O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Download 218.34 Kb.
bet13/23
Sana23.10.2023
Hajmi218.34 Kb.
#1716910
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
25 Suitsidal xulq atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi

6.O’ziga hurmatning yo’qolishi. Yoshlar o’zlariga juda past baho berib yoki o’zlariga hurmatsizlik bilan qarash orqali o’zlarini hech kimga kerakmas, hech kim sevmaydigan, hech narsaga yaramaydigandek hisoblaydilar. Ularga o’zlarini xuddi autsayder va omadsiz, qo’lidan hech narsa kelmaydigan, hech kim yoqtirmaydigandek tuyuladi. Bunday vaqtda ularga o’lib ketgani afzaldek ko’rinadi.
7.Ishtahaning o’zgarishi. Ishtahaning yo’qligi yoki, aksincha, me’yordan ortiq ishtaha orqali o’ziga zarar etkazish fikri bilan bog’liq bo’lib, har doim potentsial xavf mezonlari sifatida ko’rib chiqilishi zarur. Yaxshi ishtahali o’smirlar injiq bo’lib qoladilar, ishtahasi yomon yoki uncha yaxshi bo’lmaganlar esa, “uchta tomoqqa” eydilar. Shunga muvofiq, ozg’in o’smirlar semiradilar, to’laroq o’smirlar, aksincha, ozadilar.
8. Uyqu tartibining o’zgarishi. Ko’pgina suitsidal o’smirlar butun kun davomida uxlaydilar: ayrimlari, aksincha, uyqusizlikka uchraydilar, yarim kechagacha xonalarida u yoqdan bu yoqqa yuradilar, ba’zilari ertalabga yaqin uyquga yotadilar.
9. O’zlashtirishdagi o’zgarishlar. Ba’zi o’quvchilar avval yaxshi va a’lo baholarga o’qigan bo’lsalar, sekin-asta dars qoldirishni boshlaydilar, o’zlashtirishlari keskin tushib ketadi. Avval kechikib keladigan bo’lsa, endi maktabdan damba-dam ketib qoladi.
10.Tashqi ko’rinish. Shunday holatlar mavjudki, suitsidal o’smir o’zining tashqi ko’rinishiga e’tibor bermay qo’yadi. Inqiroz holatidagi o’smirlar pala-partish, ular atrofdagilarda qanday tasavvur qoldirayotganlariga befarq bo’lib qoladilar.
11.Atrofidagilarga sovg’alar ulashish. Ayrim suitsid holatini rejalashtirgan odamlar o’z narsalarini taxminan yaqinlari, do’stlariga tarqatadilar. Tajribalarning ko’rsatishicha, bu mudhish aktsiya – kelayotgan baxtsizlikdan darak. Bunday paytlarda suitsident bilan ochiqchasiga gaplashib olish tavsiya etiladi.
12.Ishlarni tartibga solish. Ba’zi suitsidal o’smirlar o’zlari yoqtirgan narsalarini tarqatsalar, boshqalari o’limlari oldidan “ishlarini tartibga solish” zarur, deb hisoblaydilar.

Download 218.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling