O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
II bob. Moliyaviy investitsiyalarning auditining amaliy jihatlari va uni
Download 483.96 Kb. Pdf ko'rish
|
moliyaviy investitsiyalarning auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Auditni rejalashtirish»
II bob. Moliyaviy investitsiyalarning auditining amaliy jihatlari va uni
yaxshilash yo’llari 2.1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi.
uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo‘yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Investitsiyalar auditini rejalashtirish chog‘ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo‘llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan
belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o‘tkazish mumkin emas. Amalda, investitsiyalar auditini rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko‘p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishi to‘g‘risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o‘tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo‘shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: a) auditni dastlabki rejalashtirish; b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; v) audit dasturini tayyorlash va tuzish. Bugungi kunda korxonalarda moliyaviy investitsiyalar auditini o’tkazishda auditning dastlabki va umumiy rejasini tuzishda turli xildagi yondashuvlar mavjud. Hozirda moliyaviy faoliyat korxonalarning asosiy bo’lmagan faoliyatiga kiradi va ushbu faoliyat bilan bog’liq operatsiyalar uncha ko’p bo’lamaganligi sababli auditni dastlabki va umumiy rejalarini tuzish muhim ahamiyat kasb etmaydi. Auditor faqatgina auditning dasturini tuzib unga muvofiq auditni o’tkazishi ham mumkin va amaliyotda bunday holatlarni ko’plab uchratamiz. Biroq bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi moliya bozorining birlamchi va ikkilamchi bozorlarini vujudga kelishi, moliyaviy faoliyat bilan shug’ullanuvchi bir qancha yirik korxonalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, banklar, investitsiya kompaniyalari va investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi sug’urta kompaniyalarida moliyaviy investitsiyalar auditi o’tkazilganda auditning dastlabki, umumiy rejalari va dasturini tuzish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Biroq, biz bugungi kunda ko’proq ishlab chiqarish korxonalarining investitsiya faoliyatining auditi masalalariga to’xtalib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditi masalalarini kengroq yoritamiz.
18
Biz quyida MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK misolida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditini ko’rib chiqamiz. Ushbu korxona to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar 4-5-6 ilovalarda keltirilgan. Korxona bilan tanishish va uni o’rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, ushbu korxonada moliyaviy investitsiyalar bo’yicha audit o’tkazilmagan. Buning asosiy sababi korxonaning uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarining so’nggi yillarda keskin kamayib ketishidir (2.1.1-rasm).
Download 483.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling