O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
1- Mavzu: Kirish
2017-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to„g„risidagi Farmonida Xalq ta‟limi vazirligi zimmasiga Umumiy o„rta ta‟limning Milliy o„quv dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Bu esa bugungi kun adabiyot o„qitish metodikasi oldiga katta vazifalarni yukladi. “Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar, avvalo, ijtimoiy qadriyatlar va ta‟lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda. Shu nuqtayi nazardan, buyuk ajdodlarimiz bo„lgan islom olami mutafakkirlarining asarlarini, ularni butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo„shgan bebaho hissasini chuqur o„rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir. Shunga ko„ra mamlakatimizda “...ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o„rganish asosida yoshlarning ong-u tafakkurini shakllantirish” 1 muhim strategik ahamiyat kasb etadi”. Bu vazifalarning belgilanishi o„quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish bilan bevosita bog„liqdir. Yuqorida tilga olingan e‟tiroflardan, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho adabiy manbalarni yosh avlodga taqdim etishda yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda, xususan, mumtoz adabiyot namunalarining ahamiyati salmoqlidir. Ayniqsa, o„zbek adabiyoti tarixi namunalarida o„quvchilarning ichki olami, ma‟naviyatining boyishiga asos bo„ladigan ma‟lumotlar behisob bo„lib, ular ibrat va namuna maktabini o„taydi. Adabiyot o„qitish metodikasi fani ham boshqa fanlar kabi avvalo, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib vujudga kelgan va asrlar davomida to„ldirilib boyitib borilgan. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони // Халқ сўзи, 2017 йил, 8 феврал. 4 Mumtoz adabiyot namunalari yozuvchi tarjimayi holida qisman aks etgan muhim voqealar, asar yozilishiga sabab bo„lgan ma‟lumotlar asosida asar maydonga keladi. Asar matni esa, ijodkor yashagan davr tili, muallif uslubi natijasida yaratiladi. Shunday ekan asar matnini tahlil qilish, uni o„rganish asosan murakkab matnlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Asar matnini tahlil qilish, asardagi asosiy g„oyani, muallif maqsadini o„quvchilarga yetkazish muhim ta‟limiy masalalardan biridir. Adabiyot darslarida mumtoz adabiyot namunalari bevosita adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix, ta‟lim-tarbiya, estetika, musiqa, san‟atshunoslik, dinshunoslik kabi fanlar bilan bevosita aloqadordir. Mumtoz adabiyot mavzulariga doir mashg„ulotni loyihalashda o„qituvchi uning yo„nalishi va usullarini aniq belgilab olishi kerak bo„ladi. Sharqona uslubiy tasniflarda adabiyot ta‟limining mazmuni o„ziga xos o„qitish usullari, o„rganiladigan mavzular, badiiy asarlar matnini o„rganish bosqichlari inobatga olinadi. Tabiiyki, yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish bugun o„qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. Shu sababli, ma‟lum bir fan bilan yoshlarni tanishtirish bevosita ta‟lim va tarbiya jarayonining ajralmas qismiga aylanishiga sabab bo„lgan. Hozirgi kunda adabiyot o„qitish metodikasi davlat ta‟lim standartlari, o„qitishning turli xil usullari, mashg„ulotlarni tashkil etish shakllari va qonuniyatlari haqida bilim beradigan fan hisoblanadi. O„quv rejaga muvofiq “Adabiyot o„qitish metodikasi” faniga 86 soat ajratilgan bo„lib, shundan 24 soatini ma‟ruza tashkil etadi. Ushbu darslik ikki qismdan iborat bo„lib, birinchi qism “Mumtoz adabiyot” namunalarini o„rganishga bag„ishlangan. Ikkinchi qism esa, hozirgi davr o„zbek adabiyoti namunalarini o„rganishga bag„ishlangan. Har ikkala qism dasturda mavjud bo„lgan mavzularni qamrab olgan. Har bir mavzudan reja, savol va topshiriqlar va adabiyotlar ro„yxati o„rin olgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling