O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet36/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Nazorat savollari
1. O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tiziminingasosiy qoidalarini tushuntiring.
2. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish nima?
3. Majburiy sertifikatlashtirish nima?
4. Ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish qanday jihatlari bilan farq qiladi?
5. O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
6. O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasiga nimalar kiradi?
7. O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilot va idoralarning vazifalarini tushuntiring.
8. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi va tartibi hujjatlari nimalarni belgilaydi?
9. Sertifikatlashtirish bo’yicha xalqaro hamkorlik nimalardan iborat?
10. Sertifikatlashtirishning umumiy bosqichlari qanday ishlarni qamrab oladi?
11. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qanday amalga oshiriladi?
12. Mahsulotlarni sertifkatlashtirish tartibi ketma-ketligi nimalardan iborat?
13. Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar mehnat sarfi va narxi qanday aniqlanadi?
14. Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash uchun mahsulotni sinash qanday amalga oshiriladi?
15. Sinovni o’tkazish qaday bosqichlardan iborat?
16. Sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspektsiya nazorati qanday amalga oshiriladi?


III-BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI HAMDA ISHLAB CHIQARISH VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH




3.1. Sertifikatlashtirish sxemalari va ularning qo’llanilishi


O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi (O’zR SMT)da belgilangan va tavsiya qilingan sertifikatlashtirish sxemalari 3.1-jadvalda keltirilgan.


1-sxema namuna turini sertifikatlashtirishda va akkreditlangan sinov laboratoriyalarida (ASL) mahsulotni sinash ko’zda tutilgan, majburiy ko’rsatkichlari bo’yicha, birinchi navbatda, xavfsizlikka ko’ra sinashda qo’llaniladi. Ushbu sxema mahsulotga aniq belgilanmagan MH bo’lmaganda ham qo’llaniladi.
2-sxema mahsulotni majburiy ko’rsatkichlarini ASLda sinash, keyinchalik savdo sohasidan (iste’molchidan) olingan namunalarni sinov yo’li bilan mahsulot inspektsiya nazoratini o’tkazib tekshirish ko’zda tutiladi.
3-sxema ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo’llanilib, ASLda ishlab chiqarish ko’rigi va majburiy ko’rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni sinash nazarda tutiladi. Ushbu sxemada tayyorlovchidan olingan, mahsulot sinovini o’tkazish bilan korxonada inspektsiya nazoratini o’tkazish ko’zda tutilgan.
4-sxema ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo’llanilib, ASLda ishlab chiqarish kuzatuvi va majburiy talablarni tekshirish uchun mahsulotni sinash ko’zda tutilgan. Ushbu sxemada savdo sohasidan (iste’molchidan) va tayyorlovchidan olingan namunalarni sinovini o’tkazish yo’li bilan mahsulot inspektsiya nazorati ko’zda tutilgan.
5-sxema ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo’llanilib, ASLda ishlab chiqarish kuzatuvi yoki sifat tizimini baholash va majburiy talablarni tekshirish uchun mahsulotni sinash ko’zda tutilgan. Ushbu sxemada ishlab chiqarishi ko’rigi (yoki sifat tizimini baholash) va mahsulot sinovini o’tkazish bilan inspektsiya nazorati nazarda tutilgan.
6-sxema sifat tizimini sertifikatlashtirishda qo’llaniladi va navbatdagi inspektsiya nazoratini o’tkazish, hamda uni baholash ko’zda tutilgan.
7-sxema mahsulotning pariyasini sertifikatlashtirishda qo’llanilib va bu partiyadan olingan namuna sinovi ko’zda tutilan.
8-sxema har bir dona buyumni sertifikatlashtirishda qo’llaniladi.
9-sxema mahsulot xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiya qilish ko’zda tutilgan. Bu sxema mahsulot o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdig’ini ta’minlovchi hujjatlari bilan muvofiqligi haqida o’rnatilgan talablar asosida, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash sifatida foydalaniladi.
Bu sxema bo’yicha arizachi akkreditlangan sinov laboratoriyasida sinovni o’tkazishi, yoki sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishi, yoki u bo’yicha sertifikatlashtirish idorasiga ariza berishi va navbatdagi boshqa qabul qilingan deklaratsiyalashni ta’minlaydi. Arizachida arizada ko’rsatilgan mahsulot muvofiqligi talablarini tasdiqlovchi bilvosita, yoki bevosita barcha zaruriy hujjatlarning mavjudligi 9-sxemani qo’llash shartlari bo’lib hisoblanadi. Agar bunday shartlar bajarilmasa, unda arizachiga mahsulotni boshqa sertifikatlashtirish sxemasi bilan sertifikatlashtirish taklif qilinadi.
3.1-jadval

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling