O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet34/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

4) sinovni o’tkazish. Sinovlar tasdiqlangan sinov dasturiga to’liq muvofiq o’tkazilishi va sinalayotgan mahsulot me’yoriy hujjatlari, sinov usullariga muvofiq sinovga tayyorlangan bo’lishi lozim.
Sinovni o’tkazish shartlari mahsulotning me’yoriy hujjatlari va sinov usullariga muvofiq bo’lishi kerak.
Sinov vositasini ishga tushirish faoliyatida, sharoit va sinovning davomiyligi, sinov vositasini ishlatish hujjatlari va mahsulotni sinash usullariga to’liq muvofiq ravishda bajarilishi lozim.
Sinalayotgan mahsulotning tavsifi sonli qiymatlari sinov ma’lumotlari jurnalida qayd qilinishi kerak. Sinashda mahsulotning me’yoriy hujjatlarida ko’rilgan, sinalayotgan mahsulot tarkibiy tavsiflari ro’yxatga olib boriladi. Sinov ma’lumotlarig’natijasi ular qanday olingan bo’lsa, shundayligicha, ya’ni ketma-ketligi va shakli bo’yicha yoziladi. Dastlabki guruhlash, ma’lumotlarni yaxlitlash va alohida qiymatlarni istisno qilishga yo’l qo’yilmaydi. Nuqsonlarning ko’rinishi ham ro’yxatga olinadi.
5) sinovdan so’ng namunani tadqiq qilish tashqi ko’rinishi, ish qobiliyati va namunaning sinovdan oldingi va keyingi boshqa tarkibi hamda o’zgarishlarni ro’yxatga olish, agarda u mavjud bo’lgan taqdirda, solishtirishlar maqsadida o’tkaziladi.
6) ma’lumotlarni qayta ishlash sinov amaldagi mahsulotning me’yoriy hujjatlari va uni sinash usullari bo’yicha bajariladi. Agar zarurat bo’lganda, me’yoriy hujjatlarda tavsiya qilinmagan sinov ma’lumotlari qayta ishlash usuli, sinov usullarida o’rnatilgan tartibda bo’lishi shart. Zarurat bo’lganda, qiymatlarning tushishi paydo bo’lishi, bir xilligini tekshirish, bu ma’lumotlarni tarqalish turi va mustaqil bo’lgani uchun sinov natijalarining dastlabki qayta ishlashi o’tkaziladi.
7) sinov bayonnomasini tayyorlash va rasmiylashtirish. Sinov natijalari sinov bayonnomasida ko’rsatilishi lozim. Sinov bayonnomasida mahsulotni sinash va me’yoriy hujjatlari talablariga hamda sinov usuli, dasturlariga muvofiq sinov natijalari mahsulot tavsifi qiymati ko’rinishida, ma’lumotlar qayta ishlashdan so’ng olingan qiymatlarda aks topgan bo’lishi lozim.
Bayonnomaning belgilanishi har bir betda qo’yilgan bo’lishi kerak. Bunday belgilan tartib raqami va bayonnoma rasmiylashtirilgan sanalar bo’lishi mumkin. Bayonnomaning har bir betida umumiy betlar soni hamda mazkur betning raqami ko’rsatiladi.
Sinov laboratoriyalarining belgilanishi sinov laboratoriyaning nomlanishi, manzili va akkreditlangan guvohnoma raqami ko’rinishida ko’rsatilishi lozim. Yirik tashkilot tarkibidagi uning tarkibiga aloqador bo’lgan, sinov laboratoriyasi bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarning kiritilishiga ruxsat etiladi.
Iste’molchilar belgilanishi, sinov uchun buryutmachi nomi va manzili ko’rinishida ko’rsatilishi lozim.
Sinashga yo’llanilayotgan mahsulot ushbu mahsulot turi uchun, faqat tavsifli belgilanishi lozim. Bu belgilanishni kiritish tanlanayotganda (masalan, tartib raqami) mahsulotni sinash uchun (yoki unga qistirilgan yorliq) iste’molchilar, tayyorlovchilar yoki sinov laboratoriyasining o’zi ta’minlaydi. Bunday qo’shimcha ma’lumotlar sifati, ya’ni tayyorlash sanasi, mahsulotni olish sana va h. kiritishga ruxsat etiladi. Sinov usullari aniqlangan bo’lishi shart va nostandart sinov usullarini qo’llashga ruxsat etilmaydi.
Subpudrat sinov laboratoriyag’markazlar qatnashganida sinovni o’tkazishda, ular sinov bayonnomasida ko’rsatilib o’tilishi shart. Subpudrat laboratoriya bayonnomasi buyurtmachi laboratoriyasi bayonnomasiga qo’shib qo’yiladi.
Sinov natijalari mahsulotning me’yoriy hujjatlari talablariga va sinov usullari ko’rsatmalariga muvofiqlikda aniq, tushunarli, to’liq va ikki ma’no keltirib chiqaruvchi bo’lmagan holatda taqdim qilinadi. Sinovni o’tkazish sanasi o’rnatilgan talablarga muvofiq ko’rsatiladi.
Sonli natijalar zarurat bo’lganda, xatoligi yoki noaniqligi hisoblanib, birga taqdim qilinadi.
Sinov bayonnomasiga faqat sinalayotgan mahsulotga aloqador ma’lumotlar, olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar kiritiladi.
Sinov bayonnomasida, odatda, MH talablari bo’yicha sinalayotgan mahsulot bu mahsulotga muvofiqligi baholanadi.
Qo’shimcha ma’lumotlar sinov bayonnomasining texnik tarkibiga aloqador, uni keyinchalik qo’llash hamda buyurtmachi va sinov laboratoriyasi majburiyatlari va huquqlari, shuningdek, ixtiyoriy masalalar bo’yicha taqdim qilinishi mumkin. Bunday ma’lumotlarga sinov bayonnomasi chop etish shartlarini kiritish mumkin.
Sinov bayonnomasiga to’g’rilashlar va qo’shimchalar kiritish u rasmiylashtirilganidan so’ng faqat qo’shimcha hujjat sifatida taqdim etilishiga ruxsat beriladi.
Sinov bayonnomasi to’rt nusxada rasmiylashtirilib, ulardan biri sinov laboratoriyasi arxivi va ishda qoldiriladi. Ikkitasi sinovni buryutmachlariga, ya’ni sub’ektlarga beriladi.
Sinalgan mahsulot namunasini saqlash, utillashtirish yoki uni ta’minotchiga qaytarish sinov laboratoriyasi va ta’minotchig’buyurtmachi sinovni o’tkazishi o’zaro tuzilgan shartnoma bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling