Ishlab chiqarishda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnat muhofazasi sohasidagi hujjatlarini tadqiq qilish


Korxona bosh mexanigi (energetigi) vazifalari


Download 159.4 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi159.4 Kb.
#1817552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy

Korxona bosh mexanigi (energetigi) vazifalari:
‒ bino, inshoot, turli uskunalar, energetik tizimlarni o‘z vaqtida profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va to‘g‘ri ishlatish ishlari hamda sozlash ishlarini xavfsiz olib borish uchun javobgarlik;
‒ yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlarini, uskunalarni, bug’ va suv isitish qozonlarini va boshqa bosim ostida ishlaydigan apparat va idishlarni vaqtida ko‘riklardan o‘tkazish, xavfsizlik texnikasi qoida va me’yorlari talablariga rioya qilgan holda to‘g‘ri ishlatish uchun javobgarlik;
elektr uskunalarining, elektr zanjirlarining elektr taqsimlovchi, yashindan himoyalash, yerga ulash moslamalarining nuqsonsiz ishlashini va sozligini uzluksiz nazorat qilish;
nazorat o‘lchov asboblari va shaxsiy himoya vositalarini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turilishi va sozligini nazorat qilish;
isitish va shamollatash tizimlarining holatini nazorat qilish;
mehnat muhofazasi bo‘yicha bitimda ko‘rsatilgan tashkiliy-texnik tadbirlarning vaqtida bajarilishi uchun javobgarlik;
‒ xavfli ishlarda ishlaydigan (bug‘ va suv isitish qozonlari, bosim ostida ishlayotgan apparat va idishlar, yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlari) kasblar uchun xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnomalar tuzish, xavfsiz ish usullariga o‘qitish uchun javobgarlik.
Sex boshliqlari va ustalarning vazifalari:
‒ barcha ishchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me’yor va qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlash, ish vaqtida xavfli va zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq barcha ehtiyot choralarini nazorat qilish;
‒ ishlab chiqarish sharoiti bilan mos holda amaldagi mehnat muhofazasi me’yor va qoidalari asosida xavfsiz ish usullari bo‘yicha yo‘riqnomalar tuzishda qatnashish;
barcha ishchilarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish, qo‘l ostidagi bo‘lim xodimlari bilan xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnoma o‘tkazish.
Mehnat muhofazasi muhandisi vazifalari: kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish;
‒ barcha sex bo‘limlar boshliqlari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi qonun va qoidalarni hukumat va vazirliklarning qaror va nizomlarning hamda yo‘riqnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni to‘g‘ri ishlatilayotganligini nazorat qilish va ularni ishlab chiqishda qatnashish;
mehnat muhofazasi bo‘yicha buyruq va farmoyishlarni tayyorlash va hisobot hujjatlarini olib borish; mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tashkiliy-texnik rejalar loyihasini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yangi zamonaviy konstruksiyalarni ishlab chiqishda va tadbiq qilishda qatnashish hamda ilg‘or korxonalarning va ilmiy tadqiqot institutlarining takliflarini ishlab chiqarishga tadbiq etishda jonbozlik ko‘rsatish;
korxonani qishki va yozgi ish sharoitlariga tayyorlash tadbirlarida va ularning bajarilishida qatnashish;
‒ jamoa shartnomasida belgilangan mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini tekshirish;
bino va inshootlarni, uskuna va apparatlarni qurish, ta’mirlash loyihalarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish komissiyalarida qatnashish;
ishchilar bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazish,
muhandis-texnik xodimlar va xavfli mehnat sharoitlarida ishlovchilar bilan kurslarda o‘quvlar tashkil etish;
tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazib turilishini nazorat qilish;
sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylariga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi barcha qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xonalarni jihozlash, plakat va ogohlantiruvchi yozuvlarni osib qo‘yish;
ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda, taftish qilishda va ularni ogohlantirish va bartaraf qilish tadbirlarida qatnashish;
baxtsiz hodisalarni hisobga olish, rasmiylashtirish va tahlil qilish; korxona rahbariga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan xodimlarni taqdirlash, talab va qoidalarni buzgan xodimlarni javobgarlikka tortish haqida ma’lumotnoma berish.

Download 159.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling