O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t oshkent moliya instituti
Yuqoridagi shakllar bo‘yicha qo‘llaniladigan hujjatlar Markaziy bankning quyidagi talablari va andozalariga mos kelishi lozim
Download 1.42 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bulardan tashqari hisob-kitob cheklarida qo‘shimcha ravishda quyidagilar ko‘rsatiladi;
- To‘lov talabnoma
- To‘lov talabnomasi
- - to‘lov talabnomasidir.
Yuqoridagi shakllar bo‘yicha qo‘llaniladigan hujjatlar Markaziy bankning
quyidagi talablari va andozalariga mos kelishi lozim: - hisob-kitob hujjatining raqami; - hujjat to‘ldirilgan sana, oy, yil; - to‘lovchining nomi; - to‘lovchining hisob varaq raqami; - soliq to‘lovchisining identifikasiya raqami (chek va akkreditivlarda ko‘rsatilmaydi); - to‘lovchi bank nomi; - to‘lovchi bank kodi; - oluvchining nomi; - oluvchining hisob raqami; - oluvchi bank nomi; - oluvchi bank kodi; - to‘lov summasi miqdori (yozuvda ham ko‘rsatiladi); - to‘lovning maqsadi (cheklarda ko‘rsatilmaydi); Bulardan tashqari hisob-kitob cheklarida qo‘shimcha ravishda quyidagilar ko‘rsatiladi; - chekning seriyasi va raqami; - jismoniy shaxs pasportining seriyasi va raqami; - chekning oxirgi amal qilish sanasi Shu kabi akkreditiv bo‘yicha arizada quyidagilar qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi; -amal qilish mudatti; - akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqami va sanasi; - buyurtma raqami; - buyurtma sanasi; - tovar yoki xizmatning nomi; - akkreditiv bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishda asos bo‘lgan hujjatning turi; -qo‘shimcha shartlar. Hujjatlar imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning o‘z qo‘li bilan qo‘ygan imzosi va korxona muhri mavjud bo‘lganda qabul qilinadi. Hujjatlarni bo‘yash, chizish va tozalashga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘lov talabnoma – bu mablag‘ oluvchining begilangan summani to‘lovchi tomonidan bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga olgan hisob – kitob hujjatidir. Talabnomalar yuklab jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek tomonlar shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar uchun qo‘yilishi mumkin. Talabnomalar tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan akseptli va akseptsiz bo‘lishi mumkin. Bank tomonidan to‘lovchilarga talabnomalarni quyidagi akseptlash tartibi va muddati belgilangan: - bir hudud ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni bankka kelib tushgan kunidan tashqari 3 ish kunida; - boshqa hududlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalar bankka kelib tushgan kunidan tashqari 5 ish kunida; - to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 ish kunigacha. Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi. To‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar yyetarli bo‘lmaganda talabnoma to‘lovini bank qisman amalga oshiradi. Qolgan summadagi talabnoma 2-kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa tomonida to‘langan summa yozib ko‘rsatiladi. Talabnoma akseptlashdan qisman bosh tortganda to‘lovchi tomonidan akseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshriladi, mablag‘lar bo‘lmaganda esa 2-kartotekaga joylashtiriladi. Talabnomaning dastlabki summasi aylanaga olinadi va yoniga to‘lovchi aktseptlagan talabnoma summasi qo‘yiladi. Bunda bank to‘lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilganligi to‘g‘risida mablag‘lar oluvchining bankiga yozma ravishda xabar berishi shart. Akseptsiz to‘lanadigan to‘lov talabnomalari to‘lovchilarning hisob varaqlaridan mablag‘larni aktseptsiz hisobdan chiqarishda quyidagi xollarda amalga oshiriladi. a) elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu xolda talabnoma ajratilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun maxsulot yyetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste‘molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka qo‘yiladi. b) qarzdor tomonidan talabnoma da‘vo summasi tan olinganligi haqida javob xatining asl nusxasi ilova qilinganda; v) qonunchilikda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ko‘zda tutilgan boshqa xollarda. O‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari va amaldagi tariflar asosida yozilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda «To‘lov maqsadi» grafasida «O‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari» yoki «tarif asosida» degan yozuv ko‘rsatiladi. Talabnomaning yuqori burchagiga «Akseptsiz» degan so‘z yoziladi yoki yozuv yozilgan muhr qo‘yiladi. Bank ilova qilingan hujjatlarning talabnomada ko‘rsatilgan rekvizitlariga mosligini tekshiradi. To‘lovchining bankida amaliyot (operasiyaon) kuni davomida kelib tushgan aktseptsiz to‘lanadigan talabnomalar shu kunning o‘zidayoq to‘lanadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, agar to‘lovchining hisob varag‘ida mablag‘lar mavjud yoki yyetarli bo‘lmasa talabnomaning to‘lanmagan summasi ikkinchi kartotekadagi hisobvaraqlarga joylashtiriladi To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirish. To‘lov talabnomasi - bu mahsulot yetkazib beruvchi va mablag‘ oluvchilarning belgilangan summani to‘lovchi bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabnomani o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar «aktsept» shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi. «Aktsept» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, rozilik ma’nosini anglatadi, ya’ni bu to‘lovchining to‘lovni amalga oshirish uchun bankka bergan roziligidir. Aktsept shakli asosiy inkassaviy hisob-kitob shakli bo‘lib hisoblanadi. «Inkasso» italyancha so‘zdan olingan bo‘lib, bank o‘z mijozi taqdim etgan hujjatga asosan yetkazib berilgan mahsulot uchun unda ko‘rsatilgan summani to‘lovchidan uning banki orqali olib berish bo‘yicha majburiyat bo‘lib hisoblanadi. Rozilik bildirish usuliga ko‘ra aktsept ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. To‘lovchi korxonaning roziligi ham, noroziligi xam yozma ravishda bildirilsa, ijobiy aktsept hisoblanadi. Bunday holda to‘lov to‘lovchidan yozma ravishdagi rozilik xati kelgandagina amalga oshiriladi. Agar 15 kun ichida to‘lovchidan rozilik xati kelmasa to‘lov talabnomasi to‘lovni oluvchiga to‘lanmasdan qaytariladi. Salbiy aktsept esa suqut saqlash orqali bildiriladi, to‘lovga norozilik yozma ravishda bildiriladi. Agar to‘lovga qarshi norozilik xati yozma ravishda kelib tushmasa bank tomonidan to‘lov amalga oshiriladi. Salbiy aktseptning o‘zi to‘lovni amalga oshirish muddatiga ko‘ra oldindan aktsept va so‘nggi aktseptga bo‘linadi. Talabnomani oldindan aktseptlash usulida hisob-kitoblar o‘tkazilganda talabnomaning puli aktseptlash muddati tugagandan so‘ng, ya’ni ertasi kuni to‘lanadi. To‘lovchi korxona o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga talabnoma kelib tushgandan keyin 3 kun ichida to‘lovdan bosh tortganini ma’lum qilish huquqiga ega. Debet avizolariga yo‘l qo‘yilmayotgani sababli hozirgi kunda faqatgina oldindan aktsept turi ishlatilmoqda. Hisob-kitoblarning aktsept, ya’ni to‘lov talabnomalari orqali o‘tkaziladigan shaklida ishlatiladigan asosiy hujjat bu - to‘lov talabnomasidir. To‘lov talabnomalari 34 mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan №0505411001 shakldagi blankalarda bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin: a) yuklab jo‘natilgan tovarlar uchun; b) bajarilgan ishlar uchun; v) ko‘rsatilgan xizmatlar uchun; g) amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar uchun. To‘lov talabnomasida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan talabnoma nomeri, u to‘ldirilgan sana, shu korxona nomi, uning hisob varaq nomeri, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to‘lovchi korxonaning nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomeri, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi, to‘lov summasi va to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. Hujjatlarda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan umumiy rekvizitlardan tashqari to‘lov talabnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: a) shartnoma sanasi va nomeri; b) mahsulotlarni yuklab jo‘natish sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish, topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar pochta va telekommunikatsiya agentligi orqali jo‘natilganda esa - pochta kvitantsiyalarining nomeri; Agar mahsulot uni sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilsa, talabnomaning alohida ajratilgan joyida yuk uni sotib oluvchining o‘z transporti bilan olib chiqib ketilgani hamda ishonchnomaning nomeri ko‘rsatiladi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, mahsulot kontraktsiya shartnomalari asosida realizatsiya qilinadi. Kontraktsiya shartnomalari bo‘yicha mahsulot yetkazib berishda to‘lov talabnomasining yuqori qismida ya’ni talabnoma deb yozilgan so‘z yoniga «Kontraktsiya shartnomasi» deb ko‘rsatilishi lozim. To‘lov talabnomasining pastki, alohida ajratilgan qismida maxsulot jo‘natuvchi korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari va korxonaning muhr izi qo‘yiladi. To‘lov talabnomasi maxsulot yuklab jo‘natilgandan keyin shartnomada belgilangan muddatdan kechiktirilmasdan bankka inkassoga topshiriladi. Maxsulot etqazib beruvchi bitta operatsiya bo‘yicha talabnomalarni inkasso uchun qayta taqdim qilish huquqiga ega emas. Umuman, to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish va hisobga olish ishlarini 3 bosqichga bo‘lib ko‘rib chiqamiz: 1-bosqich. Mahsulot etqazib beruvchi bankida to‘lov talabnomasini inkassoga qabul qilinishi. 2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to‘lov talabnomalarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalari. 3-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovni qabul qilish bo‘yicha operatsiyalar. To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar umumlashgan holda qanday amalga oshirilishini to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanishi sxemasi orqali yaqqol ko‘rish mumkin. 1. Mahsulot jo‘natuvchi korxona bilan mahsulot oluvchi korxona o‘rtasida xo‘jalik shartnomasi tuziladi. 2. Mahsulot jo‘natuvchi korxona mahsulot oluvchi korxonaga tovar jo‘natadi. 3. Mahsulot jo‘natuvchi korxona o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limiga to‘lov talabnomasi va tovar-trasport hujjatlarini taqdim qiladi. 4. Mahsulot jo‘natuvchi korxona banki mahsulot oluvchi korxona bankiga pochta yoki kurerlar orqali hujjatlarni jo‘natadi. 5. Mahsulot oluvchi korxona banki kelib tushgan to‘lov talabnomasini aktseptlash uchun mahsulot oluvchi korxonaga beradi. 6. Korxona o‘z bankiga aktseptlangan talabnomani taqdim etadi. 7. Mahsulot oluvchi korxona banki talabnomada ko‘rsatilgan summani to‘lovchi korxona hisob varag‘idan chegirib, talabnoma bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi. 8. Mahsulot oluvchi korxona banki Hisob Markaziga to‘langan elektron to‘lov talabnomasini modem orqali jo‘natadi. 9. Hisob Markazi elektron to‘lov tizimi orqali to‘langan talabnomani mahsulot sotuvchi korxona bankiga o‘tkazadi. (Hisob Markazida bo‘ladigan operatsiyalar boshqa mavzuda batafsil ko‘rilishi sababli Hisob Markazida bajariladigan ishlar batafsil yoritilmadi.) 10. Mahsulot sotuvchi korxona banki talabnoma summasini mahsulot sotuvchi korxonaning hisobvarag‘iga o‘tkazadi. 11. To‘lovning kelib tushganligini habar qilish uchun kompyuterda chiqarilgan elektron to‘lov talabnomasining ikkinchi nusxasini hisobvaraqdan ko‘chirma bilan birgalikda mahsulot sotuvchi korxonaga topshiradi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari kabi to‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar xam ma’lum bir afzallik va kamchiliklarga ega. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling