O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar “Axborot texnologiyalari” fani bo’yicha talabalarga quyidagi talablar qo’yiladi


Download 4.35 Mb.
bet12/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar “Axborot texnologiyalari” fani bo’yicha talabalarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. zamonaviy texnika o’qitish vositalari bilan tanishish va ularni amaliyotda qo’llash;

  2. o’quv materiallarni tayyorlashda matn va jadval muharrirlaridan samarali usul sifatida foydalanish;

  3. ochiq va yopiq kompyuter operasion tizimlari bilan tanishish;

  4. mobil aloqa operasion tizimlari bilan tanishish;

  5. bevosita va on-line ta’lim uchun taqdimotlar yaratish;

  6. o’quv grafik obyektlarini yaratish asoslarini egallash;

  7. o’quv animatsiya roliklarini yaratish vositalaridan foydalanish;

  8. mualliflik o’quv audio va video materiallarni yaratish va ularga ishlov berish;

  9. blog, forum, virtual sinf, Web muhitida hamkorlik ta’lim proyektlarini tashkil etish;

  10. o’quv on-line kurslarini tashkil etishning zamonaviy vositalaridan foydalanish;

  11. ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash.

  1. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi

“Axborot texnologiyalari” fani belgilangan reja asosida, 1- va 2- semestrlarda o’qitiladi. Talabalarning ushbu fandan olgan bilimlari mutaxassislik fanlarini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib o’rganishda va mustaqil ishlarni bajarishda kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotlari, MS Office tizimlarining imkoniyatlari, elektron darsliklar, Internet tarmog’i va elektron axborot resurslaridan hamda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishda qo’l keladi.
“Axborot texnologiyalari” fanining o’quv reja va ishchi dasturi chet tillarning “Og’zaki va yozma nutq amaliyoti” fani ishchi rejasi bilan muvofiqlashtirilgan. Unga ko’ra “Axborot texnologiyalari”gi deyarli barcha mavzular “Og’zaki va yozma nutq amaliyoti”dagi muvofiqlashtirilgan mavzulardan oldin keladi va ularni samarali o’zlashtirishga asos bo’ladi. Fan mavzulari bo’lajak chet tili o’qituvchilariga turli axborot texnologiya vositalari yordamida elektron resurslarni yaratish va ularga ishlov berish malakasi shakllantiriladi. Bunda asosan, amaliy dastur va Internet tizimi xizmatlaridan foydalanish o’rgatiladi. Elektron resurslarni yaratish jarayonida mavzularni to’g’ri tanlash, resursning ssenariysini tuzish, kutilayotgan natijalarni va resursning strukturasini didaktik nuqtai nazardan to’g’ri shakllantirish, darsda ulardan samarali foydalanish yo’llari va shu kabi muammolar talabani til o’qitish metodikasini chuqurroq o’zlashtirishga undaydi, motivasiya hosil bo’ladi.
“Axborot texnologiyalari” fani “Pedagogik texnologiyalar” fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Oxirgi paytlarda olim va amaliyotchilar orasida “Elektron pedagogika” atamasi keng muhokama etilmoqda. Pedagogikaning bir qismi sifatida uning maqsad va vazifalari, predmeti va mavzusi shakllantirilmoqda.
“Ijtimoiy fanlar” turkumiga kiruvchi fanlar Internet tarmog’ida yoshlarning ongiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, cheklash, muqobil virtual muhitni yaratishning ijtimoiy-siyosiy asoslarini shakllantiradi.
Hozirgi davrda axborot texnologiyalari va turmushimizning barcha sohalar bir-biriga ta’sir etgan holda rivojlanayotganligi kabi “Axborot texnologiyalari” fani ham oliy ta’lim tizimidagi barcha fanlarga ijobiy ta’sir etmoqda va ularning ta’sirida rivojlanmoqda.
“Axborot texnologiyalari” fani boshqa fanlar bilan bog’liq holda o’qitilishi bilan bir qatorda bakalavr va magistratura talabalarining kurs va diplom ishlarini tanlashda axborot texnologiyalarining til o’qitish metodikasiga jadal yo’naltirishda ham yordam beradi.
Nazorat test savollari.
Zamonaviy axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?

  1. Kompyuter yordamida axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning usul va uslublaridir

  2. Kompyuter yordamida biror bir ishni bajarish

  3. Biror bir axborotni bir turdan boshqa turga o’tkazish

  4. Kompyuter va notebooklar

  1. “Funksionalligi jihatidan cho’ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo’lgan mobil telefon. Unda cho’ntak kompyuterining barcha imkoniyatlari mujassam topgan” deb nimaga tarif berilmoqda?

  1. Smartfon

  2. iPhone

  3. Internet planshetlar

  4. Mobil telefon

  1. Elektron hujjat almashish tizimlari O’zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 611-P son Qaroriga binoan qanday tariflanadi?

  1. - elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisidir

  2. - elektron hujjatlarni telekommunikasiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisidir.

  3. - hujjatlarni pochta orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisidir.

  4. - Barcha javoblar to’g’ri

  1. O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

  1. my.gov.uz

  2. edu.uz

  3. gov.uz

  4. my.edu.uz

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi farmoni qachon qabul qilingan?

  1. 2012-yildagi 1875-sonli

  2. 2012-yildagi 1879-sonli

  3. 2012-yildagi 1885-sonli

  4. 2012-yildagi 1889-sonli

  1. Axborotni qayta ishlash deganda nimani tushunasiz?

4. Biror bir axborotni bir turdan boshqa turga o’tkazish

  1. Biror bir axborotga qayta nom berish

  2. Biror bir axborotni boshqa kompyuterga uzatish

  3. Biror bir axborotni boshqa kompyuterdan qabul qilish

  1. Informatika fanining maqasad va vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

  1. Barcha javoblar to’g’ri

  2. Axborotni qayta ishlash jarayoni bilan bog’liq bo’lgan barsa sohalarni o’ranish

  3. Yangi axborot texnologilarini yaratish

  4. Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish

  1. Informatika so’zining ma’nosi nima?

  1. Tushuntirish, bayon etish

  2. Hisoblash, aniqlash

  3. Uslub, metod

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Biron voqea haqidagi batafsil xabar va ma'lumotlar nima deb yuritiladi?

  1. Axborot

  2. Info

  3. Xabar




Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling