O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Deklaratsiya yo’li bilan muvofiqlikni tasdiqlash


Download 0.99 Mb.
bet38/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Deklaratsiya yo’li bilan muvofiqlikni tasdiqlash.
Ayrim hollarda deklaratsiya muvofiqligiga asosan, 9-sxema amal qiladi. Bu sxema bo’yicha faoliyat tartibi 2005 yil 6 aprelda Adliya vazirligida №1465 son bilan ro’yxatga olingan “Mahsulot muvofiqligi talablari uning xavfsizligini deklaratsiyalash tartibi to’g’risidagi nizom”da belgilab qo’yilgan. Nizomda ta’minotchi sifatida, tayyorlovchilar, distribyuterlar, importchilar yoki vositachilar bo’lishi mumkinligi va mahsulotni deklaratsiyalash tartiblari qayd etilgan.
Mahsulot uni xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash mahsulotni me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini va ta’minotchi identifikatsiyasini hamda bu muvofiqlik uchun javobgarlikni kafolatlash maqsadida o’tkaziladi.
Mahsulot uni xavfsizlik talablariga muvofiqligi to’g’risidagi deklaratsiya (bundan keyin - deklaratsiya) mahsulot sinovi natijalari va ishlab chiqarishni baholash, tayyorlovchi uchinchi tomonni jalb qilib olgan natijalarga asoslangan bo’lishi shart.
Ammo buyurtmachig’iste’molchi deklaratsiyalangan mahsulotni tekshirish uchun o’zining hisobidan attestatlangan yoki akkreditlangan sinov laboratoriyalarida mahsulotni muqobil sinovini o’tkazishga haqli.
Majburiy sertifikatlashtirish nazarda tutilgan mahsulotlar ro’yxati, muvofiqlikni tasdiqlash, ya’ni deklaratsiya yo’li bilan o’tkazilish mumkin bo’lgan mahsulotlar O’zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi №318 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bunda uchun muayyan mahsulot turi ro’yxatda yulduzcha bilan belgilangan.
Majburiy sertifikatlashtirishda turmagan mahsulotlar, buyurtmachig’iste’molchi talabi bo’yicha yoki ta’minotchi qiziqishi bo’yicha deklaratsiya qilinishi mumkin.
Deklaratsiyada tasdiqlanadigan mahsulotning ko’rsatkichlari nomenklaturasini tayyorlovchi shartnoma shartlari bo’yicha yoki mahsulot MH asosida o’rnatiladi.
Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni deklaratsiyalashda deklarant texnologik jarayonlarning nazorati va attestatlangan yoki akkreditlangan sinov laboratoriyalarida o’zining mahsulotini MH talablariga muvofiq sinashni ta’minlashi lozim.
Ta’minotchi deklaratsiyalanadigan mahsulotga bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoraga ariza beradi va deklaratsiyalash ro’yxatiga olinadi. Bunda mahsulot o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar bo’lishi mumkin:

  • attestatlangan yoki akkreditlangan laboratoriyalar sinov bayonnomasi;

  • xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlarga sinov bayonnomalari;

  • sifat tizimi (ishlab chiqarish) sertifikati;

  • gigienik sertifikat va MHlarda o’rnatilgan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik sertifikatlar).

Bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun agarda amaldagi MH yagona talablari unga o’rnatilgan bo’lsa, mahsulotning muayyan turiga yondashuv sifatida deklaratsiyaga taqdim qilinadi.
Import qilinayotgan mahsulotlarga deklaratsiyani qo’llash yoki tan olish agar O’zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari bilan mahsulotni olib kelayotgan davlat idoralari muvofiqlik deklaratsiyasini o’zaro tan olish to’g’risidagi kelishuv mavjud bo’lsa, ruxsat etiladi.
Deklaratsiya quyidagi ma’lumotlardan tarkib topgan bo’lishi lozim:

  • deklaratsiyaga taqdim qilayotgan ta’minotchining nomi va manzili;

  • mahsulotning nomi, turi yoki modeli raqami hamda mahsulotni tavsiflovchi qo’shimcha ma’lumotlar (partiya yoki seriya raqamlari, nav va h.);

  • havola qilinayotgan MHning aniq va to’liq nomlanishi;

  • mahsulot ishlab chiqarilgan sanasi, partiya hajmi yoki seriyasi, yaroqlilik muddati, etkazib berish;

  • deklaratsiyalashga taqdim etish sanasi;

  • ta’minotchi nomidan amal qilunuvchi vakolatli shaxs F.I.Sh, lavozimi va imzosi;

  • sifat tizimi sertifikatiga havola;

  • sinov laboratoriyasi nomi, manzili hamda uning akkreditatsiyasiga havola.

Ta’minotchi mahsulotni o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi qo’shimcha ma’lumotlar bilan deklaratsiyadan o’tkazishi mumkin.
Sertifikatlashtirish idorasi deklaratsiyalanayotgan mahsulot identifikatsiyasini o’tkazib, taqdim qilingan hujjatlarning ishonchliligi va to’g’riligini tekshirib, besh ish kuni davomida arizani ko’rib chiqadi.Natijalari ijobiy bo’lganda, muvofiq reestrda deklaratsiyalash ro’yxatga olinib, sertifikatlashtirish milliy tizimida o’rnatilgan shakl bo’yicha muvofiqlik sertifikati beriladi.
Nomuvofiqliklar aniqlanganda, deklaratsiyalanayotgan mahsulot identifikatsiyasi natijasi salbiy bo’lgandi yoki taqdim qilingan hujjatlar noto’g’ri holatlarda deklaratsiyani ro’yxatga olmasligi va muvofiqlik sertifikatini bera olmasligi haqida yozma ravishda asoslangan xatni sertifikatlashtirish idorasi arizachiga jo’natadi.
Deklaratsiya bo’yicha hujjatlar to’plami va muvofiqlik sertifikatining nusxasi berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida bir yildan kam bo’lmagan vaqtda idorada saqlanadi.
O’z mahsulotini deklaratsiyalovchi arizachi quyidagi ko’rilayotgan majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:

  • zarurat bo’lganda shu idoraga taqdim qilinayotgan yangi deklaratsiyalashni ro’yxatdan o’tkazish, MH talablariga o’zgartirishlar bo’lgan holatlarda sertifikatlashtirish idorasini xabardor qilish;

  • ta’minotchi mahsulot deklaratsiya qilinganidan so’ng, me’yoriy hujjatlar talabiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot muvofiqligining barqarorligini ta’minlash uchun barcha chora-tadbirlarni qabul qilishga majbur.

Muvofiqlikni tasdiqlash qoidalarida ta’minotchi deklaratsiyalangan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg’alashi mumkinligi belgilangan.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot muvofiqligini qayta baholash, muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati davomida berilgan deklaratsiyani asoslash talab qilinmaydi.
Deklaratsiya to’g’risidagi nizomda apellyatsiya tartibi ko’rib chiqilgan.
Deklaratsiya shakli (3.1-rasmga qarang), Evropa shakllaridan farqli o’laroq, qo’shimcha ravishda sertifikatlashtirish idorasi deklaratsiyani ro’yxatga olish to’g’risida ma’lumotdan tarkib topgan deklaratsiyalash to’g’risidagi nizomida o’rnatilgan.






Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling