O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
3.2. Xizmatlarni sertifikatlashtirishXizmatlarni sertifikatlashtirish xizmatlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar tomonidan ularning akkreditatsiya sohasi doirasida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirishda xizmatlarning tavsiflari tekshiriladi va quyidagi tekshirish usullaridan foydalaniladi: xizmatlarni identifikatsiyalashni o’tkazish hamda uning me’yoriy va texnikaviy hujjatlarga muvofiq tasnifiy guruhga xosligini tekshirish; ushbu xizmatni tartiblashtiruvchi me’yoriy hujjatlarda o’rnatilgan, atrof-muhit, iste’molchilarning mol-mulki va hayoti hamda sog’lig’i uchun xavsiz va uning sifatini ta’minlashga yo’naltirilgan talablarga xizmatlarning muvofiqligini to’liq va ishonarliligini tasdiqlash. Xizmatlarni sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlardan iborat: sertifikatlashtirishga arizani taqdim qilish; arizani ko’rib chiqish va ariza bo’yicha qaror qabul qilish; o’rnatilgan talablarga xizmatning muvofiqligini baholash; muvofiqlik sertifikatini berishg’berishni bekor qilish to’g’risidagi qarorni qabul qilish; muvofiqlik belgisini qo’llashga ruxsat va muvofiqlik sertifikatini berish; sertifikatlashtirilgan xizmat ustidan inspektsiya nazorati. Xizmatlarni sertifikatlashtirish uchun arizachi (xizmatni bajaruvchi) akkreditlangan sertifikatlashtirish idorasiga sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun ariza bilan, xususan, ariza bo’yicha qaror qabul qilish va sertifikatlashtirishni o’tkazish imkoniyatlarini o’rnatuvchi va uni ekspertiza qilish uchun zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi(ushbu ma’lumotlar anketa-so’rovnomasi ko’rinishida bo’lishi mumkin). Ariza shakli sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq bo’lishi lozim. Akkreditlangan sertifikatlashtirish idorasi mavjud bo’lmagan taqdirda u arizani sertifikatlashtirishni o’tkazish to’g’risida qarorni qabul qilish uchun sertifikatlashtirish milliy idorasiga taqdim etadi. Bir qancha sertifikatlashtirish idoralari bo’lgan holatlarda arizachi ixtiyoriy ravishda ulardan biriga ariza berishi mumkin. Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirishni o’tkazish imkoniyatlari mavjudligini aniqlash maqsadida arizani ko’rib chiqadi va ro’yxatga oladi. Arizani ko’rib chiqish natijalari bo’yicha xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi ariza bo’yicha qaror qabul qiladi va arizachiga rasmiy ravishda xabar beradi. Agarda ijobiy holatda bo’lsa, sertifikatlashtirishni o’tkazish bo’yicha xizmatning nomi va kodi, me’yoriy hujjatlari, sertifikatlashtirish sxemalarini ko’rsatadi. Agarda salbiy bo’lsa, uning sabablari ko’rsatiladi. Arizachi sertifikatlashtirish arizasida Qoidada ko’zda tutilgan sertifikatlashtirish sxemalaridan birini ko’rsatish huquqiga ega bo’lib, sertifikatlashtirish sxemasini tanlashda muayyan turdagi ko’rsatiladigan xizmatning o’ziga xosligini, arizachi sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olishi lozim. Arizani ekpertiza qilish jarayonida nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda arizachining tashkiliy-texnikaviy imkoniyatlarini hisobga olib xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi talablari va qo’llash sharoitlarini ushbu sxema bo’yicha sertifikatlashtirishni o’tkazishni batafsil asoslashi yoki boshqa sertifikatlashtirish sxemasini taklif qilishi lozim. Xizmatlar muvofiqligini baholash jarayoni 3.3-jadvalda keltirilgan sertifikatlashtirish sxemalariga muvofiq o’taziladi. 3.3-jadval Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling