O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet22/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Nazorat idoralari quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

  • sertifikatlashtirilgan mahsulot va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat o’tkazish;

  • sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va sinov laboratoriyag’markazlari faoliyatlarini milliy akkreditlashtirish idorasi topshirig’i bo’yicha nazorat o’tkazish;

  • buyurtmachilarning buyurtmalariga muvofiq ob’ektlarni tahlil qilish va baholash hamda to’g’rilovchi tadbirlarini nazorat qilish;

  • nazorat natijalari bo’yicha appelyatsiyalarni ko’rib chiqish.

Bunday idoralar sifatida “O’zstandart” agentligining maxsus vakolatiga ega bo’lgan tashkilotlari, boshqarishning boshqa davlat idoralari, shuningdek, sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarning bo’limlari va O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy idorasi talablariga javob beruvchi boshqa tashkilotlar akkreditlanishi mumkin.
Ekspert-auditorlarning vazifalari quyidagilar:

  • sertifikatlashtirish bo’yicha (arizalar tahlili, qarorlar qabul qilish, namunalarni tanlab olish va identifikatsiyalash, ishlab chiqarishni nazorat qilish va b.) ishlarni bajarish;

  • muvofiqlik to’g’risida deklaratsiyani qabul qilish uchun asos qilib olingan, belgilangan, isbotlangan hujjatlarni tekshirish;

  • sinov bayonnomalarining xolisonaligini ta’minlash uchun mahsulot sinovida qatnashish.

Mahsulot tayyorlovchi bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idorasi bilan shartnoma asosida va ular bilan o’zaro muvofiqlikda faoliyat olib boradi:

  • sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun zaruriy hujjatlarni va mahsulotni taqdim qilish hamda sertifikatlashtirishni o’tkazishga talabnoma jo’natadi;

  • O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi rahbariy hujjatlariga muvofiq sifat menejmenti tizimini yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga tayyorlaydi;

  • me’yoriy hujjatlar talablariga ishlatilayotgan mahsulot muvofiqligini ta’minlaydi, ya’ni u muvofiqlikka sertifikatlashtirilgan bo’lsa;

  • O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida o’rnatilgan qoidalar tartibida sertifikatlangan mahsulotga muvofiqlik belgisini tamg’alaydi;

  • O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalari va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan muvofiqlik belgisi va sertifikatini qo’llaydi;

  • nazorat idoralari va sertifikatlashtirish idoralari mansabdor shaxslari inspektsiya tekshiruvg’nazoratini o’tkazishi uchun sharoitlarni ta’minlaydi;

  • texnikaviy hujjatlarga va sertifikatlangan mahsulotni ishlab chiqarish texnologik jarayonlariga tuzatishlar, o’zgartirishlar, agarda bu o’zgarishlar sertifikatlashtirishda tekshirish tavsiflarga ta’sir qilsa, bular haqida sertifikatlashtirish idorasiga xabar beradi;

  • sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarga to’lovlarni amalga oshiradi;

  • muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati tugasa, sertifikatni amal qilish muddatini to’xtatish yoki bekor qilinsa, majburiy sertifikatlashtirishda turuvchi mahsulotni sotishdan to’xtatiladi va chek qo’yiladi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling