O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Ta’minotchilar muvofiqligi to’g’risida deklaratsiya


Download 0.99 Mb.
bet39/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

Ta’minotchilar muvofiqligi to’g’risida deklaratsiya
(ISOG’IEC 17050-1ga muvofiq)

1) № …………………..


2) Deklaratsiyaga da’vogar shaxsning ismi: ……………..….……….…………
Deklaratsiyaga da’vogar shaxsning manzili: ………………………………
3) Deklaratsiya ob’ekti: …………………………………..…………………..
………………………………………………………………
4) Yuqorida tavsiflangan deklaratsiya ob’ekti quyidagi hujjatlar talabiga muvofiq:
Hujjat № Nomi NashriG’Chop etilgan sanasi
5) ………… ………………………………….. ……………………
…………… ………………….……………………. …………….
…………… …………………….…………………. ….……………
Qo’shimcha ma’lumotlar:
6)………………………………………………………………………………… ………………………………………………………………………………..
Nomidan va topshiriq bo’yicha imzolandi:
…………………………….
…………………………….
(Topshirish joyi va sanasi)
7)…………………..……… ……………………………………….…….......
(Ismi, lavozimi) (Deklaratsiyaga da’vogar shaxsning imzosi yoki to’g’riligini tasdiqlash)



3.1-rasm. ISOG’IEC 17050-1 bo’yicha muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya shakli.

Deklaratsiya shaklida muvofiqlikni majburiy tasdiqlash O’zbekiston Respublkasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarning maxsus ro’yxati (“Muvofiqligi deklaratsiyalashda turgan mahsulotlar nomenklaturasi”) uchun amalga oshiriladi. Asosan, unga nisbatan xavfsiz bo’lgan mahsulotlar kiritiladi. Muvofiqlik to’g’risida deklaratsiya o’rnatilgan shaklda tuziladi. Ro’yxatga olingan deklaratsiyalar mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg’alashga asos bo’lib xizmat qiladi. Majburiy sertifikatlashtirish va muvofiqlik deklaratsiyasining qiyosiy tahlili 3.2-jadvalda keltirilgan.


Xorijiy sertifikatlarni tan olish.
O’zbekiston Respublikasi SMT tarkibidagi sertifikatlashtirish milliy idorasi va sertifikatlashtirish idorasi kirish, tan olish to’g’risidagi kelishuv kim bilan tuzilgan bo’lsa, uzoq xorijiy va MDH mamlakatlaridan kirib kelayotgan mahsulotlar muvofiqlik sertifikatlarini tan olish huquqiga ega. Tan olinish jarayoni, odatda, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalarida o’rnatilgan.

Sertifikatlarni tan olish, xalqaro tizim va kelishuvlar doirasida amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo’lmagan, kelishuv qoidalari va bu tizimida o’rnatilganlarga muvofiq o’tkaziladi.


O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan, o’xshash talablardan kam bo’lmagan va talablarga muvofiq mahsulot sertifikati tan olinadi. MHlarda qo’shimcha majburiy talablar, sertifikatlashtirish yoki shartnomada yanglishmovchiliklar mavjud bo’lgan mahsulot bu talablarga muvofiq sinovdan o’tkazilishi lozim.
Muvofiqlik sertifikatini tan olish uchun arizachi muvofiq sertifikatlashtirish idorasiga ariza yo’llaydi. Arizada sertifikatning haqiqiy yoki nusxasi, sertifikatning asl nusxasini saqlovchining yoki sertifikat beruvchi idora, yo natorial idoranig ishontirish muhri, shuningdek, olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishga taqdim qilinayotgan hujjatlar ilova qilinadi. Arizachi O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan MHlar talablariga muvofiq sinov bayonnomalari nusxasini qo’shimcha ravishda taqdim qilishi mumkin.
Gigienik sertifikat o’tkazish to’g’risida ma’lumotlar mavjud bo’lganda tan olinayotgan muvofiqlik sertifikatiga muvofiq qo’shimcha gigienik sertifikatlashtirishni o’tkazish talab qilinmaydi.
Olingan hujjatlar va materiallar tahlili asosida SI sertifikatni tan olish yoki tan olmaslik to’g’risida qaror qabul qiladi.
Tan olish jarayonini amalga oshirishda sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora yoki sertifikatlashtirish idorasi tan olish arizasida ko’rsatilgan mahsulot identifikatsiyasini o’tkazish huquqiga ega.
MDH davlatlarining istalganida berilgan sertifikatlashtirish milliy tizimida muvofiqlik sertifikatining tan olinishi, O’zbekiston Respublikasi SMT davlat reestriga kiritish va O’zbekiston Respublikasi SMTda o’rnatilgan namuna bo’yicha muvofiqlik sertifikati qayta rasmiylashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
3.2-jadval

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling