IV bob. Talabalarning huquq va majburiyatlari
19. Talabalar quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning
zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal
qilishda bevosita ishtirok etish;
axborot-resurs markazidagi axborot resurslari, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa
turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul
foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;
o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini nashrga taqdim etish;
oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda,
ularning ustidan shikoyat qilish;
talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek
Davlat stipendiyalari hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan tayinlagan stipendiyalarni olish.
Talaba qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi
mumkin.
20. Talabalarning majburiyatlari:
oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o‘quv rejada nazarda tutilgan bilimlarni
egallash;
o‘quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini, shuningdek
dissertatsiyani belgilangan muddatda bajarish;
oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar
joylari qoidalariga rioya etish.
Talaba zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |