O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
2-oliy ta’lim (sirtqi) – 1.21-guruh
Psixologik maslahat va kouching fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Suitsidal xulq-atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi
Bajardi:___________________________________________________
Ilmiy rahbar:_______________________________________________
SHAHRISABZ – 2023
MUNDARIJA:
Kirish ………………………………………………………..………....…3
I BOB. SUITSID HAQIDA UMUMUY TUSHUNCHA
1.1-§. Suitsidal xulq-atvorning sabablari, shakllari………………..….…5
1.2-§. Suitsidal xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablari…………..….10
II BOB. SUITSIDAL XULQ-ATVORLI MIJOZLAR VA ULAR BILAN ISHLASH
2.1-§. Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi
bo’yicha tavsiyala…………………………………………………….…26
2.2-§ Suitsidal xulq-atvorga moyil odamlar bilan ijtimoiy-psixologik
ishlarni tashkil qilish…………………………………………………… 31
Xulosa………………………………………………………..…..….…..36
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………..…………........37
Ilova……………………………………………………………..……....38
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi Bir qarashda o’smirlarning o’z joniga qasd qilishi murakkabligini tushunish muhim hisoblanadi. Psixologiyada o’smirlik davri o’zgarish davri, deb tavsiflanadi. Bu davr bolalikdan balog’at yoshiga o’tish davri hisoblanadi. O’smir – bola ham emas, katta odam ham emas. Unda yangi hissiyot uyg’onadi, ya’ni balog’atga etganlik hissi, balog’at yoshining qadri, kattalar bilan aloqa qilish haqida yangi fikrlari bo’lmaydi. Bu vaqtda o’z tengdoshlari bilan aloqa qilish etakchi o’rinni egallaydi. Kattalardan ko’ra, o’z sinfdoshlari, do’stlari qurshovida bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. O’smirlik davridagi o’zgarishlar, qiyinchiliklar nafaqat bolada ichki ziddiyatlarni keltirib chiqarishi bilan balki atrofidagilar bilan ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga kelishi bilan ham ajralib turadi. Bu hayot o’smir uchun etarli darajada anglanilmagan, tushunarsiz, qo’rqinchliligi bilan ajralib turadi. Yangi hayotga, balog’at yoshi dunyosiga qadam qo’yish bilan bog’liq muammolarni o’smir o’zicha hal qilolmaydi shuningdek, atrofidagilarga ham tushuntirib berolmaydi.
Shaxsda o’z joniga qasd qilish, ko’pincha, atrofdagilardan o’z vaqtida yordam kelmaganda sodir etiladi. Shuningdek, suitsidal urinish sodir etish orqali o’g’il yoki qiz bola o’ziga e’tibor qaratishga urinadi. Boshqa yoshdagilarga nisbatan, o’smirlar bo’layotgan voqealarni kuchli hissiyot, nafrat va ta’sirchanlik bilan qabul qiladilar. Boshqalarga, ya’ni o’z joniga qasd qilayotganlarga taqlid qilishga urinish, suitsid uchun asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |