O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


*Izoh: 21-son BHMS talablari asosida tayyorlandi. Muallif ishlanmasi


Download 483.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana05.01.2022
Hajmi483.96 Kb.
#208821
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
moliyaviy investitsiyalarning auditi

*Izoh: 21-son BHMS talablari asosida tayyorlandi. Muallif ishlanmasi. 

 

MCHJ  “Sam-Praga-Pivo”XIIKda qisqa  muddatli investitsiyalar  bo’yicha qilingan 

buxgalteriya  yozuvlari  (5-ilovaga  qarang)  tekshirilganda  21-son  BHMS 

talablaridan chetlanish aniqlanmadi.  

 

Odatda  korxonalar  qisqa  muddatli  investitsiya  sifatida  boshqa  korxonaga 



kelishilgan  foizlar  asosida  pul  mablag’lari  ko’rinishidagi  qarzlarni  berishlari 

mumkin.  Bunday  hollarda  hisoblangan  foizlarga  quyidagicha  buxgalteriya  yozuvi 

qilinadi.    

Debet 4830 –“Olinadigan foizlar” 

Kredit 9530—“Foiz ko’rinishidagi daromadlar”. 

Auditor  audit  jarayonida  ushbu  yozuvning  to’g’ri  amalga  oshirilganligini  va 

olingan daromadning soliqqa to’g’ri tortilganligini tekshirib ko’radi.  

Ushbu  masalalar tekshirilib bo’lingandan  so’ng  auditor  joriy  hisob  registrlaridagi 

ma’lumotlarni  moliyaviy  hisob  ma’lumotlari  bilan  solishtirib,  tekshirib  ko’radi. 

Bunda  auditor  moliyaviy  hisobotning  1-shakli  “Buxgalteriya  balansi”,  2-shakl 

“Moliyaviy  natijalar  to’g’risidagi  hisobot”,  4-shakl  “Pul  oqimlari  to’g’risidagi 

hisobot”lardan foydalanadi.  

 

 Audit  jarayoni  yakuni  odatdagidek  auditorlik  hisobotini  tuzish  va  o’zining 



xolisona bahosini, ya’ni auditorlik xulosasini berish bilan yakunlanadi.  

 

Umuman  olganda,  qisqa  nuddatli  investitsiyalar  auditi  uzoq  muddatli 



investitsiyalar  auditi  kabi  amalga  oshiriladi.  Audit  jarayonida,  avvalo,  qimmatli 

qog’ozlarning  originalligi,  to’liq  rasmiylashtirilganligi,  ularga  mablag’larning 

maqsadli sarflanganligi, korxonalar o’rtasidagi shartnomalar yuridik va o’zaro teng 

manfaatlilik jihatidan to’g’ri tuzilganligi, olingan daromadlar bo’yicha soliqlarning 

o’z  vaqtida  Soliq  Kodeksi  talablari  asosida  hisoblanganligi  va  to’langani 

tekshiriladi. Bundan tashqari uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning 

baholanishi  va  qayta  baholanishi,  qayta  baholash  usullarining  korxona  Hisob-

siyosatida  o’z  aksini  topganligi  ham  auditor  tomonidan  sinchiklab  tekshirilishi 

lozim.  



 

25 


  2.3. Moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilash yo’llari. 

 

 



Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  so’ng  bozor  iqtisodiyotiga 

o’tishning  o’ziga  xos  yo’li  tanlandi.  Buning  natijasida  mamlakatda  bir  qancha 

yangi  faoliyat turlari vujudga keldi. Shulardan biri auditorlik faoliyatidir. Istiqlol 

yillarida  ushbu  soha  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlandi.  Endilikda,  rezpublikamizda 

audit  va  auditorlik  faoliyatining  huquqiy  asoslari  to’liq  yaratildi.    O’zbekiston 

Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risi”dagi Qonunining qabul qilinishi (2000 

yil  26  may)  fikrimizning  yorqin  isboti  bo’la  oladi.  Biroq  ushbu  sohani  yanada 

rivojlantirish  borasida  hali  qilinishi  zarur  bo’lgan  ishlar  mavjud.  Bu  ishlarning 

mazmuni o’rganib chiqilib, ular bo’yicha quyidagi takliflarni bermoqchimiz: 

 



“Auditorlik  faoliyati  to’g’risida”gi  qonunga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar 

kiritish. Unga  ichki audit, uning mazmuni,  maqsadi va amal qilish sohasini 

aniq ko’rsatish. 

  Auditorlik  tashkilotlarining  huquqlarini  yanada  kengaytirish  va  ularning 



xizmatlar bozoridagi faoliyatini yanada rivojlantirish

 



Audit  sohasidagi  kadrlar  masalasiga  alohida  e’tibor  berish.  Oliy  o’quv 

yurtlarida  “Audit”  yo’nalishi  bo’yicha  tahsil  olayotgan  talabalarning 

kelajakda  auditor  bo’lib  ishlashiga  amaliy  yordam  ko’rsatishni  yanada 

kengaytirish. 

  Auditor  malaka  sertifikatini  olish  tartibini  soddalashtirish  va  bu  sohada 



“Audit” mutaxassisligi bo’yicha tahsil olgan talabalarga imtiyozlar berishni 

yo’lga qo’yish.  

Yuqoridagi  fikrlar  respublika  miqyosida  auditorlik  faoliyatini  rivojlantirshga 

qaratilgan.  Biroq  bizning  ushbu  ishni  yozishdan  maqsadimiz  moliyaviy 

investitsiyalar auditini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat edi. 

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilashga 

qaratilgan quyidagi takliflarni ishlab chiqdik: 

  Korxonalarning  investitsiya  faoliyatini  kuchaytirish  va  uni  hisobini  tashkil 



qilishda ichki auditning rolini oshirish; 

 



Investitsiya  faoliyati  bilan  shug’ullanuvch  yirik  korxonalarda  moliyaviy 

investitsiyalar  auditi  o’tkazilganda  auditning  dastlabki  va  umumiy  rejasi, 

auditorlik dasturini to’liq tuzishga alohida e’tibor berish; 

  Bugungi kunda korxonalarda kompyutelashtirilga hisob yuritilayotganligini 



inobatga olib, audit o’tkazishda ham zamonaviy usullardan va hisob yuritish 

dasturlaridan keng foydalanish; 

 

Moliyaviy  investitsiyalar  samaradorligini  aniqlash  bo’yicha  auditorlik 



tahlilini  o’tkazish  va  korxonaning  kelgusi  investitsiya  faoliyatiga  zarur 

bo’lgan taklif va tavsiyalar berish

  Korxonadagi  ichki  rezevlarni  auditolik  tahlili  natijasida  aniqlash  va 



qo’shimcha investitsiya kiritishni ta’minlashga qaratilgan takliflarni berish; 

  Moliyaviy  investitsiyalar  auditi  natijasi  bo’yicha  beriladigan  auditorlik 



xulosasining  mzmunini  boyitish  (odatda,  amaliyotda  qisqa  xulosalar 


 

26 


beriladi)  hamda  korxonada  investitsiyalar  hisobining  alohida  xususiyatlari; 

ijobiy va salbiy jihatlarini yoritib berish. 




 

27 



Download 483.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling