O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent 2019


Download 0.53 Mb.
bet13/27
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1172352
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
O

Sifat tahlili sohasi







Mikdoriy tahlil sohasi

EKSPERTIZA




IZOXLOVCHI
MODELLAR

Subyektivlik




Obyektivlik

INTUITSIYA

EVRISTIK VA EK STRAPOLYAT S ION USULLAR
Sodda usullar




    1. rasm. Bashorat qilish usullarining tipologiyasi

Sub’ektiv usullar. Subektiv usullarda bashoratni shakllantirish uchun foydalaniladigan jarayonlar ochiq uslubda bayon qilinmaydi va ular bashorat qiluvchidan ajralmasdir.
Ob’ektiv usullar. Bunda bashorat qilish jarayonlari aniq ifodalangan bo‘lib, boshqalar tomonidan ham ijro etishi mumkindir va ular ham muqarrar ravishda xuddi shunday bashoratni ifodalaydilar.
Aslini olganda birinchi mezon miqdoriy usullarni intuitsiya, ijod va tasavvur ustunlik qiladigan sifat usullariga qarshi qo‘yadi.
Sodda usullar. Bashorat o‘rganilayotgan o‘zgaruvchining (masalan, birlamchi talab darajasining) avvalgi evolyusiyasini kuzatish asosida, asosiy harakatlantiruvchi omillarni ochiq-oydin hisobga olmagan holda shakllantiriladi.
Sabab-oqibat usullar. Talabni belgilovchi omillar aniqlangan bo‘lib, ularning kelgusi ehtimoliy kattaliklari oldindan aytib berilgan; ulardan talabning ehtimoliy qiymati keltirib chiqariladi. Ushbu ikkinchi mezon ekstrapolyasiya usullarini, ularning sifat yoki miqdoriy xarakterdaligidan qat’iy nazar, o‘zaro munosabatlarni izohlovchi usullarga qarshi qo‘yadi.
Ekspert baholashda bashorat bu holda ob’ektiv ma’lumotga emas, balki ekspertlar mulohazasiga menejer yoki iste’molchi fikriga asoslanadi. Bu yondashuvning asosini bitta yoki bir necha ko‘rinish doirasida ularni amalga oshirish ehtimoli va birlamchi talab omillariga kiruvchi sabablarni muhokama yig‘indisi yotadi. Bunda ekspertning shaxsiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Muhokamaga asoslangan 3 ta uslubi keng qo‘llanadi:

  1. qaror qabul qiluvchi shaxsning muhokamasi;

  2. savdo xodimini baholash;

  3. xaridorlarning niyat-mayllari.

Birinchi menejer tajribasidan kelib chiqib bashorat qiladi. Bu uslubning qadri bashoratni tuzayotgan shaxsning tajribasi va his-tuyg‘ulariga bog‘liq. Asosiy kamchiligi kommunikasiya qiyinchiligi va bashoratni yolg‘on yoki haqiqiy ekanligini tekshirish imkoniyati yo‘qligi hisoblanadi.
Savdo personalini baholashda mijozlarni ta’minlayotgan savdo xodimlari odatda sotish imkoniyati haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi. Xizmat qilayotgan hududi bo‘yicha bozor salohiyatini baholash imkoniyatiga ega.
Agar evristik va ekstrapolyasiya uslubida bashorat jarayonini tahliliy tuzilishi kuchsiz bo‘lsa, bashoratlarning ob’ektiv ma’lumotiga asoslangan evristik uslublardan qo‘llanadi. Oldingi tajribaga yoki oldingi sotuv murakkab ekstrapolyasiya ma’lumotlariga asoslanadi.
Tushuntiruvchi (eksplikativ) uslublar. Ilmiy nuqtai nazardan ob’ektiv va tahliliy uslublar juda kuchli uslub hisoblanadi. U matematik modellarga asoslanadi. Bitta yoki bir necha holatlar ishlab chiqilib, talabni ehtimoliy baholashga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Bozorning joriy salohiyati bilan mutlaq salohiyati o‘rtasida qanday farq mavjud? Ushbu ikki tushunchaning darajasini va evolyusiyasini belgilaydigan omillarni tavsiflab bering.

  2. Talab determinantlari deganda nimani tushunasiz?

  3. Bozor sig‘imi deganda nimani tushunasiz?

  4. Tovarning hayotiylik davri modeli qanday bosqichlardan iborat?

  5. Birlamchi talabning narx bo‘yicha elastikligi tovarning hayotiylik davrining turli bosqichlarida qanday rivojlanadi?

  6. Talabni bashorat qilishning qanday usullarini bilasiz?

  7. Birlamchi talabga ta’sir etuvchi omillarga nimalar kiradi?

  8. Ekspert baholash usulining mazmunini ifodalab bering.

  9. Iqtisodiy matematik uslublarga nimalar kiradi?

  10. Ekstrapolyasiya uslubining mazmuni nimadan iborat?

  1. BOB. FIRMANING RAQOBATBARDOSHLIGI TAHLILI

    1. Raqobatli ustunlik tushunchasi

Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir ustunlik beradigan ta’rif va xususiyatlaridir. Bu tavsiflar g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va tovarning o‘ziga, asosiy va qo‘shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi hamda firma yoki tovarga xos bo‘lishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy bo‘ladi va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.
Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi.Umuman olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi ustunliklaridan kelib chiqqan holda ikki toifaga ajratish mumkin.
Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo‘lsa, u “tashqi” ustunlik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun muhim bo‘ladi.
Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning “bozor salohiyatini” oshiradi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi.
Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan strategiya differensiasiya strategiyasi bo‘lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi ustunligiga tayanadi.
Agar raqobatli ustunlik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi ustunligiga yoki raqobatchidan ko‘ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga asoslangan bo‘lsa, bunday ustunlik “ichki ustunlik” deb ataladi.
Ichki raqobatli ustunlik - firmaga ko‘proq rentabellik keltiruvchi va uni sotish

narxlarini bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko‘proq darajada chidamli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli ustunlikka asoslangan strategiya xarajatlar bo‘yicha ustunlik strategiyasi bo‘lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish «nou-xau»siga asoslanadi.
Raqobatli ustunlikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va madaniyatni talab qiladi.

  1. -rasmda raqobatli ustunlikning ko‘rinishi ifodalangan.


Tannarx (EXR ga nisbatan % da)

Xalokatli
vaziyat

1,3




1,2
1,1


0,7 0,8
i i

0,9
i

1,1 1,2 1,3

_l L.



Maksmal maqbul sotish narxi _ (EXR ga nisbatan % da)


' 0,8

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling