Ishlab chiqarishda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnat muhofazasi sohasidagi hujjatlarini tadqiq qilish


Download 159.4 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi159.4 Kb.
#1817552
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy


1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ishlab chiqarishda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnat muhofazasi sohasidagi hujjatlarini tadqiq qilish.


Ishdan maqsad - mehnat muhofazasi bo‘yicha hisobot hujjatlari bilan tanishish, ularning vazifasi va mazmuni hamda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblashni o‘rganish.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Qonunning ishlab chiqilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Kasaba uyushmalari kengashi, ish beruvchilar Konfederatsiyasi va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Qonunni qabul qilish zarurati
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish quyidagi bir qator ob’ektiv sabablar bilan bog‘liq:
Amaldagi Mehnat kodeksi 1995 yilda qabul qilingan bo‘lib, o‘sha davrda iqtisodiyotdagi xususiy sektor ulushi atigi 21 foiz bo‘lgan, bugungi kunda esa 83 foizdan oshgan. Ya’ni, ish beruvchilarning ko‘p qismi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida, yangi mehnat instrumentlari hamda mehnat munosabatlari shakllarining kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Yangi tahrirdagi kodeksda fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi turli shakllarining faol rivojlanib borishi hisobga olingan, ish beruvchilarga, xususan, qo‘shimcha ishchilarni ishga jalb qilishning sodda va moslashuvchan shakllarini tanlashga imkon beruvch moslashuvchan ish rejimlarini keng qo‘llash uchun huquqiy asoslar yaratilgan.
Qonunning maqsad va vazifalari
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining maqsadi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining mutanosibligini ta’minlash va uyg‘unlashtirish asosida individual mehnat va u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdan iborat.
Qonun loyihasida so‘ngi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari (Soliq kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalri to‘g‘risida”gi va boshqalar), Prezident va Hukumatning normativ huquqiy hujjatlarini hisobga olgan holda individual mehnat munosabatlari va ular bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdagi huquqiy normalar jamlangan.

Download 159.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling