Ishlab chiqarishda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnat muhofazasi sohasidagi hujjatlarini tadqiq qilish


Qonunni ishlab chiqishda o‘rganilgan xalqaro tajriba


Download 159.4 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi159.4 Kb.
#1817552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy

Qonunni ishlab chiqishda o‘rganilgan xalqaro tajriba
Qonun loyihasini ishlab chiqishda tegishli xalqaro va xorijiy tajriba o‘rganildi va tahlil qilindi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi XMTning bir qator konvensiyalari, shuningdek, ish o‘rinlari to‘g‘risidagi Global pakt normalari va Yangi demografik sharoitda bandlik va ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi rezalyusiyalar;
G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Germaniya, Shvesiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, Daniya, Norvegiya), Sharqiy Yevropa (Latviya, Estoniya, Polsha), Osiyo (Yaponiya, Koreya Respublikasi), MDH (Rossiya, Qozog‘iston, Belarusiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Ukraina) davlatlarining qonun hujjatlari o‘rganib chiqildi va tahlil qilindi.
Qonunning tarkibi va asosiy mazmuni
Tarkibiy jihatdan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism, 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat (amaldagi 294 moddani o‘z ichiga oladi).
Umumiy qism mehnat huquqining barcha institutlari uchun fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, to‘qqiz bobdan iborat ikkita bo‘limni birlashtiradi.
Maxsus qism mehnat huquqining alohida institutlariga bag‘ishlangan va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: individual mehnat munosabatlari; xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari; xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish.
Qonundagi asosiy yangiliklar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT Konvensiyalari asosida mehnat va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarini huquqiy tartibga solishning asosiy tamoyillarini belgilash va aniqlashtirish;

  2. Lokal aktlarning o‘zaro nisbati, shuningdek, ushbu aktlarning jamoaviy bitimlar va qonunchilik bilan nisbatini belgilash;

  3. Xodimning hamda ish beruvchining mehnat huquqi layoqatini aniqlashtirish;

  4. Mehnat kodeksining amaldagi tahririda nazarda tutilmagan xodim va ish beruvchining asosiy huquq va majburiyatlarini belgilash;

  5. Mehnat munosabatlarining vujudga kelishi uchun asoslarni kengaytirish (tanlovdan o‘tish va lavozimga saylash, vakolatli davlat organi tomonidan xodimni ishga yuborish; chet el fuqarosini ishga qabul qilishda mehnat qilish huquqini tasdiqlash, safarbarlik va hokazolar);

  6. Mehnatni oilaviy majburiyatlar bilan uyg‘unlashtirgan xodimlar mehnatini tartibga solishda “gender neytrallik” tamoyilini ta’minlash;

  7. Mehnat sohasiga ijtimoiy sheriklik tushunchasini kiritish, uning xususiyatlarini aks ettirish, ijtimoiy sheriklikning predmeti tarkibini aniqlash va asosiy tamoyillarini mustahkamlash, uning reglamentini belgilash;

  8. Mehnat jarayonlarini raqamlashtirish, elektron mehnat daftarchalarini yuritish, mehnat shartnomalarini yagona axborot bazasida tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlarini joriy etish;

  9. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov shartlarini xodimning lavozimiga qarab tabaqalashtirish (yollangan rahbarlar uchun 6 oygacha belgilanmoqda);

  10. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslarni kengaytirish, shuningdek, xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqini chiqarib tashlash;

  11. Xodimlarning o‘rtacha soniga qarab, ma’lum bir vaqt oralig‘ida xodimlar sonining rejalashtirilgan yoki haqiqiy o‘zgarishi asosida xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatish mezonlarini belgilash.

  12. Mehnat shartnomasining o‘zida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan xodimlar doirasini kengaytirish (masofaviy ishchilar, kasanachilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar xodimlari, uy ishchilari);

  13. Xodimning ish stajiga (ushbu tashkilotdagi ish stajiga) qarab ishdan bo‘shatish nafaqasini tabaqalashtirish;

  14. Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish mexanizmini joriy etish;

  15. Ish vaqti turlarini kengaytirish: smenali ish, moslashuvchan ish vaqti, ish kunini qismlarga bo‘lish, xizmat safaridagi ish vaqti va boshqalar;

  16. Agar dam olish (bayram) kuni ish kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga o‘tkaziladigan tartibni belgilash;

  17. Ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilni joriy etish (SOVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdan olingan tajribani hisobga olgan holda) va ish haqi saqlanmagan yoki qisman saqlangan ta’tilni yiliga jami 6 oygacha uzaytirish.

  18. Ish haqi tizimini, shu jumladan soatbay ish haqini belgilash va unga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilash, ish haqini to‘lash tartibi va reglamentini tartibga solish, tarif va tarifsiz ish haqi tizimining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirish;

  19. Mehnat me’yorlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi, tarmoq va tarmoqlararo miqyosda namunaviy mehnat standartlarini joriy etish, ish beruvchining xodimlarga ishlab chiqarish standartlarini bajarishi uchun normal sharoitlarni ta’minlash majburiyatini belgilash;

  20. Intizomiy huquqbuzarliklar sodir etilganda xizmat tekshiruvi (tekshirish) o‘tkazish tartibi va muddatlarini, ushbu jarayonda xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlarini, xodimni ishdan chetlatish va uning o‘rtacha ish haqini belgilangan muddatga saqlab qolish imkoniyatini yaratish;

  21. Xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan ishlarni bajarishdan bosh tortish tartibini belgilash;

  22. Ishlab chiqarish ta’limi institutlari tomonidan korxona xodimlarini mehnat bozorining o‘zgaruvchan sharoitlari, egiluvchan va harakatchan talablariga javob bera oladigan tarzda qayta tayyorlash va malaka oshirishini tartibga solish;

  23. Ayrim toifadagi xodimlar (ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shug‘ullanuvchilar, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar, voyaga yetmaganlar, masofaviy ishchilar, kasanachilar, yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlaydigan shaxslar, uy ishchilari, mehnat sharoitlari o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda yoki noqulay iqlim sharoitida ishlaydigan ishchilar, tashkilotlar rahbarlari va kollegial organlar a’zolari va boshqalar). Ushbu bo‘lim shuningdek, transport xodimlari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va professional sportchilar, shuningdek chet ellik ishchilar mehnatini tartibga solishning xususiyatlarini belgilaydi;

  24. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat va nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlarining to‘liq doirasini aniqlash. Ushbu bobda davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatining tamoyillari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, turli organlar, shu jumladan inspeksiya, prokuratura va boshqa davlat organlari o‘rtasidagi nazorat masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratilgan. mehnat qonunchiligini amalga oshirish;

  25. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini, shu jumladan kasaba uyushmalari tomonidan nazoratni amalga oshirish;

  26. Jamoaviy mehnat nizolariga bag‘ishlangan aloxida bob kiritish, shu jumladan, yakka tartibdagi va jamoaviy mehnat nizolarini hal qilishda mediatsiya usuli va mehnat arbitraji mexanizmlarini belgilash.


Download 159.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling