O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet11/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot.

Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Bunda bir tomondan maxsus amaliy dasturlar qo’l keladigan bo’lsa, boshqa tomondan Internetda axborot tizimlarining o’zida bunday imkoniyatlar mavjud. Bunga Googledagi masalan test yaratish va ishlatish imkoniyatlari va unga o’xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo’laoladi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.

  1. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari

Elektron hujjat almashish tizimlari O’zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 611-P son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari - elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisidir.
Internet tarmog’ida nafaqat hujjat almashinuvini, balki tijorat ishlarini ham yo’lga qo’yilgan. Elektron tijorat Internet tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi- sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyuter tarmog’idan foydalangan holda harid qilish, sotish, servis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. Elektron tijorat faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to’g’risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 613-P son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi.
O’zbekistonda AKT sohasida O’zbekiston Respublikasining 11 ta qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Qonunlar

Prezident farmonlari va qarorlari

Hukumat qarorlari

Axborotlashtirish
to’g’risida
(2003y.)

Telekommunikasiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida (2000y.)

Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida (2002y.)

Quyidagi jadvalda axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar keltirilgan:


Elektron raqamli imzo to’g’risida (2003y.)

Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida (2002y.)

Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida (2005y.)

Elektron hujjat aylanishi to’g’risida (2004y.)

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (2005y.)

Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot- kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro aloqadorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007y.)

Elektron tijorat
to’g’risida
(2004y.)

O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida (2005y.)

Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007y.)

Elektron to’lovlar
to’g’risida
(2005y.)

Respublika aholisini axborot- kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida (2006y.)

Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to’g’risida (2009y.)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risidagi» 2002 yil 30 maydagi PF - 3080 sonli farmoni e’lon qilindi. Bu farmon iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda asosiy qadam bo’ldi.


Bu farmonni bajarish yuzasidan va axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida strategik ustivor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida UzR Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6- iyunda qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi va ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, XTVdagi umumta’lim maktablar kompyuter bilan ta’minlandi, darsliklar chiqarildi, malaka oshirish mutaxassislarining har 3 yilda axborot-kommunikasiya bo’yicha malaka oshirishi ta’minlandi. Bundan tashqari ushbu hujjat asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilandi;
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;
-Sohada tashkiliy o’zgartirishlar amalga oshirildi (O’zAAA, AKTni rivojlantirish Jamg’armasi, TATU tashkil etildi.
O’zR Vazirlar Mahkamasining «Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasi
Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.
O’tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to’ldirilib kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do’stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to’g’risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo’yicha ishlar olib borildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi «Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» PQ - 1041 - sonli qaroriga asosan «Qo’shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1- oktyabrdagi Internet tarmog’ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo ’yicha j oylashtirildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida mamlakatimizda axborot kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim tizimiga horijiy ilg’or tajribalarni, texnologiyalarni jalb etish va ulardan amalda foydalanish ta’lim sohasining muhim vazifalardan biri deb sanaladi. Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallariga videokonferensiya aloqa terminallarining o’rnatilishi yuqori malakali professor-o’qituvchilarining ma’ruzalarini tinglash, unda filial talabalarining virtual tarzda ishtirok etishini ta’minlash, amaliy mashg’ulotlarni birgalikda bajarish, ilmiy-amaliy konferensiya, semenar, treninglar, vertual ko’rgazmalarni hamkorlikda o’tkazish imkonini berdi. Ayni vaqtda filial professor-o’qituvchilari va talabalari VPN tarmog’i orqali xohlagan axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

  1. Horijiy tillarni o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida ta’limga juda katta ahamiyat berib kelinmoqda. Darxaqiqat, har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy omil - kadrlar deb hisoblanadi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida izchil olib borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. O’sib kelayotgan barkamol, har tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega bo’lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon hamjamiyatiga integrasiya qilish maqsadida chet tillarni o’qitish hozirgi kunda davlatimizning ustivor vazifalaridan deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi 1875-sonli “Chet tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi farmoni ushbu yo’nalishdagi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yuqori malakali chet tili o’qituvchilarini tayyorlash, ta’limida axborot va media-texnologiyalaridan keng foydalanish, darsda interfaol metodlarni qo’llash kabi vazifalar shular sirasidandir.
Xorijiy tillarni samarali o’qitishda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari juda katta va shuning uchun pedagog kadrlarni tayyorlashda uning o’rni alohida. Xorijiy tillarni o’qitishda qo’llaniladigan axborot texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalarni bilish bilan birga xorijiy tillarni o’qitishda multimedia resurslarini yaratish va ishlov berish texnologiyalari, shaxsiy elektron ta’lim resurslarini shakllantirish, xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha elektron o’quv kurslarini loyihalashtirish, o’quvchilar bilimini baholash tizimlari, xorijiy tillarni o’qitishda Internet texnologiyalari, masofaviy o’qitish texnologiyalari va uni tashkil qilish usullaridan foydalanish, video konferensiya, ommaviy on-line ochiq kurslar (Coursera, edX, Khan Academy, MIT Open Course Ware)ni tashkil etish kabi malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalarining ta’limga chuqur ta’siri natijasida pedagogika (ta’lim- tarbiya to’g’risidagi fan)ning tarkibiy qismi sifatida elektron pedagogika kirib kelmoqda. Unda pedagogik jarayonda axborot-kommunikasiya va interaktiv texnologiyalaridan, ta’limda Internet resurslaridan foydalanish, Internet tarmog’ining asosiy xizmatlari, jumladan Ziyonet.uz va boshqa ta’lim portallari resurslari bilan ishlash, Internet tarmog’ida pedagoglarning, talabalarning elektron muloqot muhitida jamoa bo’lib ishlash, blog, forum va tematik chatlarni tashkil etish, pedagoglarning tarmoqdagi hamkorligi bilan bir qatorda pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini tashkil etish, axborot texnologiyalari vositasida pedagogning elektron portfoliosini shakllantirish, elektron axborot-ta’lim muhitida pedagogik jarayonni loyihalashtirish, ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE (modulli obyektga yo’naltirilgan dinamik o’quv muhiti) tizimida ishlash nazarda tutiladi.
Pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish, ular yordamida elektron darsliklar, trenajyorlar, virtual laboratoriya mashg’ulotlarini yaratish usullarini bilish, Misrosoft Word, Excel, Power Point va boshqa dasturlarida elektron o’quv-metodik materiallarini yaratish usullariga ega bo’lish bilan birga Web 2.0/3.0 texnologiyalari yordamida elektron didaktik materiallarni yaratish va ta’lim jarayonida qo’llash chet tili o’qituvchisi mahoratini belgilashning muhim omillaridan deb hisoblanadi.

  1. Fanning maqsad va vazifalari

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Axborot texnologiyalari” kursining asosiy maqsadi talabaning kasbiy faoliyati bo’yicha qo’yilgan masalalarni yechishda zarur dasturiy vositalarni to’g’ri tanlash, olingan bilimlari asosida qo’yilgan masalalarni yecha olish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan mustaqil foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishga qaratilgan.
Talabalarni zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari asoslari bilan tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni ta’lim olish jarayonida amaliy qo’llay olish fanning asosiy vazifasi deb hisoblanadi.


  1. Download 4.35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling