O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 483.96 Kb. Pdf ko'rish
|
moliyaviy investitsiyalarning auditi
To’rtinchidan, investitsion loyihalarni amalga oshirish natijasida jamiyat uchun
ijtimoiy va iqtisodiy samaraga erishiladi. Masalan, meditsina sohasini rivojlantirish uchun sarflangan pul mablag’lari jamiyatda insonlar salomatligini ta’minlash nuqtayi nazardan ijtimoiy naf, aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko’rsatish nuqtayi nazardan iqtisodiy naf hisoblanadi.
Bugungi kunda korxonalarga jalb etilayotgan investitsiyalarning hajmi mamlakatda yaratilgan investitsion muhitga va investorlarning sarflayotgan mablag’laridan foyda olish imkoniyatini yuqori darajada kafolatlanishiga bog’liqdir. Respublikamizda bu borada qator ishlar amalga oshirilgan va hozirda ham davom etmoqda. Shunday bo’lsa ham iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan investitsiyalarning hajmini yanada oshirish borasida hali ko’plab ishlar amalga oshirilishi lozim deb o’ylaymiz. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida investitsiyalar hajmini yanada oshirish bilan bog’liq quyidagi takliflar kelib chiqdi: Mamlaktda investitsiya faoliyatini tashkil etish va investorlar uchun yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish uchun mavjud huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
talablarga javob beradigan xizmat ko’rsatish komplekslarini yaratishga chet el investitsiyalarini yanada kengroq jalb etish;
uskunalarni, texnika va texnologiyalarni agrosanoatda taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda xorijiy investorlar tomonidan jalb etishni yanada kuchaytirish; Qishloq joylarida kichik-biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda, zamonaviy uylar qurishda ichki investitsiyalar bilan birga tashqi investitsiyalarni ham ko’proq jalb etish; 28
Xorijiy investitsiya asosida faoliyat yuritayotgan va eksport uchun mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar sonini oshirish maqsadida davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va rag’batlantirishlarni yanada kuchaytirish. Korxonalarda investitsiyalarning samaradorligini oshiqishda va korxonalar foydasini maksimallashtirishda investitsiyalarni buxgalteriya hisobida to’g’ri yuritilishini audit qilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Biz mazkur ishda investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini, ularning tasniflanishi va tavsifini, MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK , misolida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga harakat qildik va bunga erishdik deb o’ylayman. Ushbu ishni yozishdan asosiy maqsad— moliyaviy investitsiyalarning mohiyati, tasnifi, investitsiyalar auditining maqsadi, vazifalari, ketma-ketligi, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishdan iborat edi. Shunga asosan, ishning 1-bobida investitsiyalarning mohiyati, ular auditining maqsadi, vazifalari va ketma-ketligi masalalari yoritilgan bo’lsa, uning 2-bobida esa MCHJ“Sam- Praga-Pivo”XIIK misolida uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlari yoritildi.
Kurs ishini yozish natijasida biz MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda buxgalteriya hisobining yuritilishini auditor sifatida emas, balki xolis bir kuzatuvchi sifatida tekshirganimizda (nazoratning kuzatuv usulidan foydalangan holda) quyidagilarni aniqladik. 1. Korxonaning sof foydasi 2008-2010 yillarda oldingi yillarga nisbatan pasaygan. 2. Korxonaning asosiy vositalari oxirigi uch yilda ko’payish tendensiyasida. 3. Korxonaning uzoq muddatli investitsiyalar hajmi so’nggi uch yilda keskin kamayib ketgan, buning hisobiga 2009-2010 yillarda qisqa muddatli investitsiyalar hajmi oshib ketgan. 4. Korxona xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan va qo’shma korxona bo’lsa ham ishlab chiqargan mahsulotini eksport qilmaydi (garchi 20 turdagi mahsulot ishlab chiqarsa ham). 5. Korxonada zamonaviy texnika vositalari, jumladan, kompyuter jihozlari, transport vositalari, dasturiy ta’minotlardan foydalanish koeffitsiyenti yuqori. 6. Korxona hisob siyosatida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning qayta baholanishi uchun 12-son BHMSda ko’zda tutilgan usullardan birini tanlab taqdim etmagan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, oxirgi
yillarda korxonaning asosiy ko’rsatkichlari pasayishining asosiy sabablaridan biri (bizning fikrimizcha) so’nggi yillarda jamiyatda direktorlik lavozimida qo’nimsizlikning vujudga kelishi, ya’ni rahbarlarning bir necha marotaba almashinishi degan xulosaga keldik. Chunki har qanday xo’jalik yurituvchi subyektda ham boshqaruvda sustkashlikka yo’l qo’yish va tegishli qarorlarni o’z vaqtida qabul qilmaslik oqibatda korxona ko’rsatkichlarining pasayishiga olib keladi.
Olib borilgan tekshiruvlar va kuzatuvlar natijasida korxona investitsiyalar hisobini yaxshilash (auditorlik kuzatuvining natijasi sifatida) va korxonaning faoliyatini yanada rivojlantirishga oid quyidagi takliflarni beramiz: 29
Korxonada samarali boshqaruvni tashkil etish va buxgalterlarni boshqaruvda ishtirokini kuchaytirish; Korxonada chet el investitsiyalarini jalb etish va eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bilan xorijiy valyutaga ega bo’lish va foydani ko’paytirish;
magazinlar sonini ko’paytirish;
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni maqsadli ravishda ko’paytirish (Bugungi kunda jahondagi ko’plab investitsion kompaniyalar uzoq muddatga investitsiya kiritishni afzal ko’rishmoqda) va ularni qayta baholashning usulini hisob siyosatida aks ettirish;
turlariga mos hisobda aks ettirish;
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarga mablag’ sarflayotganda nufuzli kompaniyalar, banklar va
aksionerlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini sotib olishga ko’proq e’tibor berish;
aktivlarni sho’ba korxonalarga uzoq muddatli investitsiya sifatida kiritish; Investitsiyalarga oid boshlang’ich hujjatlarni tuzishda kamchiliklarga yo’l qo’ymaslikka harakat qilish. Korxonada ichki auditorlik xizmati faoliyatini kuchaytirish va shu orqali buxgalteriya hisobini yanada yaxshilash. Umuman olganda, MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK Samarqand viloyatidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Viloyatda bandlikni ta’minlash va hududiy ishlab chiqarish hajmini oshirishda ushbu korxona alohida o’rin tutadi. Bir so’z bilan aytganda korxonada buxgalteriya hisobi 1-S dasturida olib boriladi va yuqori saviyada tashkil etilgan. Korxonada buxgalteriya hisobi respublikada amalda bo’lgan qonun hujjatlari asosida yuritilmoqda. Bizning fikrimizcha, korxonada taskil qilingan hisob tizimiga ijobiy baho berish mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling