O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet23/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Grafik tasvir (graphic) - bitta kadrdar va bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat belgi. Aktiv tugma (button) - to’rtta kadrdan (Up, Over, Down, Hit) va bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat belgi. Up - tugma oddiy ko’rinishi, Over - sichqoncha kursori tugmaga ko’rsatib turgan ko’rinishi, Down - sichqoncha kursori tugmaga ko’rsatib bosilib tugran ko’rinishi, Hit - tugma aktivlashish sohaning ko’rinishi. Animatsiyalashgan klip (movie clip) - cheklanmagan kadrdar va qatlamlardan iborat belgi. Ushbu belgi o’z ichiga bir nechta boshqa belgilarni (grafik tasvirlar, aktiv tugmalar va boshqa animasion kliplarni) olishi mumkin. 3.1-rasm.



Belgilar kutubxonasi (Biblioteka - Library) - xar hil turdagi belgilar bilan ishlash uchun Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+L yoki F11 yoki Окно menyusining Библиотека (Window Library) buyrug’ini tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni ko’rishimiz, ularni tahrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o’chirishimiz, hamda ularni kadrlar qo’shishimiz mumkin.



  • Animatsiya (Animatsiya - Animation) - Flash dasturning asosiy harakatlari. Animatsiya 2 hil bo’ladi: kadrli (покадровое создание) va avtomatik (автоматическое создание промежуточнбих кадров). Kadrli animatsiya faqat boshqaruv kadrlardan iborat. Macromedia Flash dasturining ish qurollar sohasi.

Dasturning yana bir asosiy ish sohalaridan biri bu - ish qurollar tugmalar sohasi. U yordamida biz xar hil grafik shakllarni yaratishimiz va ular ustidan xar hil amallarni bajarishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu sohada ish qurol tugmalari pastida y - chiziqlar rangini va orqa rangini o’zgartirish sohalari, hamda tanlangan ish qurol xususiyatlarini sozlash sohasi joylashgan. Xar bitta ish quroli o’zining imkoniyatlariga, holatlariga va xususiyatlariga ega. Masalan rangni shakl ichiga berishda: to’liq cheklangan shakl, to’liq cheklanmagan shakl va butunlay cheklanmagan shakl holatida ishlash mumkin. Ushbu qo’shimcha holatlar va xususiyatlar tugma ma’nosidan keyin qavslarda ko’rsatilgan.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling