O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha


Download 4.35 Mb.
bet15/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.

  1. Tizimli blok (Protsessor).

  2. Ekran (Monitor).

  3. Klaviatura.

  4. Sichqoncha.

Tizimli (Sistemaviy) blok (Protsessor) - kompyuteming asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga quyidagi elementlarni jamlaydi. Ona plata, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), Operativ xotira (OZU), CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW), tashqi qurilmalar
kontrolleri, shinalar, elektr ta‘minoti bloki va boshqalar.
1.7-rasm.

Kompyuterlarda INTEL, IBM va boshqa firmalarning mikroprotsessorlari ishlatilmoqda.


Qattiq disk (HDD) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir. Unda barcha dastur va ma‘lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar aylanadigan ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va keramikali disklardan iborat bo’lgani uchun ko’pincha qattik disk deb ataladi. Qattiq disk olchamlari turlicha bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-1000 Gb dan 1 Tb gacha bo’lgan o’lchamdagi turlari mavjud.
Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha dastur va ma‘lumotlar saqlanadi. Operativ xotira kopincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi dastur va ma‘lumotlar faqat kompyuter yoqiqligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter ochirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma‘lumotlar saqlab qo‘yilishi lozim. Operativ xotiraning 256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb li turlari mavjud.
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). Disklardagi ma‘lumotlarni o’qish va ularga ma‘lumotlar yozish uchun xizmlat qiluvchi qurilma. Dastlab bunday tashuvchilar ma‘lumotlarni faqat o’qish uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardagi ma‘lumotlarni o’zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo’q edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning ma‘lumotlarni yozadigan (writeable) va ko’p marotaba yozadigan (rewriteable) modellari mavjud.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat:
Skaner bu ma‘lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin.
Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda emas, balki elektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning elektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo’g’ini va istalgan «elektron stol» ning kerakli elementidir. Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Dastakli skanerlar Planshetli skanerlar Rolikli skanerlar.
Dastakli skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). 1.8-rasm.
Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi.
Planshetli skanerlar eng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 o’lchamli) 2-10 sekund.
Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka Modem (Modulyator-Demodulyator) - telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan axborot almashishni ta‘minlaydi.
Modem - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Modem - axborotni uzatishda raqamli signalni analogli signalga, axborotni qabul qilishda esa analogli signalni raqamli signalga o’zgartiradi.
Ko’pgina modemlar ma‘lumotlarni uzatish jarayonini ta‘minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan: 1.9-rasm.

  • tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;

  • faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;

  • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);

  • avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.

Multimediya vositalari - kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma‘lumotlarni
Multimediya vositalari - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishga ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o’.) va yoki turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq sohasidir.
Multimediya vositalariga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlarni audio - (nutqli) va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video - (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni kompyuterga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar, naushnik, mikrofon, proyektor, videoglaz, Web-kamera.
Plotterlar - grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) kompyuterdan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi 1.20-rasm.
tashuvchiga chiqarish
qurilmasidir.
Ish tamoyili bo’yicha plotterlarperoli, purkagichli, lazerli, termografik, elektrostatik
1.21-rasm.


Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling