O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish»
-§. Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
ilmiy izlanish asoslari
2-§. Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
30. Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak: titul varaq; 88 ikki tildagi (o‘qitish tili va ingliz tilida) dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; ilovalar (agar mavjud bo‘lsa). Dissertatsiyaning titul varag‘i, annotatsiyasi, mundarijasi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining namunaviy shakli mazkur Nizomning 2—5-ilovalarida keltirilgan. 31. Dissertatsiyaning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; tadqiqot ob’ekti va predmetining belgilanishi; tadqiqot maqsadi va vazifalari; tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili; tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi; tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; tadqiqotning ilmiy yangiligi; dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. 32. Asosiy qism kamida 3 bobdan iborat bo‘lib, bunda tadqiqot masalalari to‘liq yoritilishi lozim. Asosiy qismning boblari hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusi bo‘yicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlilini; talaba tomonidan olib borilgan tahliliy ishlarning tavsifi, tadqiqot olib borishda qo‘llanilgan uslublar hamda tadqiqot vositalarining bayonini; dissertatsiyada talabaning ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning dolzarb muammolarini hal etishga qo‘shgan shaxsiy hissasini; tadqiqot natijalari va ularning muhokamasini. 33. Dissertatsiyaning xulosa qismida barcha qismlarda bayon etilgan tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot muammosining yechimi ko‘rsatilishi lozim. Ushbu qism 4 betdan oshmasligi kerak. 34. Dissertatsiyaning ilova qismiga uning mazmun mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lmagan, qo‘shimcha sifatida qaraluvchi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda ilovaning hajmi dissertatsiya umumiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi lozim. 35. Dissertatsiyada talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) yo‘l qo‘ymasliklari lozim. 36. Dissertatsiya qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo‘lishi, xatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim. 89 Dissertatsiya matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi. 37. Dissertatsiyaning hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 80 betdan oshmasligi lozim. 38. Dissertatsiya talaba o‘qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo‘limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda ham) yozilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan dissertatsiyaga davlat tilida annotatsiya ilova etiladi hamda dastlabki va rasmiy himoyalar tarjima bilan o‘tkaziladi. 39. Magistratura mutaxassisligi xususiyatidan kelib chiqqan holda dissertatsiya tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi o‘zgartirilishi va kengaytirilishi mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling