O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Download 218.34 Kb.
bet2/23
Sana23.10.2023
Hajmi218.34 Kb.
#1716910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
25 Suitsidal xulq atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi

Kurs ishi obyekti: O`smir respondentlar.
Kurs ishi predmeti: O‘smirlik yoshida suitsid holatlari
Kurs ishi maqsadi: O‘smirlik yoshida suitsid holatini kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etishning psixologik xususiyatlarini nazariy va amaliy taxlil etish va umumlashtirilgan xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Suitsidning psixologik adabiyotlarda o'rganish;

  • Suitsidal urinishdan to’xtatish;

  • O'smir yoshida suitsid holatini namoyon bo'lishi shakllari, psixologik xususiyatlarini ochib berish.

Muammoning o’rganilganlik darajasi: A.G.Amburova, E.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) o’smirlar suitsidi katta yoshdagilar suitsididan farq qilishini ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan, suitsid shaxsning boshidan o’tkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiy-psixologik moslashmasligi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, o’z joniga qasd qilish (haqiqiy suitsid) va o’z joniga qasd qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga ajraladi. Bruksbenk o’zining izlanishlarida suitsid va parasuitsid (tugallanmagan suitsid) haqida fikr yuritadi.
Kurs ishining ilmiy nazariy axamiyati: unda o‘smirlik yoshidagi taraqqiyot jarayoni bilan bog‘liq hissiy zo‘riqishlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlil qilinganligi, stresslarga sabab bo‘luvchi obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ochib berilganligi, uni bartaraf etish usullari, mohiyati ochib berilganligidadir. Shuningdek taxlil qilingan va to‘plangan materiallardan yosh va pedagogik psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologik konfiktologiya fanlaridan ma’ruza matnlari tayorlashda, o‘quv mashg‘ulotlari olib borishda va amaliy seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining amaliy axamiyati: unda keltirilgan xulosalarning pedagog va o‘quvchilarga o‘smirlik yoshida olib boriladigan ta’lim tarbiya jarayonida paydo bo‘ladigan hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishidir

Download 218.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling