I bob.Umumiy qoidalar
1. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi
118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 24-25-
son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga
qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar
buyurtmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta’lim
muassasalarida amalga oshiriladi.
3. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy
ta’limdir.
Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat
attestatsiyasi natijalariga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining aniq mutaxassisligi bo‘yicha
«magistr» akademik darajasi to‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi
diplom beriladi.
Magistratura talabalarining (bundan buyon matnda talaba deb yuritiladi)
yakuniy davlat attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami
1963, 2009 yil 5 iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y.,
23-son, 267-modda) asosida amalga oshiriladi.
4. Tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilarining (bundan buyon matnda
buyurtmachilar deb yuritiladi) takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik
hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan dasturlar bo‘yicha maqsadli magistrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
5. Oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash
bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura bo‘limi
tomonidan kafedra va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.
6. Magistraturada ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot shartnoma (to‘lov-
kontrakt) asosida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |