82
ILOVA 3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRINING BUYRUG‘I
MAGISTRATURA TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 51-son, 581-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 18 dekabrda
ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2405]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son
«Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining
2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida
magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2007 y., 37-38-son, 384-modda) muvofiq buyuraman:
1. Magistratura to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2007 yil 29
dekabrdagi 269-son «Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi
buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1765, 2008 yil 4 fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2008 y., 6-7-son 28-modda);
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 22
sentyabrdagi 363-son «Magistratura to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va
qo‘shimcha kiritish haqida»gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1765-1, 2010 yil 30 sentyabr)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 40-41-son, 347-
modda).
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: