20
|
17 xafta
|
YAkuniy nazorat
|
30
|
18 xafta
36 xafta
|
YOzma ish
|
30
|
|
Jami
|
100
|
|
FANNI O‘ZIGA XOSLIGIGA QARAB O‘RGANISH BO‘YICHA BOSHQA METERIALLAR
TAQDIRIMIZ YO‘LIMIZDA
Omad va omadsizlik ko‘pchilikni o‘ylantirib keladi. “Omad insonga bog‘liqmi?”, “Omad zaruriyatmi yoki tasodif?”, “Omadsizlikni bartaraf etish mumkinmi?”, “Omadsizlikni aylanib o‘tsa bo‘ladimi?” qabilidagi savollar ko‘pincha o‘zini omadsiz sanovchi kishilarni qiynaydi. SHu boisdan omad, muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida saboq beruvchi son-sanoqsiz kitoblar chop etiladi, maslahatlar beriladi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi.
Mening nazarimda, omadli bo‘lish uchun barchamiz faoliyatimiz davomida biz bilan muvaffaqiyatimiz orasiga “xitoy devori” bo‘lib suqiladigan, harakatlanishimizga qo‘ymaydigan – “oyoqlarimizga chirmashib olgan” uch cheklovni engib o‘tishimiz kerak. Kim bo‘lishimizdan qat’i nazar, shu uch cheklovni mag‘lub qilishimiz lozim.
Birinchi cheklov bu – SUSTKASHLIK. Sustkashlikka berilganimiz sari yumushlar qalashib boraveradi. Biror vazifaning nechog‘lik jiddiy ekanligi xususida o‘ylamay, qo‘l uchida ishga kirishish oqibati ko‘ngildagidek natijaga olib kelmaydi. Bu holga bir bora qo‘l siltab, bee’tibor bo‘lamiz. SHu xatoni takrorlayverib esa omadsiz kunlarni yana va yana boshdan kechiraveramiz.
Ikkinchi cheklov bu – AYBLOV. Qachon ohirgi marta o‘z xatolaringizga boshqa birovni sababchi va aybdor qilib ko‘rsatmadingiz? Barchamizning eng ayanchli mag‘lubiyatimiz – o‘z xatolarimizga tashqaridan sabab izlashimizdir: “SHunday bo‘lib qoldi… Falonchining aybi bilan… Falonchi aralashmaganida edi...” kabi. Bu vaziyatdan qutulish emas, balki o‘z-o‘zini aldashdir. Omadli bo‘lish uchun o‘zingizni aldashni, aybdor qidirishni, vajlar ko‘rsatishni bas qiling.
Uchinchi cheklov – O‘Z-O‘ZINI OQLASH – ayblovning mantiqiy davomi. Bir xatoga minglab oqlovlar o‘ylab topish mumkin. O‘ylab topish – xo‘sh, nega aynan shunday? Javob oddiy: biz o‘z kamchilik va xatolarimizni oqlash uchun keltiradigan bahonalarimiz aslida mavjud emas. Ularni o‘zimiz uchun himoya qobig‘i sifatida o‘ylab topamiz, xolos.
Endi chuqur mulohaza qilaylik – balki o‘zgarishni bugunoq boshlarmiz? YOki sustkashlikda, o‘zgalarni aybdor qilishda, o‘zimizni oqlashda davom etaveramizmi?
Taqdirimiz – bizga hadya etilgan muqobil yo‘llar. Boshqa yo‘l yo‘q. Undan qochib qutulolmaymiz. Ha, taqdirdan. Yo‘llar esa aniq – ezgulik va yovuzlik, parvoz va tanazzul, tubanlik va yuksalish yo‘llari. Bizga bu ikki yo‘ldan birini tanlash ixtiyori berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |