет тарихидан лавҳалар. –С.: Абдулла 
Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти, 2001. -120 б. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиѐтшунослиги тарихи. – 
Т.: Ўзбекистон, 1983. 90 б. 
10
Долимов У.Туркистонда жадид мактаблари. –Т.: Университет, 2006.-120 б.
11
Турсунова М. Мадрасалар таълимида адабиѐт ўқитиш усуллари.– Т.: “Мумтоз сўз” 2017.100 б. 
12
Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. – Т.: Ўқитувчи, 2002. – 120 б. 
13
Комилов. Н. Маънолар оламига сафар. – Т.: Тафаккур, 2012.- 210 б.
14
Очилов.Э Бир ҳовуч дур. – Т.: Мумтоз сўз, 2010.-160 б. 
15
Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Ўқитувчи, 2008. – 120 б. 
16
Жумахўжа Н. Сатрлар силсиласидаги сеҳр. – Т.: Мумтоз сўз, 2010.-120 б.
17
Йўлдошев Қ. Адабиѐт ўқитишнинг илмий-назарий асослари. – Т.: “Ўқитувчи”, 1996. – 192 б.
18
Тўхлиев Б., Абдураҳмонова Б. “Қутадғу билиг”ни ўрганамиз. – Т.: Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий 
кутубхонаси нашриѐти, 2005. – 82 б. 
19
Матчон Сафо. Мактабда адабиѐтдан мустақил ишлар. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – 138 б. 
20
Мирқосимова М. Ҳозирги ўзбек адабиѐти намуналарини шарҳлаб ўрганиш. – Т.:ТДПУ, 2015. – 184 б 
21
Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o„qitish metodikasi. O„quv qo„llanma. – Т.: “Файз-медиа”, 2018 – 
352.
22
Қодиров В. Мумтоз адабиѐт: ўқитиш муаммолари ва ечимлар. Монография. Т.: Алишер Навоий номидаги 
Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриѐти, 2009. – 244 б


30 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling