O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Aholiturmushdarajasiko’rsatkichlari
Download 0.59 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar.
Aholiturmushdarajasiko’rsatkichlari
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari 1-jadvaldagi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, oxirgi yillarda aholi jon boshiga to’g’ri kelgan pul daromadlari, ishchi va xizmatchilarning o’rtacha ish haqi, jon boshiga to’g’ri kelgan iste’mol buyumlari, chakana tovar aylanishi sezilarli darajada ortgan. Buning asosiy sababi respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadli olib borilayotganligi, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi bilan izohlanadi. Bugun respublikamizda aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko’rsatish ham yuqori darajada olib borilmoqda. Buni oxirgi yillarning aynan ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirishga qaratilayotganligi, bu bo’yicha maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqilayotganligi hamda ularning natijasi yuqori samara berayotganligi ham ko’rsatib turibdi. Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, aholi turmush darajasini oshirish manbalari ijtimoiy dasturlarning amal qilishi uchun resurs hosil qilish omili hisoblanuvchi iqtisodiy o’sish bilan shakllanadi. Bunda avvalo iqtisodiy o’sish bilan ijtimoiy taraqqiyot o’rtasidagi uzviy bog’liqlik shakllanadi. Turmush darajasi statistikasi vazifalariga kishilarning hayot faoliyatiga, moddiy shart-sharoitiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, hodisalar va jarayonlarni o’rganish hamda yechilishi muhim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot muammolarini aniqlash kiradi. Aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarining yaxshi tuzilgan tizimi ijtimoiy siyosatni samarali ishlab chiqishda, kam ta’minlangan aholiga yordam ko’rsatishda, asoslangan qarorlar qabul qilishda, mamlakatda o’tkazilayotgan islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholashda, davlat va hududiy ijtimoiy dasturlarining amalga oshishini nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega. Turmush darajasining statistik tavsiflari uning kompleks baholanishini ta’minlovchi o’zaro bog’langan ko’rsatkichlarning keng tizimiga asoslanadi. 2018 yil 28 iyunda Inxa universitetida o’tkazilgan O’zbekistonning 2035 yilgacha taraqqiyot strategiyasi konsepsiyasida ko’rsatib o’tilganidek, ya’ni Fzbekistonda 2035 yilgacha aholi ijtimoiy turmush darajasi va ijtimoiy muhofazani ta’minlash - ijtimoiy cheklashlarga qarshi kurashish, yangi va yuqori haq to’lanadigan ish joylarini va samarali mexanizmlarini yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini modernizasiya qilish, xodimlarning huquqini mustahkamlash, ularning sog’lig’i va ish xavfsizligini ta’minlash, ish joyidagi kamsitishlardan himoya qilish va nogironlar huquqini himoya qilish, sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish, ya’ni, sog’liqni saqlash vazirligi davlat byudjeti va iqtisodiyotiga qaram bo’lmasligi kerak, buning o’rniga shunday sog’liqni saqlash tizimini yaratish kerak-ki, bu tizim davlat rivojlanishi uchun turtki bo’lsin, iqtisodiy jihatdan samarali, arzon va o’z-o’zini qoplaydigan bo’lishi kerak. Ekologik vaziyatni yaxshilash esa iqtisodiyotni chiqindilarsiz ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazishdir[14]. Yosh avlod bilan bog’liq siyosiy jihatlardan biri yosh avlodni o’qish bosqichidan ish bosqichiga o’tishini ta’minlash, ularni jahon standartlari darajasiga javob beradigan kasblar bilan ta’minlash. Respublikamizda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlarning barchasi kelajakda xalqimiz turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan, zero yurt tinchligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqini yuksaltirish barchamizning oliy maqsadimizdir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling