O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Kengaytirilgan iSpring Suite 7 paketi o‘zida quyidagi imkoniyatlarni jamlagan


Download 4.35 Mb.
bet19/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Kengaytirilgan iSpring Suite 7 paketi o‘zida quyidagi imkoniyatlarni jamlagan:

  1. PowerPoint muhitida o‘quv kurslari va Flash-taqdimotlarni yaratish (iSpring Pro);

  2. interaktiv testlar, so‘rovnomalar va anketalarni ishlab chiqish (iSpring QuizMaker);

  3. elektron kurslarni illyustrativ imkoniyatlarini oshirish uchun interaktiv

elementlarni yaratish (iSpring Kinetics)

3D - kitob yaratish


Interaktivnosti qismida 4 turdagi interaktiv elementlarni yaratish mumkin: kitob (Kniga), glossariy yoki katalog (Katalog), savol-javob (Vopros-otvet), vaqt shkalasi (Vremennaya shkala). Interaktiv elementlar yordamida ixtiyoriy matnli yoki grafik axborotlarni osonlik bilan tizimlashtirish mumkin.
Interaktiv kitob yaratish uchun Interaktivnosti bo‘limida Книга tanlaniladi.
Dastur avtomatik tarzda 3D-kitob maketini yaratadi. iSpring dasturi interfeysi Microsoft Office dasturlarining interfeysiga o‘xshash bo‘lib, ekranning yuqori qismida lenta maydoni mavjud. Bu maydon to‘rtta vkladkadan iborat: kniga, dizayn, vid va spravka. Har bir vkladka tarkibida shu vkladkaga mos buyruqlar mavjud.
Kniga vkladkasi 5 blokdan iborat.
Страница blokida kitob sahifalarini yaratish hamda yaratilgan sahifalar nusxasini ko‘paytirish (dublirovat) yoki mavjudlarini o‘chirish.
Шрифт bloki turli shriftlardan foydalanish imkoniyatini beradi hamda matnni tahrirlash uskunalaridan tarkib topgan.
Рисование bloki yordamida mos buyruqlar yordamida kitobning birinchi sahifasiga tasvir va personaj qo‘yish mumkin.
Дизайн menyusi yordamida kitobning dizayni va shaklini o‘zgartirish mumkin Kitob sahifasi uchun rang tanlash imkoniyati ham mavjud.
Вид menyusida kitob tahrirlash jarayonida kitobning holatini sozlash mumkin.
Shundan so‘ng 3D-kitobni Internetga joylash va foydalanuvchilarga taqdim etish mumkin.
Главная menyusidagi Публикация buyrug‘ini ishga tushiramiz va interaktiv kitob nomi, ushbu kitobni saqlash kerak bo‘lgan manzilni ko‘rsatamiz. Сжатие vkladkasida faylni siqish metodini tanlaymiz.
Kitobni nashr etgandan so‘ng, kitobni brauzer oynasi yoki Adobe Flash Player yordamida ko‘rish mumkin.
Glossariy yoki katalog yaratish
Glossariy elektron axborot ta’lim resurslarining eng asosiy qismi hisoblanadi. Glossariy yoki katalog yaratish uchun Katalog tanlaniladi. Zagolovok interaktivnosti bo‘limiga Glossariy nomi kiritiladi. Noviy element yordamida har bir termin uchun oyna ochiladi. Element qismida termin nomi va pastki maydonda uning izohi kiritiladi. Barcha termin va uning izohlarini kiritib bo‘lgandan so‘ng Публикация elementi yordamida glossariyni interaktiv ko‘rinishga o‘tkazish mumkin.
Baholash testi
Talabani bilimini tekshirishning eng sodda va sifatli usuli - bu baholash testi hisoblanadi. iSpringMaker dasturi yordamida quyidagi turdagi test savollarni yaratish mumkin:



2.4-rasm.

iSpring Suite orqali taqdimot nashr (publikatsiya) etilganda uni veb-sahifaga, blogga, masofaviy ta’lim tizimiga biriktirib qo‘yish mumkin. Taqdimotning eksporti Adobe Flash formatida amalga oshiriladi.


iSpring Suiteda nashr qilishning 4 varianti taklif etiladi: Web, CD, iSpring Online va Masofaviy ta’lim tizimi:

  • Birinchi holatda Internet muhitida ishlashi mumkin bo‘lgan HTML-fayllardan iborat bo‘lgan papka

  • Ikkinchi holatda EXE qobig‘iga taqdimot flash-dasturi bilan birga kiritilgan bo‘ladi. Foydalanuvchi Windows muhitida ushbu fayllarni bevositadi ishlata oladi.

  • iSpring Online orqali taqdimot namoyish etiladigan bo‘lsa, servisda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

  • Masofaviy ta’lim tizimiga AICC, Blackboard 9.x, SCORM 1.2 yoki SCORM 2004 formatlarining birida eksport qilinadi

CourseLab — bu Internet tizimida, masofaviy ta’lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‘ljallangan interaktiv ta’lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo‘ljallangan kuchli va ishlatish oson bo‘lgan dasturiy vositadir.
CourseLabning asosiy imkoniyatlari:

  • WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini yaratish va tahrir qilish.

  • Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.

  • Obyektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish imkonini beradi.

  • Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Obyekt»li bog‘liqliklarni yaratishni osonlashtiradi.

  • Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.

  • Ochiq obyektiv interfeys obyekt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.

  • Obyektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.

  • Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini — Macromedia®Flash®, Shockwave®, Java® va har qanday formatdagi video- formatdagi fayllarni joylashtirish imkonini beradi.

  • Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari.

Microsoft®PowerPoint® formatidagi taqdimotlarni o‘quv materialiga joylashtirish imkoniyati.

  • Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyasiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni suratga olish mexanizmiga ega.

  • Amallarni izohlashning oson tiliga ega.

  • Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarining xususiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri JavaScript-kirish imkonini beradi.

  • Elektron ta’lim kurslarini ko‘rish uchun Javaning bo‘lishi talab qilinmaydi. 2.5-rasm.


Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling