O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 0.59 Mb.
|
TA’LIM MUASSASASIGA BOLALARNI
QABUL QILISh 14. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tarkibi tasdiqlangan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarning (keyingi o’rinlarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasi asosida ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) roziligi bilan amalga oshiriladi. 15. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan xolislik, ochiqlik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillariga asoslangan holda qaror qabul qilinadi. 16. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya: jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ularning ota-onalari ishtirokida ko’rikdan o’tkazadi; ko’rik davomida bola bilan bevosita muloqot qilish orqali davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bolaga jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni bo’yicha qo’yilgan tashxisning ishonchliligini, ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o’rganadi; bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni bo’yicha xulosa beradi; jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bo’lish muddatini belgilaydi; sog’liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni aniqlaydi va hisobini yuritadi. 17. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limi mudiri tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya raisi, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining maktabgacha ta’lim bo’yicha mutaxassisi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya kotibi hisoblanadi. 18. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tarkibiga oliy maxsus psixologik-pedagogik ma’lumotga hamda 5 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan psixonevrolog, pediatr, defektolog (logoped, surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog), nevrolog, psixolog hamda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining turiga ko’ra ortoped, oftalmolog, otolaringolog shifokorlar kiritiladi. 19. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tarkibi toq sondagi kamida 7 nafar a’zodan iborat bo’ladi. 20. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, komissiya yig’ilishi qaror qabul qilish uchun vakolatli hisoblanadi. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya yig’ilishi rais tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, bir oyda kamida bir marta o’tkaziladi. 21. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning qarori uning a’zolari tomonidan ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning har bir a’zosi bir ovozga ega bo’ladi, ularning ovozlari teng bo’lgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan 3 - 7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi: 1. Nutqida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar: a) alaliya; b) bolalar afaziyasi; v) rinolaliya; g) dizartriya ; d) duduqlanish; 2. Eshitishida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar: a) I - IV guruh karlik; b) zaif eshituvchi bolalar; 3. Ko’rishida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar: a) ko’zi ojizlar; b) zaif ko’ruvchi bolalar; 4. Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar: a) psixik rivojlanishining orqada qolishi; b) psixik-nutqiy rivojlanishining orqada qolishi; v) bolalar autizmi; 5. Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar: a) aqliy rivojlanishda orqada qolishning yengil darajasi; b) aqliy rivojlanishda orqada qolishning o’rta darajasi; 6. Tayanch-harakatlanish a’zolarida nuqsonlar bo’lgan bolalar: a) ortopedik jarohatlarning asoratlari; b) idiopatik o’zgarishlar (bo’yin, ko’krak, umurtqa); v) skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz; g) ko’krak qafasi deformasiyasining og’ir shakllari - girdobsimon ko’krak qafasi, botiq ko’krak qafasi, etikdo’z ko’krak qafasi, ko’krak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (ko’krak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operasiyalar bundan mustasno); d) oyoqlar deformasiyasining og’ir shakllari - "X" simon, "O" simon qiyshayishi; ye) tos-chanoq bo’g’imining tug’ma nuqsonlari asoratlari (tos-chanoq bo’g’imi sohasidagi ortopedik operasiyalardan keyingi holat); j) tug’ma maymoqlik, tug’ma maymoqlikning operasiyadan keyingi holati (nevrologik status asosida); z) tayanch-harakatlanish a’zolari rivojlanish anomaliyalari (nevrologik status asosida); i) bo’g’inlar rekurvasiyasi; k) xondrodistrofiya; l) DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar; m) gemioparez, monoparez, plegiyalar. 23. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga bolaning ota-onasi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ota-onalarning arizasi; ota va onaning pasporti nusxalari (ikki nusxa); ota-onaning ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlasa); bolaning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (ikki nusxa); bola umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnagan bo’lsa, uning jismoniy yoki psixik rivojlanishiga berilgan, muassasa mudir(as)ining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma asli va nusxasi; bolaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasi bosh vrachi tomonidan imzolangan va muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan quyidagilarni o’z ichiga olgan mufassal tibbiy xulosa: pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to’g’risidagi xulosasi; psixonevrologning bolaning nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishiga tibbiy xulosasi (shifr bilan) va tavsifi; logopedning xulosasi va logopatiya bo’yicha to’liq tavsifi; nevrologning to’liq ko’rigi va xulosasi; otolaringologning quloq, tomoq, burun a’zolarining holatiga tibbiy xulosasi va tavsifi (eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun audiogramma ma’lumotlari); oftalmologning ko’rish organi bo’yicha tibbiy xulosasi va tavsifi (ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun batafsil tibbiy xulosa); ortoped vrachning tibbiy xulosasi (tayanch-harakatlanish a’zolarida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun batafsil tibbiy xulosa); yashash joyidan ma’lumotnoma. 24. Bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish jarayonida tor mutaxassislar ulardagi nuqsonlarga xulosa berishlari uchun qo’shimcha ravishda rentgen, UTT, EEG, MSKT, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va audiogramma xulosalari kabi asoslangan hujjatlarga asoslanishlari shart. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ko’rigida bolaga berilgan tibbiy xulosa yuzasidan tortishuvlar vujudga kelganda, bola qo’shimcha tibbiy ko’rikka yuboriladi. 25. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ko’rigidan o’tayotgan bolaning ota-onasi pasporti bo’yicha propiska qilingan manzildan boshqa joyda yashayotgan taqdirda, tibbiy xulosa bolaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. 26. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yuborilayotgan bolaga yashash joyidagi shifokorlar (tor mutaxassislar) tomonidan qo’yilgan tashxis davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan va ro’yxatga olingan bo’lishi shart. 27. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar va tibbiy xulosaning haqiqiyligiga uni imzolagan shifokor (tor mutaxassis) va bosh shifokor shaxsan javobgar hisoblanadi. 28. Bolalar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ko’rigidan tegishli hujjatlar qabul qilib olinganidan boshlab bir oy muddatda o’tkaziladi. 29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bo’sh o’rin bo’lmagan hollarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan topshirilgan hujjatlarni tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo’yish to’g’risida qaror qabul qilinadi. 30. Bolada aniqlangan jismoniy va psixik nuqsonlar va ularning patologik holatlariga muvofiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi (keyingi o’rinlarda xulosa deb yuritiladi) boladagi nuqsonning og’irlik darajasiga ko’ra 6 oy, 1 yil yoki 2 yil muddatga beriladi. Shu muddat ichida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan qayta tibbiy ko’rik o’tkazilib xulosa berilishi mumkin. 31. Bolani qayta ko’rikdan o’tkazish muddatlari tibbiy xulosaning tasdiqlanishi, boladagi jismoniy va psixik nuqsonlarning og’irlik darajasi, o’z-o’ziga xizmat qila olishi, ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-tarbiya dasturlarini o’zlashtirishi, atrofdagilarga jismoniy yoki psixologik tahdid solmasligi, korreksion ta’lim-tarbiya jarayoni natijaviylik davrining bashorat qilinadigan dinamikasiga qarab belgilanadi. 32. Xulosada bolaning davolash-profilaktika muassasasi tomonidan dispanser nazoratiga olinganligi bo’yicha qayd, tibbiy xulosa bergan davolash-profilaktika muassasasi ma’lumotlari asoslovchi hisoblanadi. Shuningdek, xulosada bolaning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi va ota-onasining pasporti ma’lumotlari, bolaga qo’yilgan tashxis, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida korreksiya olib borish muddati, ta’lim tili hamda to’lov turi ko’rsatiladi. 33. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga xulosa ota-onalarga bir hafta muddatda topshiriladi. 34. Xulosa berilgan kundan boshlab 7 kun muddat ichida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga topshirilishi lozim. 35. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga topshirilgan hujjatlar ikki nusxada: ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida hamda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyada maxsus seyflarda saqlanib, uning hisob-kitobi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi mudir(as)i, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya kotibi tomonidan olib boriladi. Hujjatlarning saqlanish muddati 5 yil. 36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi mudir(as)i bolani muassasaga xulosa asosida qabul qilinishi hamda o’z muddatida qayta ko’rikka yuborilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga quyidagi nuqsonlari bo’lgan bolalar qabul qilinmaydi: organik, epileptik, shizofrenik aqli zaiflik; shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari; turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning chuqur shakllari; sistematik kuzatuv va davoga muhtoj talvasa paroksizmlari; enurez va enkopress kasalliklar; yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish tizimining surunkali kasalliklarining qo’zg’alish va dekompensasiya bosqichi; ensefolopatik jarohatdan keyingi sudorogalar; sil kasalliklariga chalingan bolalar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling