2.Joriy baholash me’zonlari
A’lo bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo‘lsa;
vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
yozganlarining mazmunini tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;
grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni to‘g‘ri chizgan va voqea-hodisalarni o‘zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy va mantiqiy to‘g‘ri talqin etsa;
ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Yaxshi bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini tushungan bo‘lsa;
vazifani mustaqil bajara olsa;
yozganlarining mazmunini tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;
grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni to‘g‘ri chizgan va voqea-hodisalarni o‘zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini talqin etishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa;
ishni belgilangan muddatda topshirsa.
O‘rta bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lsa;
vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo‘lsa;
grafiklarni mazmunan to‘g‘ri chizgan va tushungan, ammo bayonida qiynalsa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;
grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni deyarli to‘g‘ri chizgan, ammo talqin etishda chalkashliklarga yo‘l qo‘ysa;
ishda ayrim kamchiliklar bo‘lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.
Qoniqarsiz bahoga:
ishni bajarmagan yoki nazariy va amaliy ahamiyatini tushunmagan bo‘lsa;
vazifani mustaqil bajara olmasa;
xaritalarning mazmunini xato tasvirlagan va tavsiflab berolmasa;
geografik ob’ektlarning nomi to‘lik emas va kartografik qonunlarga amal qilib yozilmagan bo‘lsa;
profillar, grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni chizishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan va tavsiflab berolmasa yoki chizmagan bo‘lsa.
hisobotni chala va o‘z vaqtida topshirmasa yoki umuman topshirmasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |