O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


-Mavzu: Tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash


Download 2.77 Mb.
bet23/57
Sana19.08.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1668233
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
5.1-Mavzu: Tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash
Reja:
Tokni o‘lchash usullari va vositalari

  1. Ampermetrlarni o‘lchash chegarasini kengaytirish

  2. Kuchlanishni o‘lchash usullari va vositalari

  3. Voltmetrlarni o‘lchash chegarasini kengaytirish

Darsning maqsadi: Talabalarda tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash mavzusiga oid bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish
O‘quv faoliyati natijalari:
Talabalarga tokni o‘lchash usullari va vositalari haqidagi bilimlarni egallash; Ampermetrlarni o‘lchash chegarasini kengaytirishning ahamiyati va yo‘llari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Talabalarga kuchlanishni o‘lchash usullari va vositalari haqidagi bilimlarni egallash; Voltmetrning o‘lchash chegarasini kengaytirishning ahamiyati va yo‘llari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Tokni o‘lchash usullari va vositalari
Tok va kuchlanishni bevosita o‘lchash uchun ampermetr va voltmetrlardan foyda­laniladi. Ampermetr va volmetrlar magnitoelektrik (faqat o‘zgarmas tok zanjiri uchun); elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik (o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok uchun); induksion, to‘g‘rilagichli (o‘zgaruvchan tok uchun) va boshqa sistemalarda bo‘lishi mumkin. Tokni o‘lchash uchun zanjirni qulay joyidan uzib, ampermetr A ni iste’molchi karshiligi R bilan ketma-ket ulash kerak (1-rasm). Ampermetrni ulashdan oldin o‘lchanayotgan tokning turini va taxminiy qiymatini bilish kerak. O‘zgarmas tokni o‘lchash uchun induksion sistemadan boshqa barcha sistemadagi ampermetrlardan foydalanish mumkin, ammo amalda magnitoelektrik ampermetrlargina ishlatiladi. CHunki ular juda aniq va yuqori sezgirlikka egadir. O‘zgaruvchan miqdorlarni o‘lchashda asbob shkalasidagi chastota o‘zgaruvchan tok chastotasiga teng yoki katta bo‘lishiga e’tibor berish kerak, aks holda katta xatolik paydo bo‘ladi.
Asbobning o‘lchash chegarasini tanlashda quyidagi oddiy qoidaga rioya qilish kerak, ya’ni o‘lchash chegarasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan miqdordan taxminan 25—30% katta qilib olinadi. CHunki asbobning ikkinchi yarmida nisbiy o‘lchash xatoligi birinchi yarmidagiga nisbatan kamdir.


Tekshirilayotgan elektr zanjiriga ulanuvchi asbob uning parametrlarini mumkin qadar kam o‘zgartirishi lozim. Shu sababli ampermetrning qarshiligi nolga teng bo‘lishi kerak. Bu holda tokni o‘lchash uchun zanjirga ulangan ampermetr zanjir qarshiliginn o‘zgartirmaydi. Amalda bu shartni bajarish mumkin bo‘lmaydi, shuning uchun ichki qarshiligi eng kichik bo‘lgan ampermetrdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo kichik tok (milli va mikroamper) larni o‘lchashda ichki qarshiligi bir necha o‘n va yuz Om bo‘lgan milli va mikroamperlarni ulashga to‘g‘ri keladi.



Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling