O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


-6-Mavzu: Kompyuter lingafon sinflari: turlari va ularda ishlash usullari. (4 soat)


Download 4.35 Mb.
bet17/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

5-6-Mavzu: Kompyuter lingafon sinflari: turlari va ularda ishlash usullari. (4 soat).
Reja

  1. Lingafon xonalari haqida ma’lumot.

  2. Lingafon xonalari tarkibiy qismlardan

  3. Tizimning asosiy funksiya va vazifalari

  4. Lingafon xonalarning foydali tomonlari.

Lingafon xonasi - audiovizual usulda o'quvchilarga og'zaki nutq qobiliyatlari, ona tili so'zlashuvi, mutaxassislik bo'yicha kasbiy mahorat va boshqalarni o'rgatish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga imkon beruvchi kompleks video, audio va multimediya uskunalari bilan jihozlangan maxsus auditoriya. Lingafon so’zi lotincha linqua — til va yunoncha phone — tovush, nutq so’zlaridan olingan. Zamonaviy o'quv jarayonida lingofon xonalaridan foydalanish doirasi kengayib bormoqda. Zamonaviy lingofon xonalarini ishlatish bugungi kunda juda oson bo’lib ulardan foydalanish o'qituvchilar va talabalardan qo'shimcha bilimlar talab qilmaydi.
Odatda lingafon xonalardan xorijiy tillarni o'qitishda foydalaniladi. Biroq, bugungi kunda lingafon xonalar maktablarda nafaqat chet tillari kabinetlarida, balki kimyo, fizika, biologiya, rus tili va adabiyoti darslarini o’qitishda foydalaniladi. Ma'lumki, lingafon xonalarida o’tilayotgan darslarda o'rganilayotgan o’quv materiallarini birlashtirish va talaffuz tonlari bilan ishlash juda samarali. Bundan tashqari lingafon sinflarida darslarga tayyorgarlik ko'rishning qulayligi, talabalar uchun o’quv topshiriqlarini ajratish, tinglovchilar guruhini yaratish, mashg’ulotni rejalashtirish va joylashtirish imkonini beradi.
Lingafon xonalari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  • Web-kamera va eshitish vositasi bo'lgan o’qituvchi kompyuteri

  • Ovozli ma'lumotlarni yozish va saqlash uchun server

  • MP3 pleer yoki DVD pleer

  • Eshitish vositasi (yoki kompyuter) bilan tinglovchining ovozli paneli

  • Kommutatsiya tizimi


  • Tizimning asosiy funksiya va vazifalari:
    • Tinglovchilar bilan mashg’ulotlar o’tkazish
    Maxsus dasturiy ta'minot to'plami 2.1-rasm.




Talabalar bilan ovozli aloqa, matnli xabarlar, suhbatlar qurish

  • Talabalarning ekranlarini nazorat qilish va monitoring qilish

  • Guruhlarda parallel ishlarni tashkil etish

  • Tinglovchining mustaqil ishlarini monitoring qilish

  • Talabaga individual yordam ko’rsatish

  • Ekranni va formatlash vositasini boshqa kompyuterlarga uzatish

  • Darslarni umumlashtirish

  • Nazorat qilish vazifasini boshqa kompyuterga o'tkazish (tinglash, so'roq qilish, test, tekshirish va hk)

  • Sinfdan tashqari ishlarni qo'llab-quvvatlash

  • Internet-resurslarga kirishni nazorat qilish

  • Ta'lim faoliyatini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash

Texnik xususiyatlari 2.2-rasm.
Asosan lingafon sinflarida va kompyuter laboratoriyalarida tizimning asosini Sanako apparat-dasturiy kompleksi tashkil etiladi foydalaniladi. Ushbu uskuna foydalanuvchilar va o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning sodda usullarini amalga oshiradi.
Sanako uskunalarining dasturiy ta'minot to'plami ta’limda masofaviy o'qitish, test qilish va o'quvchilar bilan asosida darslarni tashkil etishga imkon beradi. Tizimga kirish veb-interfeys orqali amalga oshiriladi, bu sizning mobil qurilmalaringizda foydalanish imkonini ham yaratib beradi. Ushbu tizim quyidagi texnik afzalliklarga ega:

  • Elektr manbaiga ulanmagan tinglovchilarning ovozli panellarini tinglash

  • Foydalanilayotgan o’ quv vositalarining doimiyligi

  • Yuqori sifatli ovoz va mavzuni qayta eshitish imkoni

  • Shovqinni himoya qilish tizimining mavjudligi

  • Turli axborot manbalari tizimiga tez va oson ulanish

  • Juda ko'p tilni qo'llab-quvvatlovchi masofaviy interfeys

  • Uskunaning kompaktligi

  • Tasdiqlangan dasturiy ta'minot

  • Tizimning barcha tarkibiy qismlarining yuqori xavfsizligi va ishonchliligi

Lingafon xonalarning foydali tomonlari

  • O'qitish sifatini oshirish

  • Talabalarning darsga tayyorlanish vaqtlarini qisqartirish

  • Qo'shimcha ta'lim olayotgan talabalar sonining ko'payishi

  • O'quv jarayonining interaktivligini, ko’rinishi va jozibadorligini oshirish

  • O'quv jarayonida ilg'or o'qitish uslublarini ishlab chiqish va joriy etish

  • O'quv muhitida ta'lim muassasasining o’rnini yaxshilash

Lingafon sinflarida foydalaniladigan maxsus dasturiy taminot quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Rinel-Lingo Teacher - Dastur yordamida o’qituvchi kompyuteridan kuzatish muhiti va tizimni to’liq boshqarish interfeysi. Dastur o’qituvchi kompyuteriga o’rnatiladi.
Rinel-Lingo Pupil - O’quvchi kompyuteriga o’rnatilgan tizim.
Rinel-Lingo Editor - Ixtiyoriy tilga tizimni moslashtirish. Dastur o’qituvchi kompyuteriga o’rnatiladi yoki boshqa ixtiyoriy kompyuterga o’rnatish mumkin.
Rinel-Lingo Viewer - Lingafon xonalariga o’rnatiladigan tayyor dasturlar. Bu dasturlar talabalar va o’qituvchi kompyuteriga o’rnatiladi.
Lingafon xonalari uchun mo'ljallangan Rinel-Lingo dasturi o’qituvchi real vaqtda talabalar ishini kuzatishi yoki guruh ishini kuzatish imkonini yaratadi. Topshiriqlarni tarmoq orqali o’quvchilarga tarqatish imkoniyati mavjud.



Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling