O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t oshkent moliya instituti


To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitoblarnig afzalliklari quyidagilardan iborat


Download 1.42 Mb.
bet3/6
Sana07.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1175556
1   2   3   4   5   6
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitoblarnig afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) Mahsulot sotuvchi bilan mahsulot oluvchi tomonlar bir-birini o‘zaro nazorat qilishga kulay.
2) Mahsulot oluvchiga tovarni jo‘natish kechiktirilmaydi.
3) Mol jo‘natuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun mahsulot oluvchining mablag‘ini aloxida hisobvaraqda deponent qilib ko‘yish talab etilmaydi, ya’ni to‘lovchining mablag‘lari biror muddatga oborotdan tashqariga chiqib ketmaydi.
4) To‘lovchiga taqdim etilgan hujjatlar asosida mol yetkazib beruvchining shartnoma shartlari qay darajada bajarilishini tekshirish huquqi beriladi, shu bilan birga shartnoma shartlaridan biri buzilgan holda to‘lov to‘lashdan bosh tortish huquqiga ega bo‘ladi.
5) Mol oluvchi hisob varag‘idan aktseptsiz talabnomalar bo‘yicha mablag‘larning majburiy olinishi mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatgan tomon manfaatlariga mos keladi.
To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning kamchiliklari quyidagilar:
1. Mahsulot sotuvchi korxonaga to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi kafolatlanmaydi.
2. To‘lov o‘tkazilishi bilan tovar jo‘natilishi vaqtining bir-biriga mos kelmasligi.
3. To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlar aylanishi to‘lov topshirig‘iga nisbatan uzoqroq davom etadi. Umuman, to‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning ishlatilishi ko‘p hollarda - 2-kartotekadan o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lov talabnomalarning ko‘payishiga sharoit yaratadi, chunki talabnoma bankka to‘lov uchun kelib tushgan vaqda to‘lovchining hisobvarag‘idan har doim ham to‘lovni amalga oshirish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmaydi. Kartotekaga qo‘yilgan har bir to‘lov talabnomasi respublika halq xo‘jaligi debetorlik va kreditorlik qarzlarining oshganligidan dalolat beradi. Shu sababli, respublika banklari o‘z mijozlarining kartotekadagi hujjatlari va ularni to‘lash bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotganini nazorat qilib turadilar.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling