O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplarning turlari


Download 0.78 Mb.
bet2/6
Sana07.11.2020
Hajmi0.78 Mb.
#142164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Хатамова мафтуна


2.3. Ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplarning turlari.

Ayiruv munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo‘shma gap komponentlari goh..., goh..., ba’zan..., ba’zan; dam..., dam..., yo...,yo..., xoh...., xoh; bir..., bir... kabi ayiruv bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi.Bu bog‘lovchilar qo‘shma gapdagi komponentlarni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi. Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqaerda garmon tovushi eshitilib turar edi. Ayiruv bog‘lovchili qo‘shma gap komponentlari mazmunan turli xususiyatga ega: goh, dam, bir kabi bog‘lovchilar birdan ortiq voqeaning ketma-ket yuzaga kelishini ko‘rsatsa, yo, xoh bog‘lovchilari o‘sha voqealardan birininggina yuzaga kelishini ko‘rsatadi: Bir tachanka taraqlab qolar, bir xo‘kizning bo‘yinturug‘i qimirlab qolar edi. YO men boray, yo siz keling.

Ayiruv bog‘lovchilari yo, yoki, goh, dam, x o h va ayiruv boglovchisi vazifasida qo‘llanuvchi ham biriktiruvchi boglovchisi qamda ba’zan ravishi sodda gaplarni biriktirib, qo‘shma gap tuzishda xizmat qiladi. Ayiruvchi boglovchi yordami bilan birikkan sodda gaplar umumiy bir fikrni ifodalasalar-da, mazmunan va struktura jiqatdan ma’lum darajada mustaqillikka ega bo‘ladi. Bu xil qo‘shma g‘aplar tuzilish tomondan qam uncha murakkab bo‘lmaydi.

AYIRUVCHI BOG‘LOVCHILI B O G‘L A N GA N Q O‘SH M A GAPL ARNI TASHKIL ETG‘AN GAPLARNING SEMANTIK MUNOSABATI



Ayiruv bog‘lovchilari bir-birini inkor etuvchi yoki bir-biri bilan almashinuvchi, galma-gal ro‘y beradigan voqea, hodisa, belgi-xususiyatlarni ifodalovchi gaplarni birlashtirib, bog‘langan qo‘shma gaplarni hosil qiladi. § 55. YOki, yo, yo bo‘lmasa, xo h bog‘lovchilari bir-birinsh inkor etuvchi sodda gaplarni biriktiradi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplardan anglashilgan mazmunning biri ro‘y beradi. Ilgari ham kun shundayssizirmidi, yo bu yil yoz issitsrotsmiR (O .)—Xotin chindan bormi, yo anchayin hangomami?—kulib dedi O‘roz. (O.) YOki mening ko‘nglim hamma vatst yosh, YOki chiroy senga umrbod yo‘ldosh. (M. B o b o e v.) Bo‘yingga bo‘ldim men xumor, yo men boray, yoki sen kelgin. (Folьklor) YO temir intizom bo‘ladi, yo men sizlar bilan ishlamayman. (V. Popov) YO xatlar borib tegmasdi, yo Katya ham biron falokatga uchragandi. (A. T .) YO sizlar jinni bo‘libsizlar, yo mening miyam aynibdi. (A . T.) Se'n mening to‘ramsan, senssuyoshimsan, YO meni o‘ldirgin, yo arzim eshit. (L e r m.) § 56. YO , yoki bog‘lovchilari yordami bilan tuzilgan qo‘shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari odatda hozirgi-kelasi zamon fe’li shaklida yoki shu mazmundag» ot-kesimlar tarzida bo‘ladi: 68 www.ziyouz.com kutubxonasi 1. Sodda gaplarning kesimlari hozirgi-kelasi zamon fe’li shakli va mazmunida: YO podsho biror erga chitsadi, yoki elchi kelishi kutiladi. (O.) Siz keting bu mahalladan, yo biz ko‘chib ketamiz. (A . Q.) Qani ayt: men senikiga boraymi, yo sen biznikiga .kelasanmi? (V. Os.) Bu ahvolda dushman vatandoshlarimizning terisini tiriklayin shilib olada, yoki Ukrainadagi eng yaxshi rus pahlavonlarini va getmanni uldirganlari singari kazaklarimizning ham tanlarini nimtalab, shahar vassishlotslarga osibsso‘yishadi. (G o g.) 2. Sodda gaplarning birining yoki har ikkisining kesimi ot-kesim tarzida: YO uning tovushi chitsmaydi, yo odam yo‘s. (A s.M .) YO boy o‘lchab bergan g‘o‘za bir botmon emas, yoki g‘o‘zaga yomon g‘o‘za aralashgan. (S. A.) YO menssahramon, mashhur kishiman, 'yo shaxvati zo‘r erkakman. (A. T .) YOki er yomonmi? Urug‘ yomonmi? YO bo‘lmasa ayb havodami? (G‘. G‘.) § 57. YO (yoki) bog‘lovchisi -mi yuklamasi yordami bilan tuzilgan so‘roq gaplarni biriktirib, qo‘shma gap hosil qiladi. Bu holda turli mazmundagi so‘roq gaplar bir-biri bilan qiyoslanadi: Xotin chindan bormi, yo anchayin hangomami?—kulib dedi O‘roz. (O.) Omadim kelgan ekanmi, yossurt botsishni sog‘inibssolgan ekanmizmi—biram bo‘lib berdi. (A. Q.) Va yoki o‘rtamizda YOmon bir gap o‘tdimi? YOki ayb ko‘rib bizda, Uyni tashlab ketdimi? (H. O ) Kolxozni ko‘tarish, xalsqa, vatanga xizmatssilish to‘g‘risidagi va’dalaringiz esingizdami, yo unutib qo‘yditizmi? YOki buxning hammasi yurakdan chitsmagan, soxta ' gaplar edimi? (H. G‘ulom). YO zardo‘zi to‘ning to‘zibmissoldi? YOki so‘kildimi savsar telpaging? yo pulingni xarjlab tamomssildingmi? YOssaytibssoldimissiliching dami? YO oting otssagan, urib tatsasi? YO savdogar o‘g‘ly oyos chaldimi Moskva-rekada, musht janglarida? (Lermontov). § 58. YO (yoki) bog‘lovchisi ba’zan yo bo‘lmasa tarzida qo‘llanadi. Bunda birikuvchi gaplar orasidagi chegara yanada qabartib ifodalanadi: Balki, hozir Dildorni osayotgandirlar, yo bo‘lmasa unissiynamotsdalar, yo bo‘lmasa, azamat sheriklari zindonga bossin yasashga majbur bo‘lib, barissirildimi? (O.) Biror toy mindir, yo bo‘lmasassizing minib kelayotgan tuyaning jilovini bergin, u etaklasin: biron suvlik joyga tushaylik. („III. YUld.“ jurn.) YO „Komissarimiz“ CHapaevning ta’ssGri ostiga kirib qoldi,ssahramon oldida laganbardorlikssilib yuribdi va birovning istagini ongsiz ravishda bajaruvchi shaxs ekan, yo bo‘lmasa, 69 www.ziyouz.com kutubxonasi tKomissarim.iz“ o‘zi ham birovning ta’siriga berilmaydigan xuddi shunday partizan va „azamat" ekan der edi*- lar. (Furm.) Kichkinagina qushcha hurpayib olib, yo uyqiga ketgan, yoki bo‘lmasa yuragi gupillab, momaqaldiroq qarsillashlariga quloq solib yotkanday, ko‘z yumib yotaredi. (Kaz.) § 59. Goh, dam, ba’zan bog‘lovchilari yordami bilan tuzilgan qo‘shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplardan anglashilgan voqea, qodisalarning har ikkisi vujudga keladi. Ammo qo‘shma gap tarkibidagi bir sodda gapdan anglashilgan harakat, holat yoki belgi-xususiyatlar bir vaqtda emas,. turli vaqtlarda ro‘y beradi. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (0.) Ahmadjon otilmaydigan miltiq ko‘tarib o‘tirganligiga goh xit bo‘lar, goh kulgisi kelar edi. (O.) Goh shildirab ingichka bo‘lib oqayotgan buloq suviga oy nuri tushib, yarqirab jilvalanadimi, goh kecha nidosiga shodlanib kelib, charog‘on nurni to‘kadimi! (M . A .) Goh ko‘k, qizil va yashil rang mundirlik kavaleriya polki, goh piyoda askarlar bilan artilleriya polki o‘tib borapdi. (L. T .) Bunday kunlarda havo ba’zan juda isib ketadi, ba’zan hatto dalalar qo‘ynidan hovur chiqib turadi. (T u r g.)
2.4. Ayiruv va biriktiruv munosabatlarini bildiruvchi bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro bog‘lanishi, ularda tinish belgilarining qo‘llanilishi

Muayyan tilda yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran bo‘laklari)ning o‘zaro mantiqiygrammatik munosabatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilarining yozuvda qo‘llanishi o‘ziga xos tizimga ega. Bu tizim — T. b. miqdori, qo‘yilish tartibi va qo‘llanish prinsiplari yig‘indisi — punktuatsiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini ko‘rsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.

Hoz. o‘zbek yozuvida Tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko‘p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo‘shtirnoq. Ularning aksariyati 19-a. 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo bo‘lgan.

Tinish belgilari o‘z vazifasiga ko‘ra, 2 ga bo‘linadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap bo‘lagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib ko‘rsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (so‘zlovchi)ning sub’ektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi Tinish belgilari6.: qavs, qo‘shtirnoq, yagona qo‘shaloq belgi sifatida qo‘llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan bo‘laklarini, birgalik ergashishli qo‘shma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini, nutqning bo‘linganligini ko‘rsatuvchi Tinish belgilari6.: nuqta, so‘roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, ko‘p nuqta. Ba’zi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga bo‘linadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) ko‘p elementli Tinish belgilari Bu guruh, o‘z navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (ko‘p nuqta) va 4 elementli (qo‘shtirnoq) Tinish belgilariga ajraladi. Qo‘llanish o‘rniga ko‘ra, Tinish belgilari 3 guruhga bo‘linadi: gap oxirida qo‘llanadigan Tinish belgilari (nuqta, so‘roq va undov belgilari), gap o‘rtasida qo‘lanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, ya’ni gapning turli o‘rinlarida qo‘llaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qo‘shtirnoq, qavs, kup nuqta).

Tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.

__________________________



 G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. –Toshkent: O‘qituvchi, 1987. – B.5.

 Ko‘rsatilgan asar. - B.5.

3.Xulosa va takliflar
Keltirilgan ko‘satkichlar adabiy manbalar asosida yig‘ilgan misollar natijasi bo‘lib, ularning sinonimik munosabatini hisobga olgan holda aniq chegaralab bo‘lmaydi, chunki bog‘lovchilarni bog‘langan qo‘shma gap qismlari tarkibida qo‘llash yozuvchi va matn uslubiga xos muhim xususiyatdir. Demak, bog‘langan qo‘shma gaplarning funksional-semantik birikuvida bog‘lovchilarning ham soni ham vazifasi asosan zidlov-qiyoslash munosabatida kengroq tahlilga sabab bo‘ldi. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda bog‘lovchilarni shakliy ikki turga ajratish mumkin: sodda va takroriy. Ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gap tarkibida funsional munosabatga kirishganda ularning sinonimik ma’no darajasi bir-biridan farqlanmaydi. Faqatgina ayiruv munosabatini bo‘rttirish yoki susaytirish uchun birinchi yoki ikkinchi gap tarkibida yuklamalar qo‘llanadi. Takroriy bog‘lovchilarning ayiruv munosabatini ifodalashi nisbatan kam salmoqlidir.

Bundan tashqari o‘zbek tilida bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qismlarining sodda gaplarning turli tiplari bilan ifodalanishi ham e’tiborli jihatdir. Shu sababdan, qismlardan biri yoki har ikkalasi ham darak va so‘roq gaplar bilan berilishi yoki bulardan farqli ravishda qo‘shma gap tarkibida undov gap kirsa, ikkala qism ham undov gap bo‘la olmasligi va faqat birginasi undov gap bilan ifodalanishi mumkinligini ham kuzatsa bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek tilida bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qismlarining bir sostavli va ikki sostavli gaplar bilan ifodalanishini olsak, bir sostavli gaplarning barcha turlari bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarning har ikkala qismini yoki ikki sostavli gap bilan bir qismining o‘zini tashkil eta olishini ko‘rish mumkin. Yana shu o‘rinda, bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qismlaridan biri yoki har ikkalasi to‘liqsiz gap va ko‘chirma gapli konstruksiyalar bilan berilishiga ham misollar uchratish mumkin. Bunda to‘liqsiz gap qismi birinchi gap o‘rnida yoki ikkinchi gap o‘rnida kelsa, qo‘shma gap qismlari bog‘lovchilarsiz ohang va ma’no-munosabati bilan qo‘shma gapni hosil qila olishi, qo‘shma gap qismlari bir-birini to‘ldirishi yoki tarkibiga ko‘chirma gapli konstruksiyalar kira olishini qo‘shma gaplarning sintaktik tahlilida kuzatsa bo‘ladi.



F O Y D A L A N I L G A N A D A B I Y O T L A R

R O ‘ Y X A T I

1. G‘.Abduraxmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy

tili, 1-qism, Toshkent, 1979 y.

2. O‘zbek tili grammatikasi, 1-tom, Toshkent, 1975 y.

3. A.G‘ulomov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili,

Toshkent,1987 y.

4. A.Abduraxmanov va boshqalar. O‘zbek tilining grammatikasi, Toshkent, 1996 y.

6. R.Sayfullaeva va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili,

Toshkent, 2007 y.

7. B.Urinboev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, sintaksis Samarqand,2001 y.

8 . uz.denemtr.uz s a y t i .

9 . w w w . Z i y o n e t . u z

10 . azkurs. org

11. www.arxiv.uz



5. Ilovalar






Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling