O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1,64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining metodologik asoslari haqida ma’lumot bering.
- 3. O‘zbek mumtoz adabiyotining o‘ziga xos uslubini yoritishda amaliy va nazariy ilmlarning tutgan o‘rni.
Savol va topshiriqlar:
1. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani oldiga qo‘yilgan talablar va amaliyotda foydalanadigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar xususida ma’lumot bering. 2. O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish borasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar nimalardan iborat? 3. O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishda ma’naviy tafakkurni rivojlantirishning samaradroligini oshirish tamoyillari qaysilardan iborat? 4. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining metodologik asoslari haqida ma’lumot bering. 2.1-mavzu: O„zbek adabiyotini fan sifatida o„qitish tarixi haqida 1. Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganishning tarixiy usullari haqida ma’lumot. 2. Tasavvufiy ma’nolar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganishning ahamiyati. 10 3. O‘zbek mumtoz adabiyotining o‘ziga xos uslubini yoritishda amaliy va nazariy ilmlarning tutgan o‘rni. 4. Manbalar asosida shakllantirilgan sharqona o‘qitish usullari va ularning bugungi kun ta’lim tizimimizda qo‘llash, amaliyotda sinab ko‘rishning samaradorlik darajasi. Ma‟rifatparvar Abdurauf Fitrat ta‟biri bilan aytganda “ma‟rifat dunyosining manbai sifatida tanilgan” yurtimiz o„z ta‟lim tizimiga, ularda amal qilingan sharqona o„qitish usullariga ega ekanligini manbalar tasdiqlab turibdi. Mumtoz adabiyot namunalari asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan mehr-muhabbat bilan o„rganib kelingan va ma‟lum maskanlarning o„quv dasturlariga kiritilgan. Adabiyotimiz qanchalik ko„hna tarixga ega bo„lsa, ularni o„rganishning usullari ham shunchalik qadimiydir. Xo„sh, ajdodlarimiz tomonidan kashf qilingan usullar qanday nomlangan? Har bir davrning uslubshunoslari asrlar davomida yaratilgan o„qitishning sharqona usullari matndagi murakkabliklarni ochib berishga xizmat qilganmi? Shu masalani o„rganish asnosida manbalarga murojaat qilar ekanmiz, turli-tuman o„qitish usullari mavjudligiga guvoh bo„lamiz. Ma‟lumki, qadim zamonlardan buyon, ilm-fanni o„rganishning ma‟lum usullari kashf qilingan va amalda qo„llanilgan. Bu usullar asosan murakkab matndagi asarlarni o„rganishga moslashtirilgan bo„lib, ularning soni taxminan yigirmadan ortiqdir. Barcha o„qitish usullari qatorida sharhlash usuli ham ko„p yillik amaliy tajribalar asosida maydonga kelganligining guvohi bo„lamiz. O„zbek adabiyoti tarixi namunalari qadimgi arab, turk va fors-tojik she‟riyatida erishilgan yutuqlar zaminida rivojlangan. Ular tomonidan yaratilgan har bir bayt ma‟lum bir maqsadni yoritib berishni nazarda tutgan. Bu o„rinda, har bir so„zni o„z o„rnida qo„llash, badiiy san‟at namunalari orqali sayqal berish, ibora-yu ishoralar bilan bezash orqali shoir o„z tuyg„ularini bayon qiladi. 11 Shunday ekan, mumtoz adabiyot namunalarida uchraydigan tushunilmagan so„zlarni sharhlash urg„uli so„z, gap, ibora, ishora, tarixiy ma‟lumotlarni manbalar asosida izohlash lozim bo„ladi. Biz asosan murakkab matnni o„rganishda keng qo„llanilgan sharhlab o„qish usuli haqida ma‟lumot berishni maqsad qildik. Sharq adabiyoti namunalarining har satrida chuqur falsafiy, irfoniy, tarixiy, mantiqiy tushunchalar o„rin olgan. Asarlardagi bu ilmiy tushunchalarning mazmunini sharh va izohsiz anglab olishning iloji bo„lmagan. Shu bois murakkab matnlarning ehtiyojidan kelib chiqib sharhlab o„qish usuli kashf etilgan. “Sharh”- asli arabcha so„z bo„lib, ochish, bayon qilish, oshkor qilish, cheksiz kabi ma‟nolarni bildiradi. Sharhlab o„qish usuli tarixiy an‟anaga ega bo„lib, uning ilk namunalari Qur‟oni Karim nozil qilingandan so„ng, oyat va suralarni o„rganishda qo„llanilgan. Keyinchalik esa, tasavvufiy ma‟nolar bilan boyitilgan badiiy adabiyot, xususan, she‟riyat yaratila boshlangan. Ulardagi diniy va dunyoviy qarashlarning o„zaro bir-biri bilan uzviy bog„liqligini an‟anaviy sharhlash usuli orqali o„z o„quvchilariga yetkazib berilgan. Alsher Navoiy asarlariga oid lug„atlarda “sharh” so„zining ma‟nosi “kengroq tushuntirish”, “sharh aylamak”, “sharh etmak” tarzida bayon etilgan. Ba‟zi manbalarda sharh usuli “tadris” shaklida qo„llanilgan. Sharh haqida so„z borar ekan, beixtiyor Alisher Navoiyning bolalikda sevib o„qigan, uni hayratga solgan, Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asari haqidagi quyidagi satrlari yodga tushadi: Zavqi ko„p hushhol etar erdi meni. Sharhi oning lol etar erdi meni. Ma‟lumki, “Mantiqut-tayr” o„rta asr falsafasining tasavvufga oid yo„nalishini, ta‟limotini yoritib bergan noyob asarlardan biridir. Muallif asardagi qushlar sarguzashti keltirilgan hikoyatlarning rang- barangligi, go„zal til bilan ifodalanishi Alisher Navoiyni “zavqi ko„p hushhol” etgani va “sharhi lol” qoldirgani bejiz emas. Eng muhimi, bu asarga bo„lgan oshuftalik shoirni bir umr tark etmaydi. Natijada, 12 “tarjuma rasmi bilan”, boshqa joyda “sharh etgali”, “Mantiqut-tayr” yo„lida o„z “Lisonut-tayr” dostonini qog„ozga tushiradi. Yuqorida shoir asardan foydalanganligi uchun o„z asarini uning tarjimasi deb ataydi. Tarjima qilibgina qolmay balki uni sharhlaydi, ya‟ni muallifning mahoratini, unda yashiringan botiniy va zohiriy ma‟nolarni o„quvchilarga yetkazishni maqsad qiladi. Chunki, sharq adabiyotining o„ziga xos uslubi murakkab bo„lib, ularni tushunish, asar qatidagi tamsilu tashbehlarga o„ralgan fikrlarning mag„zini chaqish uchun alohida nazariy bilim, tajriba talab qilinadi. Farididdin Attorning asaridagi teran falsafiy va tasavvufiy fikrlarni yuksak badiiy usulda talqin etish ehtiyoji natijasida, ijodkor uslubi tilining murakkabligiga olib kelgan. Boshqacha qilib aytganda, asardagi badiiy, falsafiy mushohadalar sirli olam qobig„ida bo„lib, bu ajoyibotlarni ochib berish uchun Alisher Navoiy darajasidagi sharhlovchi bo„lishi lozim edi. Shu bois, o„zining “Lisonut-tayr” asarida, Farididdin Attor asaridagi yetti vodiy ta‟rifini quyidagicha izohlaydi: Kim necha vodiyu manzildur bu yo„l. Emdi men sharh aylayu sen voqif o„l. Gap “Lisonut-tayr” asarining tili, tasavvufiy diniy asarlar tili haqida borar ekan, H.Karomatovning quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir. “…diniy matn va jumladan, Qur‟on birinchi o„qishdayoq o„z sir-asrorlarini ochmaydi. Faqat qayta-qayta o„qish va har bir iboraning ma‟nosini chuqur o„rganish asosida diniy- falsafiy haqiqatlar jilolanishi muqarrar. Bu borada tafsirning ahamiyati katta bo„lib, uning o„zi ham islom adabiyotining yorqin sahifalaridan hisoblanadi” 4 . Chindan ham Farididdin Attorning asari tasavvufiy ma‟noga yo„g„rilgan nodir asar sifatida mashhur bo„lib, diniy va dunyoviy qarashlarning bir-biri bilan bog„liqligi Qur‟on oyatlari yordamida ifodalangan. Matnga sharh yozish namunalari qo„lyozma 4 Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиѐти. – Т.: Фан, 1990, 65-бет. 13 manbalarda, ayniqsa, ko„proq uchraydi. Shu o„rinda xorazmlik hattot, tarjimon Muhammad Yoqub Harrot tomonidan amalga oshirilgan “Tarjimon sharhi rumi devoni Hoja Hofiz” asariga yozgan sharhini misol qilib olishimiz mumkin. Sharhlovchi an‟anaviy uslubga amal qilgan holda Hofiz Sheroziyning g„azallaridan olingan namunalarning matla‟sidan boshlab, g„azalning oxirgi baytiga qadar har baytni sharhini berar ekan, har bir so„z, ibora, tushunilmaydigan so„zlarga alohida e‟tibor qaratadi. Matndagi har bir satr muallifga tegishli ekanligini izohlash uchun alohida qizil rang bilan ajratib ko„rsatadi. Shundan so„ng, nasr bilan har bir baytga o„zbek tilida sharh berib, alohida murakkab so„zlarga o„quvchining e‟tiborini tortish uchun turli ranglar bilan chegaralaydi. Eng ko„p berilgan izohlar har baytga o„ttiz qatordan oshib ketishi mumkin. Bu darajada keng tarzda sharh berishda, tarjimon sharhlovchidan keng bilim, katta mahorat va iste‟dod talab qilinadi. Ba‟zi bir o„rinlarda muallif baytlaridagi mashhur va ma‟lum falsafiy, mantiqiy mohiyatga ega bo„lgan so„zlarga mukammal sharh berishiga to„g„ri kelgan. Eng kam berilgan sharh to„rt-besh qatordan iborat bo„lishi mumkin. Alohida rang bilan ajratilgan izoh “hosili bayt” deb belgilangan jumlalardir. Eng e‟tiborli tomoni shundaki, baytda keltirilgan noma‟lum so„zlarning o„zbek tilidagi tarjimasi so„ngra ularning tahlillari va nihoyat “hosili bayt budurkim” qismida baytning yoki g„azalning to„la nasriy ma‟no bayoni keltiriladi. Bunday mas‟uliyatli vazifani bajarishga har qanday sharhlovchi ham jur‟at etmagan. Asar matnini mahorat bilan sharhlash adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov ta‟biri bilan aytganda “Har qanday sharhda tarjima va har qanday tarjimada sharh xususiyati bor”ligi, o„zga tilga o„girilgan har qanday asar o„ziga xos yana bir ijod namunasiga aylanishini inobatga olinsa, 14 mahorat bilan o„girilgan ayrim asarlar o„ziga xos ijod mahsuli sifatida xalq orasida keng tarqalgan. Ammo, murakkab matndagi asarlarni sharhlashning o„z talablari bor. Sharh esa, asarni anglash uchun yordamchi vosita hisoblanadi. U hech qachon asl matndagi asarning o„rnini bosa olmaydi. Balki, ma‟lum bir asar yoki matnning kelib chiqish tarixi, muayyan bir sohaga mansubligi, o„rni, matnda tilga olingan turli voqealar, hikoyatlar, rivoyatlar, shaxslar haqidagi ma‟lumotlarni sharhlab, izohlab beradi. Shuningdek, muallif ishora qilgan ba‟zi voqea va hodisalar tafsiloti to„liq yoritilmagan o„rinlarni, asar mazmunidan kelib chiqib talqin qiladi. Barcha o„qitish usullari qatorida sharhlash usuli ham ko„p yillik amaliy tajribalar asosida maydonga kelganligining guvohi bo„lamiz. O„zbek adabiyoti tarixi namunalari qadimgi arab, turk va fors-tojik she‟riyatida erishilgan yutuqlar zaminida rivojlangan. Ular tomonidan yaratilgan har bir bayt ma‟lum bir maqsadni yoritib berishni nazarda tutgan. Bu o„rinda, har bir so„zni o„z o„rnida qo„llash, badiiy san‟at namunalari orqali sayqal berish, ibora-yu ishoralar bilan bezash orqali tuyg„ularni bayon qiladi. Gap sharhlash usuli haqida borar ekan, unda faqat so„z, ibora bilan bog„liq so„zlardan tashqari hisob, sana bilan bog„liqma‟lumotlarni ham sharhlash muhim ahamiyatga egadir. Ma‟lumki, maktab darsliklarida mumtoz adabiyot namunalarining yaratilish davriga oid, ijodkorning tarjimai holiga oid sanalar mavjud. Ular abjad va milodiy sanalar bilan bog„liq bo„lib, har ikkala sanalar haqida o„quvchilarga ma‟lumot berish yoki sharh berish muhim ta‟limiy ahamiyatga ega. Ma‟lumki, abjad tarixiy sanalarni ifodalashning Sharq xalqlari orasidagi o„ziga xos usuldir. Unda sanalar raqamlar bilan emas, balki harflar ishtirokida hosil bo„luvchi so„z va jumlalar vositasida ifodalanadi. Abjad hisobida harflarning maxsus tartibi mavjud. Bular: abjad, havvaz, huttiy, kalaman, sa‟faz, qarashat, saxxaz, 15 zazag„. Raqamlar 1dan 9 gacha, 10 dan 90 gacha, 100 dan 1000 gacha, har bitta harfga biriktiriladi. Abjad hisobida harflar tartibidagi dastlabki to„rtta harfni (alif (a), be (be), jim(j), va dol (dol)) ifodalovchi so„z hisoblanadi. “Agar bu davrdagi madrasalarda ta‟lim olgan samarqandlik Nizomiy Aruziyning adabiy-ilmiy faoliyati mahsuli bo„lgan «Nodir hikoyalar» yoki «Chahor maqola», buxorolik Muhammad Avfiyning Samarqandda yashab, bu yerdagi olimu mudarrislar, shoiru adiblar bilan suhbatda bo„lib, so„ngra Hindistonga safar qilib, Dehlida «Lubob ul-albob» nomli tazkirasini yozganini e‟tiborga olsak, unda mazkur davrdagi madrasalar, mudarrislar va ulamolar muhitida she‟ru shoirlik, adabiyotshunoslik masalalariga ham katta e‟tibor berilganligidan xabardor bo„lamiz» 1 , – deb yozadi adabiyotshunos olim B.Valixo„jaev. Demak, madrasalar she‟riyat va adabiyotshunoslik sohalarining rivojlanishiga hissa qo„shgan, o„qitishning turli usullarini kashf etib, alloma, shoir va olimlarning voyaga yetishiga katta xizmat qilgan. O„qitish usullariga oid ayrim ma‟lumotlar, uslubiy ko„rsatmalarni beruvchi yozma manbalarga murojaat qilsak, ularning ko„p yillik tajribalarga asoslanib maydonga kelganligiga guvoh bo„lamiz. Bu o„rinda aniq va gumanitar fanlarni o„rganishda muhim darslik vazifasini bajaruvchi ilmiy risolalar, o„qitish usullariga doir qo„llanmalar, ularning tuzilishi, mazmun-mohiyati xususida qisqacha to„xtalib o„tish joizdir. Bu manbalar o„z davri ilmlari yig„indisi bo„lishi barobarida, uslubiy ahamiyatga molik mulohazalar beruvchi dasturlar ham hisoblanadi. Madrasalarning o„quv dasturlaridan o„rin olgan badiiy manbalarning asosiysini Rasulilloh Muhammad Sallallohu Alayhi Vassalamning muborak hadislari tashkil etgan. Ularda ahli islom hayotining barcha qirralari qamrab olingan bo„lib, ular komil 1 Б.Валихўжаев. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 1983, 21-22, 55-60- бетлар. 16 insonni shakllantirish, olijanob fazilat sohibiga xos xislatlarni tarbiyalashda muhim manba hisoblanadi. Zero har bir hadisda ifodalangan fikr quruq nasihatdan iborat bo„lmay, balki musulmonlar hayotini belgilaydigan shariat ahkomlaridan biridir. Hadis, islom dini ta‟limoti bo„yicha, Qur‟ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo„lib, Muhammad payg„ambarning hayoti va faoliyati, shuningdek, uning diniy va axloqiy ko„rsatmalarini o„z ichiga oladi. Muhammad payg„ambar biror gapni aytgan yoki biror ishni qilib ko„rsatgan bo„lsa, yoki boshqalarning o„zlariga qilayotgan biror ishini ko„rib, uni man etmagan bo„lsa, shu uch holatning har biri sunnat hisoblangan. Ana shunday xatti-harakatlar yoki ko„rsatmalar haqidagi rivoyat hadis deb yuritilgan. Madrasa talabalarining islom dini ahkomlari bo„lmish farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabi inson uchun vojib bo„lgan jihatlarini tanishtirishda hadislar asosiy qo„llanma vazifasini o„tagan. Bundan tashqari, axloq-odobga doir ko„rsatmalar, insoniy fazilatlarga doir masalalar ham talqin etilgan. Madrasalar ta‟limida bu sohani o„rganishga doir qo„llanmalar yaratilgan. Muhiddin Abu Zakariyaning «Sharhi arba‟in» (to„la nomi «Kitob al-arba‟in hadiso») asari shular jumlasidandir. Tabiiyki, hadislarda keltirilgan rivoyatlar har bir talabani ma‟naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda o„z hissasini qo„shgan. Shu bois madrasa tahsilini olgan deyarli barcha shoirlar hadislardan ilhomlanganlar va ijodlarining asosi hisoblaganlar. Hadislarga she‟riy iqtibos bitish adabiyotimizning eng yaxshi an‟analaridan biri bo„lib kelgan. Avvaliga arab, fors-tojik tillarida «Arbain», «Chil hadis» deb atalmish iqtiboslar majmuasi yaratilgan bo„lsa, keyinchalik turkiy tillarda ham ana shunday asarlar maydonga kela boshladi. Turkiy xalqlar adabiyotida bu qutlug„ an‟anani ilk bor Alisher Navoiy hazratlari boshlab berdilar. Keyingi davrlarda ham shunday majmualar yaratildi. Hatto XX asr oxirlarida ham o„zbek 17 adabiyotida bu an‟ana adabiyotshunos A.Hojiahmedov tomonidan davom ettirildi 1 . Diniy ilmlarga bo„lgan e‟tibor faqat hadislardan iborat bo„lmay, balki tariqat pirlarining maqomatlari ham madrasalar o„quv dasturiga qisman kiritilganligi haqidagi ma‟lumotlarga duch kelamiz. Maqomat aslida, arabcha so„z bo„lib, daraja, joy ma‟nosini bildirsa, asosiy ma‟nosi ko„pchilik oldida aytiladigan naqlu rivoyat, hikoyat ma‟nolarini anglatadi. Sharqda keng tarqalgan maqomatlar muhim ta‟limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga ega asarlar bo„lib, necha asrlardan buyon yoshlarni tarbiyalashda muhim darslik vazifasini bajargan. Maqomatlardagi ibratbaxsh rivoyatlar, ta‟sirli baytlar, tariqat pirlarining ibratli so„zlari-bebaho badiiy xazina hisoblangan. Shu bois, har bir davr ijodkorlari ulardan ilhomlanganlar va asosiy manba sifatida foydalanganlar. Masalan, Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns», Alisher Navoiyning «Nasoim ul-muhabbat» asarlaridagi ko„p dalillar aynan shu maqomatlardan olingan. Maqomatshunoslik Sharqda qadimdan mavjud bo„lib kelgan. Uning ilk namunasi Abul-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga mansub bo„lgan «Atvoq az-zahab» («Oltin shabadalar») deb nomlangan asardir. Olim asarini Makkadalik paytida yozgan bo„lib, u yuz maqoladan iborat. Unda asosan foydali nasihatlar, ibratomuz hikmatlar, go„zal axloqiy o„gitlar jamlangan. Keyinchalik «Maqomati hoja Qa‟bul Akbar», «Maqomati Shayx Abdul Qodir Giloniy», «Maqomati Shayx Yusuf Hamadoniy», «Maqomati Mir Kulol», «Maqomati Shohi Naqshbandiya» kabi maqomatlar yaratilgan. 1 Mazkur manbalarning Sharqda keng tarqalgani shuni ko„rsatadiki, madrasada o„qitilgan diniy, huquqiy, adabiy-nazariy bilimlar buyuk qomusiy olimlarning, jahonga mashhur allomalarning hikoyatlari, hikmatlari va tamsillaridan namunalar 1 Анвар Ҳожиаҳмедов. Жаннат калити. – Т.: Чўлпон, 1994. 1 Қаранг. Дурдона. Мир Кулол ва Шоҳи Нақшбанд мақоматлари. – Т.: Шарқ, 1993. 18 keltirish vositasida sharhlangan va mustahkamlangan. Chunki axloqiy-didaktik va ma‟naviy ruhdagi bunday hikoyatlar hajman kichik bo„lsa-da, mazmunan rang-barang, turli davrlar sinovidan o„tgan ibratli xazinadir. Masalan, «Kalila va Dimna», «Hotamnoma», Kaykovusning «Qobusnoma», «Nasihatnoma», «Ming bir kecha» kabi asarlar shular jumlasidandir. Yirik epik asarlar mazmunini yanada boyitish, ularning kompozitsiyasi va syujetini qiziqarli qilish maqsadida kichik-kichik hikoyalarni ularning tarkibiga kiritish sharq adabiyotida keng uchraydigan badiiy usullardandir. Madrasalar ta‟limida adabiyot nazariyasini o„rgatishda o„zlari ham badiiy ijod bilan shug„ullangan adabiyotshunos, shoirtabiat olimlarning madrasa mudarrislari sifatida faoliyat ko„rsatishi katta ahamiyatga ega bo„lgan. Ular mudarris sifatida madrasalarning o„quv dasturini tuzishda, darsliklar yozishda faol ishtirok etganlar. Darsliklarga qo„shimcha tarzda tazkiralar tuzganlar. Masalan, XVII asrda madrasai Shayboniyxonda faoliyat olib borgan mudarris Muhammad Bade‟ Maleho Samarqandiy adabiyotshunos sifatida «Muzakkir ul-ashob» («Suhbatdoshlar zikri») nomli tazkirasini yaratgan. Bu tazkira talabalarga shoirlar va ularning yaratgan asarlari bilan tanishish imkonini bergan, keyinchalik shunga o„xshash tazkiralar ko„plab yaratilib, madrasalarda adabiyot darslarining samaradorligini oshirish uchun xizmat qilgan. Tazkiralarda tilga olingan taniqli shoirlardan Sa‟diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, So„fi Olloyor, Abdulqodir Bedil, Boborahim Mashrab kabilarning adabiy merosi bilan tanishib borganlar. Ammo tazkiralarda shoirlar soni ko„pchilikni tashkil etsa-da, ular orasidan kishilik tarixida nomlari, asarlari, iqtidori beqiyos shoirlargina tanlab olinib madrasalar dasturiga kiritilgan. Bu shoirlar o„z o„quvchisining qalbidan joy ola bilgan. Ular yaratgan beqiyos she‟riyat, nodir asarlar bilim darajasi sayoz bo„lgan kitobxonga 19 emas, balki fikri teran, tasavvuri keng o„quvchiga mo„ljallangan. Ularning asarlarini jo„n, oddiy xulosalar bilan umumlashtirib bo„lmaydi. Chunki, ularning zamirida sharqona ibrat namunasi mavjuddir. «Shoir she‟rida tasvirlangan g„oya, tuyg„u, obraz, ruhiy manzaralarni o„z nomi bilan aytishga erishish, – deb yozadi adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul, – ular bag„ridagi yashirin ma‟no va badiiy sirlarni tahlil tilida ifodalash – haqiqatning bosh mezoni mana shudir» 1 . Darhaqiqat, manbalar asosida aniqlangan sharqona o„qitish usullarini quyida keltirilgan jadvalda izohlashga harakat qildik. Mazkur usullar hozirda amalda bo„lgan darslik, uslubiy qo„llanmalarga kiritilgan o„zbek adabiyoti tarixi namunalarini muqobil shakllarini tanlab olib amalda tajribada sinab ko„rilsa, ijobiy natijalar beradi deb o„ylaymiz. Download 1,64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling