O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
) muvofiqlik sertifikatini berish
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8) muvofiqlik belgisi.
7) muvofiqlik sertifikatini berish. Sertifikatlashtirish idorasi sinov bayonnomasini ko’rib chiqib, ishlab chiqarish holatini baholashi va ijobiy qaror qabul qilganidan so’ng sertifikatni rasmiylashtiradi va uni davlat reestrida ro’yxatga olib, O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida o’rnatilgan qoidalar bo’yicha arizachiga topshiradi. Muvofiqlik sertifikati faqat ro’yxatga olingan raqami mavjud bo’lganda kuchga ega. Muvofiqlik sertifikati davlat va rus tillarida rasmiylashtiriladi. Muvofiqlik sertifikati blankasining o’rnatilgan shakli ilova – Sda keltirilgan.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish sinovining o’tkazilish shartlari va mahsulotning o’ziga xos xususiyatlarini hamda mahsulotning me’yoriy hujjatini amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlanganligi hisobga olib, uch yildan kam bo’lmagan muddat uchun belgilaydi. Mahsulot partiyasi yoki donali buyumlar muvofiqlik sertifikati yaroqlilik muddatiga va bu yaroqlilik muddatidan ko’p bo’lmagan muddatda qo’llanilsa, amal qiladi. Muvofiqlik sertifikati arizachiga ikki ish kuni davomida topshiriladi, shuningdek, SI sinov natijalarini olgan vaqtdan boshlab SI ishlab chiqarish kuzatuvini 5 ish kun davomida o’tkazadi. Arizachi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashigacha bir oydan kam bo’lmagan vaqtda ishlab chiqarayotgan mahsulotini qayta sertifikatlashtirish maqsadida sertifikatlashtirish idorasiga ariza berish huquqiga ega. Bunda SI inspektsiya nazorati natijalarini hisobga olib, sertifikatlashtirish sxemasini o’zgartirishi mumkin. Mahsulot konstruktsiyasiga yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga o’zgartirish kiritishni rejalashtirishda, ya’ni sertifikatlashtirishda mahsulotning tavsiflariga ta’sir qilish mumkinligini, tayyorlovchi bu idorani habordar qiladi, chunki sertifikat beruvchi zaruriy to’g’rilovchi chora-tadbirlar haqida qaror qabul qiladi. 8) muvofiqlik belgisi. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida o’rnatilgan sertifikatlashtirish sxemasi tuzilgan kelishuvni hisobga olib, arizachi-litsenziya egasiga sertifikatlashtirilgan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqi beriladi. Seriyali mahsulotga muvofiqlik sertifikatini berish vaqtida vakil namunasi sinovi natijalari, bu mahsulotga zarurat bo’lganda qadoqlash, idish va ilova hujjatlari korxona-tayyorlovchining javobgarligi bilan, sinalgan namuna va ishlatilayotgan mahsulot me’yoriy hujjatlarda o’rnatilgan talablarga muvofiqligini ta’minlab Muvofiqlik belgisi bilan tamg’alaydi. Muvofiqlik belgisini qo’llashning umumiy qoidalari O‘zDSt 5.8:2006 «O’zMTMT. Muvofiqlikni tasdiqlash belgisi. Qo’llash qoidalari»da o’rnatilgan. Muayyan mahsulot turi bo’yicha belgidan foydalanishga o’ziga xos talablar bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi va belgini qo’llash kelishuvida o’rnatilgan. Belgining tasviriga talablar O‘zDSt 1.19:2000 «O’zDST. Muvofiqlikni tasdiqlash belgisi. Shakli, chizilishi, asosiy o’lchamlari»da aniqlangan. Sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarga muvofiqlik belgisi namunasi 2.4-rasmda ko’rsatilgan.
2.4-rasm. Muvofiqlik belgisi bilan kod belgilanishini qayd qilish misoli. Donali buyumlarni sertifikatlashtirishda uni muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash amalga oshirilmaydi. Sifat tizimi muvofiqlik belgisini mahsulotning ilova hujjatlarida, reklama materiallarida qo’llash bo’yicha arizachiga huquqni, sifat tizimini sertifikatlashtirish idorasi taqdim qiladi. Sifat menejmenti tizimi muvofiqlik belgisi bevosita mahsulotga qo’yilmaydi. Muvofiqlik belgisi har bir sertifikatlangan mahsulotning qo’zg’almas qismiga, tayyorlovchi bu mahsulotning har birini donalab qadoqlashida tovar belgisi bilan yonma-yon tamg’alanadi. Muvofiqlik belgisini bevosita mahsulotga qo’yish imkoniyati yo’q (masalan, gazsimon, suyuq va sochiluvchan materiallar va moddalar), idishiga yoki qadog’iga qo’yiladi. Zarurat bo’lganda, maxsus texnik vositalar, yorliq, lentalardan foydalaniladi. Sertifikatlangan mahsulot va xizmatga, arizachi va ta’minotchi muvofiqlik belgisi bilan uning kodini qo’yishi lozim. Muvofiqlik belgisining kodini tushirish qo’shimcha belgi ko’rinishida, sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlar bir guruh mahsulotlariga tegishli ekanligini sertifikatlashtirish idorasi aniqlaydi. Kodning belgilanishi quyidagicha: Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling