O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar mehnat sarfining o’rtacha qiymati


Download 0.99 Mb.
bet32/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar mehnat sarfining o’rtacha qiymati






Ishlarning nomi

Mehnat, odam. kun.

1

Me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish

A4 format 1 varag’iga 0,025

2

Xalqaro va xorijiy me’yoriy hujjatlarni (tarjimasiz) tahlil qilish

A4 format 1 varag’iga 0,05

3

Konstruktorlik va texnologik hujjatlarni ekspertiza qilish

A1 format 1 varag’iga 0,1

4

Sertifikatlashtirish sxemalarini tahlil qilish

1

5

Sinov laboratoriyasini tanlash

3

6

Sifat tizimi va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish idorasini tanlash

3

7

Deklaratsiya-talabnomasi bo’yicha qaror tayyorlash

1

8

Sinov dasturini ishlab chiqish

4

9

Sinov qurilmasiini tayyorlash, namunani tanlash va sinovni o’tkazish

Sinov dasturiga muvofiq

10

Sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish

Sinov dasturiga muvofiq

11

Sinov bayonnomasini tahlil qilish

2

12

Olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish to’g’risida qaror qabul qilish

2

13

Inspektsiya nazorati sxemasini ishlab chiqish

2

14

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va ro’yxatga olish

1



2.5. Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash uchun mahsulotni sinash


Sinashning maqsadi mahsulot ko’rsatkichi va ushbu mahsulotni me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini haqiqiy qiymatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ishonchli va xolisona olish hisoblanadi. Ma’lumot ta’minotchi muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilishda yoki muvofiqlik sertifikatini berish to’g’risida qaror qabul qilish uchun kerak bo’ladi.


Sinovni o’tkazishga umumiy talablar. Sertifikatlashtirish sinovini o’tkazish uchun sinov laboratoriyalari akkreditlangan bo’lishi, shuningdek, sinov turlari ro’yxati va akkreditatsiya haqida attestat, sinov laboratoriyasi o’tkazish (akkreditlash sohasi) mavjud bo’lishi lozim va sinovni o’tkazish huquqiga ega. Agarda sinov laboratoriyalari faqat texnik omilkorlikka akkreditlangan bo’lsa, bu holda sertifikatlashtirish sinovlari o’tkazilayotganda sertifikatlashtirish idorasi vakili ishtirok etishi shart. Sertifikatlashtirish sinovlari akkreditlanmagan sinov laboratoriyalarida o’tkazilsa, amal qilishi hisobga olinmaydi.
Sinovlarni o’tkazishga sinov vositalarini tayyorlash yaroqliligi, ishlash qobiliyati hamda ularni ishlatish hujjatida o’rnatilgan talablarga muvofiq ishga sozlash yo’li bilan ularni mavjudligi tekshiriladi.
Aniqlik va uzatuvchanlik me’yorlari sinov vositalarini tanlashda, sinashda, sinov natijalarini rasmiylashtirish va ma’lumotlarni qayd qilishda rioya qilinishi shart. Mahsulot me’yoriy hujjatlarida aniqlik me’yorlari belgilanadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling