O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1,64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
Besha ichra devlar maqtumi o„lsun, ey pari,
Gar Navoiy yona azmi Astrobod aylagay. Yoki Ko„ngil mulkin istar obod, lek buzar xayli firoq, To Navoiy azmi mulki Astrobod ayladi. Bu baytlardagi mulohazalar shoir tarjimai holiga oid ma‟lumotlarni to„ldiruvchi, quvvatlovchi muhim dalildir. Aslida ham Navoiyning Astroboddagi hayoti Hirot sog„inchi bilan to„la iztirobdan iborat bo„lgan. U Astrobodda o„zini quvg„inda his qiladi, har bir kuni bir yildek o„tayotgandek his qiladi. 37 Ma‟lumki, Sharq she‟riyatida kichik she‟riy janrda katta hikoyat mazmunini joylashtira oladigan yakpora g„azallar ham uchraydi. Yoki o„sha g„azalda keltirilgan bayt mazmunidan bir hikoyatga tatirlik mazmunni olish mumkin. Masalan, Alisher Navoiyning «O„lturur mahramni sulton…» nomli g„azalida shohbayt vazifasini o„tagan o„rni bor. Shu bois, bu bayt g„azal sarlavhasi vazifasini ham bajaradi va o„zining g„oyaviy-badiiy yetukligi, falsafiy teranligi bilan alohida ajralib turadi. Jong„a qo„yg„och naqdi ishqing, qildi ko„nglimni halok, O„lturur mahramni sulton ganji pinxon aylagach. Bu baytning birinchi misrasida ma‟shuqa ishq naqdini jon bag„riga yashirgach, oshiq ko„ngli halok bo„ladi. Chunki, bu ko„ngil sirli hodisaga guvoh, agar tirik bo„lsa, sirli hodisani fosh qilib qo„yishi mumkin. Shuning uchun ham halokatga mahkum etilgan. Alisher Navoiy tajnis san‟ati vositasida birinchi misraga mos dalilli juftlikni yaratadiki, keyingi misra o„zining hayotiyligi, ibratliligi bilan birinchi misrani to„ldiradi. Ya‟ni, sulton o„z xazinasini yashirgach, xazina yashirilgan joydan voqif bo„lgan yagona guvoh mahramni o„limga mahkum etadi. Bunda xazina – ishq naqti bo„lsa, mahram – o„ldirilgan ko„ngildir. «Mahramning qatliga bois shuki, u ham ko„ngil singari bir kunmas, bir kun xazina yashirilgan joyni oshkor qilib qo„yishi, natijada xazina va uning sohibi besaranjom bo„lishi xavfi bor» 1 , -deya tahlil etadi Nusratullo Jumaxo„ja. Bunday chuqur ijtimoiy ma‟nolarni qamrab olgan g„azallarni Sharq adabiyoti namoyandalari ijodida ko„plab uchratish mumkin. Eng muhimi, bu g„azallarni ilmi tahlil yo„li bilan qanchalik chuqur tahlil qilinsa, shoir mahoratining ildizlari shunchalik keng ochiladi. Sharq adabiyotida, xususan, nasrda inson qiyofasining tashqi jihatlarini ta‟riflash odatiy xol bo„lgan. Ammo, she‟riyatda siymo yaratish uchun shoirdan juda katta mahorat talab qilinadi. Bunday g„azallar sirtdan qaraganda oddiy ko„rinishda bo„lsa-da, tahlil 1 Жумахўжа Н. Сатрлар силсиласидаги сеҳр. – Т.:Ўқитувчи, 1996, 202-бет. 38 jarayonida so„zlar, tasvirlar qatidan inson qiyofasi paydo bo„la boshlaydi. Aslida, qiyofa, siymo yaratish mo„yqalam sohiblarining ishi bo„lsa-da, ba‟zan shoirlarning so„z vositasida yaratgan siymolari mo„yqalam sohiblarinikidan kam emasligiga iqror bo„lasiz. Ana shunday g„azallar sirasiga kiradigan Alisher Navoiyning «Qoshi yosinmu deyin, ko„zi qarosinmu deyin» misrasi bilan boshlanadigan g„azalini olishimiz mumkin. Bu g„azalning tahlilini Boturxon Valixo„jaev shu tarzda bayon etadi: «Mazkur g„azalning birinchi baytida sevimlining «qoshi, ko„zi», ikkinchi baytda «kiprigi, ruxsori», to„rtinchi baytda «zulfi (sochi), la‟li (labi), beshinchi baytda «xoli, qaddi, ko„nglagi (moviy ko„ylagi), qabosi» bir-bir tasvirlangan. Maqta‟da esa yana «qoshu ko„z» haqida so„z yuritiladi. Demak, bunda bir tomondan, sevimlining yuzi va boshi bilan bog„liq «ko„z, kiprik, xol, ruxsor (yuz), lab, soch» tasviri berilgan bo„lsa, ikkinchi tomondan, sevimlining qaddi qomati bilan bog„liq bo„lgan «ko„nglak, qabo» kabi kiyimlar tasviri keltirilgan» 23 . Yuqoridagi tasvir mazmunidan ma‟shuqaning siymosi o„quvchi ko„zi oldida namoyon bo„ladi. Agar mazkur tasvir biror bir musavvirga tavsiya qilinsa, shoirning so„z vositasidagi tasviri mo„yqalamga ko„chib go„zal bir siymo-portret yaratilishi mumkin. Aynan shu g„azal tahliliga murojaat qilgan N.Jumaxo„ja esa Alisher Navoiy qo„llagan badiiy tasvir vositalariga, g„azaldagi eng nozik jihatlariga ahamiyat bermaydi. Aslida esa, g„azaldagi matla‟ ichki va tashqi qofiyadan iborat bo„lib, chuqur mazmunga egadir. G„azaldagi takrorlangan radif esa butun g„azalga mazmun ulashib turadi. Qolgan baytlar boshdan oyoq matla‟ga bo„ysundiriladi. G„azalning har bir misrasi ma‟shuqaning bir tashbehini keltiradi va «deyin» so„zidan iborat radifi orqali ta‟kidlanadi. Bu hol g„azalning 23 Валихўжаев Ботурхон. Мумтоз сиймолар. Икки жилдлик. 1-жилд. – Т.: Қодирий номидаги халқ мероси, 2002, 94-бет. 39 so„nggi baytigacha davom etadi. Maqta‟da esa shoirning taxallusi keltirilib, yakunlovchi bayt vazifasini bajaradi. Nusratullo Jumaxo„ja g„azalning mavzu doirasiga bir yoqlama yondashib, e‟tiborni faqat shoh bayt tahliliga qaratadi. Qolgan baytlarni umumlashtirgan holda ishq iztiroblari, lirik qahramonning ichki dardlari xususidagi umumiy xulosalarni chiqarib qo„ya qoladi. Aslida lirik qahramonni iztirobga solgan sabablar g„azalning deyarli har bir baytida shoirning «men»i orqali bir-bir sanab o„tilgan. Download 1,64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling