O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet32/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Internet Explorer web-sahifadagi barcha ma'lumotni namoyish etadi. Agar ba'zi- bir ob'ektlarni ko’rsata olmasa u joylarni bush turtburchaklar yoki maxsus belgilar bilan ajratib quyadi. Kup web-sahifalar ob'ektlarga bog’langan alternativ matnni o’z ichiga oladilar. Agar ko’rish vositasi ba'zi bir sabablarga ko’ra ob' ektni aks ettira olmasa unga bog’langan alternativ matnni ko’rsatadi.
Gipermatnli murojaatlar. Ko’p web-sahifalar gipermatnli
http ://wWW... murojaat ya'ni gipermurojaatlami o’z ichiga oladi.
Gipermurojaat - bu boshqa web-sahifa manzilini saqlaydigan web-sahifa ob'ekti. Bunday ob'ekt sifatida odatda boshqa rangli va ostiga chizilgan matn yoki ramkaga olingan rasm ishlatiladi. Gipermatnli murojaatlar odatda joriy web-sahifaning mavzusiga mos tushadigan web-sahifaga olib keladi. Murojaat vazifasini bajarib keladigan matn shu web-sahifaning mavzusi yoki nomi bo’lishi mumkin. Gipermurojaatga olib kelinganda sichqoncha kursori bir barmogi ko’rsatilgan qo’l ko’rinishiga keladi. Gipermurojaatga o’tish uchun uning ustiga bosish kifoya. Bundan so’ng brauzer ushbu gipermurojaat manzilidagi web-sahifaga o’tadi.
Agar bir necha gipermurojaatga o’tgandan keyin bir sahifa ortga qaytmoqchi bo’lsangiz Назад tugmasini bossangiz bo’ldi. Bu tugma yonida qo’shimcha ochadigan tugmacha bor, u ko’rilgan sahifalar tarixini ochadi va keraklisini tanlashga imkon beradi.
Web-sahifalardagi ob'ektlarni to’liqligicha o’qiy olmaslik muammosi yoki qo’shimcha dasturlarni o’rnatish yoki brauzer imkoniyatlarini kengaytirish yo’li bilan hal qilinadi.
Internetdan fayllarni ishga tushirish. Dunyo tarmog’i serverlarida ko’plab qiziqish uygotadigan fayllar mavjud. Bu dastur, arxiv, hujjatlar. Faylni yuklash uchun mos gipermurojaatdan o’tish kerak. Fayllarni yuklash va saqlash web-sahifalarni o’qishdan farqli chunki bu holda boshqa ma'lumot almashish protokollari ishlaydi. Fayl yuklashdan oldin kerak bo’lgan qo’shimcha ma'lumotni berish kerak. Fayllarni qabul qilish uchun Internet explorer Fayllarni yuklash ustasini chaqiradi.
Birinchi bo’lib faylni shunchaki ochish yoki qattiq diska saqlash kerakligini tanlaymiz. Internetni xavfsiz sanay olmaymiz, va shuning uchun fayllarni to’g’ridan- to’g’ri yuklash tavsiya etilmaydi. Ularni lokal diska saqlab, kerakli choralarni ko’rib keyin ochishingiz mumkin bo’ladi.
Faylni saqlashdan oldin Fayllarni yuklash ustasini papkani ko’rsatishni so’raydi (internetdan olingan hujjat va fayllar uchun alohida papka ochish tavsiya etiladi).
Fayl yuklanish jarayoni maxsus dialog oynada aks ettiriladi va foydalanuvchi uni kuzatib kerakli paytda to’xtatishi ham mumkin.
Internet Explorer birdaniga bir necha fayllarni yuklashga imkon beradi, ammo yuklanish tezligi bu holda ancha pasayadi.
Fayllarni saqlash uchun maxsus dasturlarni ishlatish tavsiya etiladi, masalan, Gethright yoki FlashGet.
Talqin qiluvchi (обозреватель) xossalarini sozlash. Brauzer xususiyatlari buyrug’i “Свойства обозревателя” dialog oynasini chaqiradi. Bu oyna Internet tarmog’iga ulanishga oid bo’lgan barcha parametrlarni sozlashga imkon beradi.
Общие” bo’limi
Общие bo’limi dasturning asosiy parametrlarini sozlaydi. Bu yerda avtomatik ravishda yuklanadigan sahifani kerak bo’lsa tanlash mumkin.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling