Xulosa va takliflar
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida
iqtisodiyotni rivojlantirishga bir qancha omillar ta’sir etadi. Mana shu omillardan
eng muhimlaridan biri bu iqtisodiyotga qilinayotgan investitsiyalar hajmidir.
Iqtisodiyotga investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida quyidagilarga
erishish mumkin.
Birinchidan, iqtisodiyotga investitsiyalarning kiritilishi dastavval ishlab
chiqarishning oshishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmining o’sishi o’z-o’zidan
ishsizlik, YaIM, inflatsiya va iqtisodiy o’sishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ikkinchidan, investitsiyalarning kiritilishi pul aylanish tezligiga ham ta’sir
ko’rsatadi. Iqtisodiyotda pul qanchalik tez aylansa, daromad shunchalik yuqori
bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy
maqsadi ham yuqori daromad olib, maksimal foydaga erishishdir.
Uchinchidan, pul mobilizatsiyasini ta’minlashda, ayniqsa jismoniy shaxslar
qo’lidagi pul mablag’larining o’z vaqtida, maqsadli ishlatilishi, ya’ni investitsion
loyihalarni moliyalashtirishda aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larining keng jalb
qilinishi ham aholi daromadlarining oshishiga ham korxonalar faoliyati
kengayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |