O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 483.96 Kb. Pdf ko'rish
|
moliyaviy investitsiyalarning auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izoh: 21-son BHMS talablari asosida tayyorlangan. Muallif ishlanmasi.
2.1.2-jadval*
T/R
mazmuni Schyotlarning bog’lanishi debet Kredit 1.
Moliyaviy investitsiyalar asosiy vositalar berish yo’li bilan kiritilganda 0610 9210 2.
Moliyaviy investitsiyalar nomoddiy aktivlar va materiallar berish yo’li bilan xarid qilinganda 0610
9220 3.
Moliyaviy investitsiyalar mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni berish yo’li bilan kiritilganda 0610
9010, 9020,
9030 4.
Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yo’li bilan kiritilganda 0610
5010- 5530
5. Uzoq muddatli investitsiyalar qisqa muddatli investitsiyalar tarkibiga o’tkazilganda 5810-5830 0610-0690 6. Qimmatli qog’ozlarning xarid va nominal qiymatlari o’rtasidagi farq: 0610
9590
21
a) nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori bo’lganda b) xarid qiymati nominal qiymatdan yuroqi bo’lganda
0610 7. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning qaytarilishi 5110-5530 0610 8.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar tarkibidagi qimmatli qog’ozlarning sotilishi 9220
0610 *Izoh: 21-son BHMS talablari asosida tayyorlangan. Muallif ishlanmasi. Auditor uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha xo’jalik operatsiyalar yuqoridagi jadvaldagi yozuvlarga muvofiq kelganligini tekshiradi. MCHJ “Sam- Praga-Pivo”XIIKda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha qilingan yozuvlar (5-ilovaga qarang) tekshirilganda 21-son BHMS talablaridan chetlanish aniqlanmadi. Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520 - «Dividend ko‘rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko‘rinishidagi daromadlar» va 9560 - «Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot ( ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliya natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi. Auditor ushbu daromadlarning belgilangan tamoyillar (hisoblash) ga muvofiq tan olinganligi va hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshiradi. Biz o’rganayotgan korxonada 2010 yil 31 dekabrda olingan moliyaviy yordamga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilingan (5-ilovaga qarang): Debet 0610 –“Qimmatli qog’ozlar”, 83150 so’m. Kredit 9590 –“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”, 83150 so’m. Ushbu yozuv to’g’ri amalga oshirilgan va 21-son BHMS talablariga mos keladi. Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga bo‘linadi: * umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida soliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorlikdagi faoliyatdan olingan daromadlar); * maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador - korxonaga tegishli va bu qimmatli qog‘ozlar egasining emitent - korxona foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo‘yicha olingan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog‘ozlari; O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa korxonalar ustav kapitalida hissa qo‘shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to‘lash manbalaridan to‘lanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan ishlar bajarilgandan so’ng moliyaviy investitsiyalar bo’yicha joriy hisob registrlaridagi ma’lumotlar moliyaviy hisobotdagi 22
ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Bunda auditning solishtirish usulidan keng foydalaniladi. Ushbu jarayon yakunlangandan so’ng, audit natijalari auditor tomonidan tuzilgan auditorlik hisobotida umumlashtiriladi va hisobotni tuzgan auditorlar, auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Ushbu hisobotga asosan korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida auditorlik xulosasi beriladi va u auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Audit nazariyasidan bizga ma’lumki, jahon amaliyotida auditorlik xulosasining to’rtta, mamlakatimizda esa ikkita: ijobiy va salbiy, turlari mavjud. Auditorlik xulosasining tuzilishi va mazmuni 3-ilovada keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditi yuqorida keltirilgan ketma-ketlik va ko’rsatilgan jarayonlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. 23
2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi.
Korxonalar o’z faoliyatlarida qisqa muddatli investitsiyalarni amalga oshiradilar. BHMS №12 “Moliyaviy investitsiyalar hisobi”da qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar –muomala muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar”. 8 Bu xarakterdagi investitsiyalar ko’pincha qisqa muddatda qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga belgilangan foizlarda (ba’zan, foizsiz ham bo’lishi mumkin, korxonalar o’rtasida tuziladigan shartnomaga bog’liq) beriladigan qisqa muddatli qarzlar va boshqa joriy investitsiyalar kiradi. Biz tadqiq etayotgan MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda 2009 yildan boshlab qisqa muddatli investitsiyalar amalga oshira boshlangan. Korxona ma’lumotlariga ko’ra ushbu korxonada qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning barchasi qisqa muddatli qarzlar hisobiga amalga oshirilgan (4-5-ilovalar). Qisqa muddatli investitsiyalar auditi ham xuddi uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditi singari amalga oshiriladi. Faqatgina qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar auditining asosiy farqli tomoni ushbu turdagi investitsiyalarning analitik va sintetik hisobini tekshirishdir. Korxonalarda qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga olish, ular bo’yicha analitik va sintetik hisobni yuritish uchun 21-son BHMSda 5800—“Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar” tizimida quyidagi analitik schyotlar ko’zda tutilgan: 5810—“Qimmatli qog’ozlar”. 5820—“Berilgan qisqa muddatli qarzlar”. 5890—“Boshqa joriy investitsiyalar”. Auditor qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini quyidagi buxgalteriya yozuvlari asosida tekshirishi maqsadga muvofiq (2.2.1-jadval).
Download 483.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling