VI bob. Talaba faoliyatining samaradorligi monitoringi
60. Talabalar tayyorlash sifatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat
ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
61. Vazirlik tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralar bilan hamkorlikda har o‘quv yilining aprel-may oylarida
talabalar faoliyatining samaradorligi monitoringini (bundan buyon matnda
Monitoring deb yuritiladi) olib boradi.
62. Monitoring jarayonida talabalar faoliyati quyidagi mezonlar asosida tahlil
etiladi:
a) magistraturaning 1-kursida:
ish rejaning mavjudligi va uning rasmiylashtirilishi;
ish rejasidagi topshiriqlarning muddatida bajarilganligi;
talabaning bitta ilmiy maqola yoki tezis chop etganligi;
talabaning ilmiy seminarlarda ishtirok etishi;
talabaning fanlarni o‘zlashtirish darajasi.
b) magistraturaning 2-kursida:
ish rejasidagi topshiriqlarning muddatida bajarilganligi;
magistraturada o‘qish muddati davomida kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezis
chop etganligi;
dissertatsiyalarning dastlabki himoyasi o‘tkazilgan taqdirda dissertatsiyaning
dastlabki himoyadan muvaffaqiyatli o‘tganligi;
o‘quv rejasidagi barcha fanlarni o‘zlashtirganligi.
63. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlarini va magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib
ushbu mezonlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Monitoringni o‘tkazish jarayonida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, tegishli
tavsiya va ko‘rsatmalar beriladi.
64. Monitoring natijalari oliy ta’lim muassasasi yoki tegishli fakultet o‘quv-
uslubiy kengashida ko‘rib chiqiladi va tegishli chora-tadbirlar belgilanadi hamda
ushbu o‘quv-uslubiy kengash tavsiyasiga muvofiq talabaning ish rejasiga tegishli
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunda o‘quv-uslubiy kengash
tavsiyasiga muvofiq talabaning ish rejasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish magistraturaning 2-kurs, shuningdek magistraturada tahsil olish muddati 3 yil
bo‘lgan holatlarda 3-kurs talabalariga tatbiq etilmaydi.
65. Monitoring natijalari oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha umumlashtirilgan
holda Vazirlikda muhokama etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |